Shotlandiya toponimlari



Download 45,95 Kb.
bet2/5
Sana18.04.2022
Hajmi45,95 Kb.
#560100
1   2   3   4   5
Bog'liq
Шотландия топонимлари (2)

birinchidan, geografik joy nomlari aniqlovchisi bilan beriladi. Masalan, inlizchada the strait of Dover, Jersey, City, Coney Island; fransyuzchada Mont Blans, I’lle de France yoki ruschada Mockva reka, Vasilevskiy ostrov, Rijskiy zaliv, Lomonosov prospect.
Grafik joy nomlari, asosan, rasmiy nom bilan beriladi. Lekin aniqlovchisi qolgan geografik joy nomlari ham uchraydi. Masalan, New-YOrk (city), Baffin (Island), Nipigon (lake).
Ikkinchidan, toponimlar qo‘shimchalar yordamida ham yasaladi. Masalan, Novgorod, Beloozero, Kingstown, Peterborough.
SHuni aytish kerakki, “bozor” so‘zi “bazar” ko‘rinishida rus tiliga o‘zlashgan. SHuning uchun bu so‘z rus tilida tarjimasiz ishlatiladi. Lekin rus tilida “bozor” so‘zining “rыnok” ko‘rinishidagi tarjima ekvivalenti ham mavjud. Ingliz tiliga “bozor” so‘zi “market” ko‘rinishida tarjima qilinadi.
Iboralar shakllangan: o‘zini bozorga solmoq:
Ko‘zasin ko‘tarib chiqdi guzara,
Dolvoy bo‘lib mani qo‘ydi ozora,
O‘zini mast aylab soldi bozora,
Lachakli qiz, buvang bilan bir tanish.


Avliyoning sarasi Qoramozor, yor-yor.
Sochingning chigilini taroq yozar, yor-yor.
YAxshi bilan o‘ynasang, kunda bozor, yor-yor,
YOmon bilan o‘ynasang, ko‘ngling ozar, yor-yor.
Lekin o‘zbek ijodkorlari yaratgan badiiy matnlarda uning yana quyidagi yangi ma’no qirralari kashf etilganini kuzatish mumkin: Baqiroq bozor kabi.


XULOSA

1. Agoronimlar ingliz va o‘zbek tillarida bozor, maydon nomlarini ifodalovchi leksik birliklardir. Bunday so‘zlar tizimi, ularni nomlovchi onomastik birliklar til va nutqda alohida o‘rin tutadi. Agoronimlar ingliz va o‘zbek tillarining lug‘at boyligi tarkibida muhim salmoq kasb etadi.


2. Barcha tillardagi kabi ingliz va o‘zbek tillarida ham agoronimlar agoronomologiya makroko‘lamini tashkil qiladi. Ular o‘z ichida yana bozor yoki maydon nomlarini bildirib kelishi jihatidan mikromaydonlarda namoyon bo‘ladi. SHunisi bilan har bir milliy til onomastik ko‘lamining hajmi va doirasini umumiyroq tarzda anglashga yordam beradi.
3. Agoronimlarni leksik-semantik, grammatik, etimologik va lingvopoetik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilish tilshunoslar oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Ayniqsa, ularning badiiy matndagi o‘rni, ijodkor badiiy maqsadini yoritishdagi turli vazifalarini aniqlash uchun agoropoetonim bo‘lib kelishi alohida diqqatni tortadi. SHu orqali bu onomastik birliklarning til va nutqdagi imkoniyatlarini keng ko‘rsatib berish imkoni paydo bo‘ladi.
4. Agoronimlarning badiiy matnda qo‘llanishi intertekstuallikni hosil qilish, ramziy ma’no anglatib kelib, badiiy matnning estetik ta’sirchanligini oshirish, ijodkorning bozor yoki maydon nomiga munosabatini ko‘rsatish, ular orqali o‘z ichki kechinmalarini ifodalash singari lingvopoetik xususiyatlarini namoyon qiladi.
5. Bozor va maydon nomlari badiiy matnlarda ko‘p hollarda shartli ko‘chimga asoslangan metaforik ma’nolarda qo‘llanib, ifodalanayotgan g‘oyaning shakllanishiga hamda badiiy mazmunni ekspressiv tarzda ifodalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan ular badiiy matnda tasviriylik, sub’ektiv baho-munosabat, tanqidiy ruh kabi badiiy effektlarni yuzaga keltirishda muhim lingvopoetik vosita vazifasini bajaradi.
6. Ko‘pincha yirik makroguruhdagi agoronim mayda ma’noviy guruhchalarning shakllanishiga olib kelgan. Mikroguruhdagi har bir nom esa keltirilgan umumiyliklar ichidan birortasini (yakkasini, bittasini) ajratib nomlash uchun ishlatiladi. Lug‘atlarda agoronimlarning etimologiyasi, lisoniy ma’nolari, leksik-semantik jihatdan ma’nodoshlik, shakldoshlik, antonimlik, uyadoshlik, darajalanish hosil qilishi, uslubiy belgilari, derivatsion xossalari, diaxron va sinxron ko‘rinishlari, hayotiy-ijtimoiy tushunchalar asosida denotativ, konnotativ ifodalanishi singari xususiyatlarini berish leksikografik talqin mukammalligiga erishish uchun zarur hisoblanadi.
7. Agoronimlarning muayyan leksema sifatida badiiy nutqiy voqelanishi poetik an’analar doirasida namoyon bo‘lsa-da, sinxron-tasviriy mohiyat kasb etadi. Ularning semantik strukturasi tizim sifatida tavsiflashni taqozo etadi.
8. Agoronimlarga xos lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarni hamda makro va mikroguruhlarni aniqlash, tasniflash, har birining sememalarini semalarga ajratish, ma’nodosh va uyadosh agoronimlarning o‘zaro semantik farqlarini, oppozitiv munosabatlarini ochish matn badiiy mazmunini chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
9. Agoronimlar sodda va qo‘shma yasama holda uchrashi, tarixiy va zamonaviy yasalishiga ko‘ra diaxronik va sinxronik yasalishli ekani, vazifaviy-uslubiy xususiyatlariga ko‘ra so‘zlashuv va kitobiy uslubga daxldorligi, qo‘llanishiga ko‘ra faol va nofaolligi, onomosiologik-nominatsion xususiyatiga ko‘ra boshqa lug‘aviy birliklar (antroponim, toponim, zoonim, gidronim) bilan o‘zaro aloqada turli narsa-hodisalar nomiga aylanishi mumkinligi, lug‘at qatlami (etimologiyasi)ga ko‘ra o‘z qatlam (asl turkiy so‘zlar), o‘zlashgan qatlam (boshqa tillardan olinma so‘zlar), emotsional-ekspressiv jihatiga ko‘ra emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor yoki bo‘yoqsiz so‘zlardan iboratligi, modifikatsion semaning kuchli-kuchsiz darajalanishi (gradunomiyasi)ga ko‘ra o‘zaro farqlanishi kuzatiladi.
10. Agoronimlar bilan bog‘liq lug‘aviy graduonimik qatorlarni berishda, yaqin tushunchalarni, konnotativ va denotativ ma’nolarni ifodalashda shunday muammolar namoyon bo‘ladi. Buning uchun ingliz va o‘zbek tillaridagi agoronimlarning darajalanish qatorini semantik nuqtai nazardan to‘g‘ri ilmiy hal etish orqali ularning izohli va darajali, ideografik lug‘atlarini tuzishga to‘g‘ri keladi.



Download 45,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish