Shou biznesda menejment va uning funksiyalari


Shou-biznesning ham qoidalari bormi? -



Download 74 Kb.
bet4/4
Sana06.03.2022
Hajmi74 Kb.
#483715
1   2   3   4
Bog'liq
SHOU BIZNESDA MENEJMENT VA UNING FUNKSIYALARI

 Shou-biznesning ham qoidalari bormi? - Takror bo‘lsa ham aytamizki, savdo faoliyati, aholiga transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanish uchun alohida talablar belgilangan, maxsus ruxsatnomalar olinmog‘i lozim. Hatto oddiy, kichik ishlab chiqarish korxonasida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar, muayyan standartlarga rioya qilish shart.
Shou-biznes faoliyati boshqa tadbirkorlik turlari kabi o‘z oldiga moddiy naf ko‘rishni asosiy maqsad qilib qo‘yganligi sababli uning reklamasida ma’naviyat, odob-axloq, mentalitet, milliy qadriyatlarga zid narsalar bo‘lishi xatari kuchlidir. Shu sababli, fikrimizcha, shou-biznes reklamasini tashqi reklama, bosma nashrlar va internetdagi reklama bilan cheklab, radio va televideniyeda berilishini taqiqlash maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Darvoqye, shu nuqtai nazardan qaraganda televideniye va radio kanallari orqali berilayotgan «Sado» gazetasida shou-biznes yangiliklari bilan tanishasiz degan reklamani ijtimoiy jihatdan bezarar reklama deb bo‘lmaydi.
Televideniye va radio kanallarida san’atkorlarning tijorat asosida qo‘shiq aytishlarini moddiy tovar va xizmatlar reklamasini kengaytirish, fuqarolar bilimini har tomonlama oshiradigan, ular ongiga ijobiy ta’sir etuvchi eshittirishlarni ko‘paytirish hisobiga cheklash yoki umuman taqiqlash maqsadga muvofiqdir.
Gap shou-biznesni taqiqlash haqida emas, balki xuddi alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida bo‘lgani kabi uning ijtimoiy zararini imkon qadar kamaytirishga yo‘naltirilgan harakat haqida bormoqda. Shou-biznesning salbiy ta’siri amaliyotidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, qolaversa muayyan yangi me’yoriy hujjatlar qabul qilish bugungi kunda hayotiy zarurat ko‘rinadi.

Tabiiy Ijro Shou-Biznesga Qanot.
Milliy shou-biznesni sog‘lomlashtirish yo‘lida, fikrimizcha, faqat taqiqlash, tanqid qilishlarga o‘tib olmasdan namuna ko‘rsatish prinsipiga amal qilish, ya’ni tashkiliy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish ko‘proq samara berishi mumkin. Xususan, Davlat konservatoriyasi, boshqa musiqiy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, faoliyat yurituvchi san’atkorlar ishtirokida «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati kabi jamoat tashkilotlari shafeligida poytaxtimizda va joylarda nodavlat notijorat tashkilotlari shaklida jonli ijroga asoslangan milliy ansambllarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ularni Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa ins­titutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grant­lari va boshqa homiylar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish mumkin.
Bunday ansambllar milliy mumtoz va zamonaviy estrada qo‘shiqchilik, musiqa san’ati asarlarining eng yuksak namunalarini – saralangan, durdona asarlarni jonli ijro etish yo‘li bilan aholining, birinchi navbatda yoshlarning sog‘lom musiqiy didini shakllantirishga, musiqiy ongini, musiqiy madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga, «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’siriga nisbatan immunitetini oshirishga xizmat qilgan bo‘lar edi.
Ansambllar oldiga eng avvalo oliy o‘quv yurtlari madaniyat saroylarida, kollej, litsey va umumta’lim maktablarida, mahallalarda, istirohat bog‘larida konsertlar berish vazifasi qo‘yiladi, shu bilan birga ular ishtirokida alohida san’at asarlarining yaratilishi, mazmuni, jamiyat ma’naviy, madaniy hayotidagi o‘rni haqida san’atshunoslar va san’atkorlar bilan birgaliqda suhbatlar, musiqiy madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish mumkin.
Bunday milliy mumtoz ansambllari faoliyatini litsenziyalash, qonun hujjatlariga asosan nazorat qilish, ularda hisobot yuritish va xodimlar bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish kabi qator tashkiliy, qolaversa moddiy-texnik masalalar yechimini topish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarur bo‘ladi, albatta.
Ishonchingiz komilki, dono xalqimiz, ijtimoiy faol ziyolilarimiz, ilmu ma’rifatga intiluvchi yoshlarimiz, asl san’atni kasb qilgan ijodkorlarimiz, sog‘lom didli millionlab musiqa shinavandalari, qolaversa tegishli davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari xech qachon xalqimiz qalbi to‘ridan joy olgan «CHo‘li Iroq», «Munojot», «Tanovor» kabi navolarni va «Mustahzod»u «Lazgi» kabi sho‘xchan yallalarni ham, zamonaviy estradamizning ushbu san’at durdonalari qatoridan munosib o‘rin egallashga loyiq bo‘lgan mavjud va yaratilajak kuy-qo‘shiqlarini ham hech qachon «ommaviy madaniyat»ning qabih to‘riga ilinishi yoki chohiga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi va shou-biznesning salbiy oqibatlaridan saqlaydi!
Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish