Шош Тошкент воҳаси аҳолисининг этник хусусиятлари



Download 159,89 Kb.
bet4/4
Sana08.07.2022
Hajmi159,89 Kb.
#756765
1   2   3   4
Shaharda bunyod bo‘ldi eng baland saroy,
Bog‘-rog‘u gulzor, soya salqin joy.
Ayvon devoriga chizilgan surat:
Jang, shikoru shohlar bazmi keltirar hayrat.
Saroy ko‘plab xonalar, shu jumladan, tantanalar o‘tadigan xona va keng dahlizlar, turar joy xonalari va omborxonalardan tashkil topgan. U yerdan, olov ibodatxonasi bo‘lgan diniy majmua ham topildi. Bu inshoot taqdirning og‘ir sinovlarga duch keldi. Arablar istilosi vaqtidagi yong‘in va keyin qilingan qurilishlar uning bezaklarini butkul yo‘q qilib yubordi. Ulardan qolgan arzimas izlargina devorlar xuddi Sug‘ddagi singari rangorang lavhali rasmlar bilan bezatilganligini ko‘rsatadi. Devorning pastki qismidagi gulli naqsh ishlangan tovlanuvchi hoshiyaning bir qismigina saqlanib qolgan.
Shahristonda monumental tipdagi turar joy binolarning ayrim qismlari hamda hunarmandchilik ustaxonalarining izlari topilgan. Shahar turar joylar, oshxona va omborlardan tashqari, quyosh mehrobiga ega bo‘lgan ibodatxonalarni ham o‘z ichiga olgan. Hunarmandlar metallga dastlabki ishlov berish, shuningdek, ish qurollari, metaldan qimmatbaho buyumlar yasash, dashtdan keltiri ladigan chorvachilik mahsulotlari teri, junga ishlov berish bilan shug‘ullanganlar, gazlamalar va junli matolar to‘qiganlar, sopol va shisha idishlar, yarim qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumla ri tayyorlaganlar. Shaharliklarning bir qismi savdo sotiq bilan shug‘ullangan. Choch poytaxti gavjum savdo markazi bo‘lgan. G‘arbda Vizantiyadan tortib sharqda Xitoygacha bo‘lgan turli davlatlardan keltirilgan buyumlar, mahalliy va chet ellarda zarb qilingan tangalarning Toshkentda topilishi ana shundan dalolat beradi.
Choch poytaxtining VII asr va VIII asr boshida rivojlanishining xarakterli belgilaridan biri, atrofdagi aholisi zich bo‘lgan qishloq dahalarning shaharga qo‘shilishi bo‘ldi. Bu dahalar ko‘plab ariqlardan suv ichgan. Shahar atroflari erkin jamoachilar manzilgohlari, qasrlar va badavlat yer egalari dehqonlarning chorbog‘lari, vaqf xo‘jaliklari, qabristonlar, savdo yo‘llaridagi kichik shaharchalar hisobiga gavjumlashgan edi. Mikrovoha chetida, ayniqsa, dashtga qaragan tomonida mudofaa chegara istehkomlari qad rostladi.
Chochning ilk o‘rta asr poytaxtidagi hamma dahalari hozirgi Toshkent hududiga kirgan. Ularda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi shahar hayoti haqida ko‘pdan ko‘p ma'lumotlar beradi. Jamiyatning tabaqalanishi yuzaga keldi, ular orasida zodagonlar qatlami boy dehqonlar ajralib turardi. Bu tarixiy topografiyada o‘z aksini topgan. Choch poytaxti dahalariga xos belgi pishiq puxta qurilgan ko‘p qavatli ko‘shk qasrlar, dehqon yer egalarining sulolaviy turar joylari bo‘lib qoldi. Ularning devorlari tashqarisida jamoachilar va tobe odamlarning boshpanalari paydo bo‘ldi. Qasrlar odatda kanallarning boshlanish joyida tiklangan bo‘lib, ularning egalari suv taqsimlanishini nazorat qilib turardi. Ana shunday qasrlarning ba'zilariga hunarmandlar, savdogarlar o‘rnashishlari natijasida kichik shaharchalar yuzaga kelgan.
Choch poytaxti dahalaridan biri bo‘lgan Yunusobod Oqtepasi keng manzilgohli qal'aga misol bo‘la oladi. Ma'lum bo‘lishicha, bu hukmdorning shahardan tashqaridagi saroy qarorgohi edi. Qal'a keng hovli hamda janubiy kismdagi asosiy imorat ko‘shkni o‘z ichiga olgan. Ko‘shkda olib borilgan qazish ishlari milodiy V asr - VIII asrning birinchi yarmiga oid xom g‘isht va paxsadan qurilgan, tasodifan saqlanib qolgan me'moriy inshootni aniqlab berdi. Ikkinchi qavatda katta xona bo‘lib, uning devori naqshlar bilan bezatilgan. Qasr etagida, devor bilan o‘ralgan joyda uchta xona va keng yo‘laklari bo‘lgan saroy binosi qoldiqlari topildi. Bino ichki qismi xom suvoq ustidan chizilgan xilma-xil naqshlar bilan bezatilgan va devorlar qizil suvoq qilingan. Markaziy bino taxt o‘rnatilgan zal hisoblanadi. Ushbu xonaga kiraverishning ro‘parasidagi ustunlar bilan ko‘tarilgan guldor qimmatbaho chodir ostiga qachonlardir taxt o‘rnatilgan.
Ibodat amallari bajariladigan inshootlarning o‘ziga xos xususiyati to‘g‘risida xulosa chiqarishga poytaxtdan taxminan 7 km uzoqlikda joylashgan Chilonzor Oktepasida topilgan majmua asos bo‘la oladi. Ibodatxonalar tashqi qiyofasiga ko‘ra qasrlardan farq qilmagan. Ular ham tuynukli minoralar va qalin devorlar bilan yaxshi mustahkamlangan.
Milodiy V-VI asrlarda bu ibodatxona qasrda sig‘inish uchun muqaddas olov yoqilgan. Demak, Oqtepadagi majmuani zardushtiylarning olov ibodatxonalari turiga kiritish mumkin, VII-VIII asrlarda ibodatxona binosi qayta qurilgan hamda 9 metr balandlikdagi sahnda bunyod etilgan ochiq inshootga aylantirilgan. Bu bino tokchalari bo‘lgan devor bilan o‘ralgan, tokchalarni ibodat qilish joyi deb taxmin qilish mumkin. Bu odatning zardushtiylik urf odatlari singari Chochda ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Chochdagi shunga o‘xshash ibodatxonada xukmdorning ajdodlariga bag‘ishlab qurbonliklar qilinganligi to‘g‘risida xitoy manbalarida ma'lumot keltirilgan.
Choch aholisi tarkibi har xil qabilalardan tashkil topgan. Bu shu hududdagi dafn marosimlari turlicha o‘tkazilishida o‘z aksini topgan. Marhumlar yer ostidagi sag‘anaga ham, qo‘rg‘onlar ostiga ham qurol-yarog‘, zeb-ziynatlar, narigi dunyoda ovqatlanish uchun idish tovoqlar bilan birga dafn etilgan. Zardushtiylik dini VI-VII asrlardan boshlab keng tarqalganligi tozalangan suyaklarni loydan yasalgan cho‘zinchok shakldagi, qopkoqli qutichalar ossuariylarda dafn etish rasm rusumida ifodasini topadi. Idish devorlari o‘yma naqshlar bilan, yuqori qismi esa qo‘ylar, qushlarning haykallari va inson qiyofalari bilan bezatilgan ossuariylarni tayyorlash Chochda hunarmandchilik va san'atning o‘ziga xos turi bo‘lib qolgan.
Bundan tashqari, Choch shahar va qishloqlari aholisi Buyuk ipak yo‘li orqali olib kelingan dinlar xristianlik, buddaviylik, moniylik bilan tanish bo‘lganlar. Bag‘rikenglik va har xil dinlarning tinch totuv amal qilishi, Chochdagi turli xalqlarning birgalikda yashashiga muhim omil bo‘lgan.
Bu davrda Choch poytaxtining gullab yashnashi, avvalo, uning ma'muriy, diniy, harbiy siyosiy, hunarmandchilik va savdo markazi sifatida rivojlanganligini anglatardi. Shahar yirik madaniy markaz ham edi. Chochda san'atning bir necha turlari bo‘yicha aloxida maktablar vujudga keldi. Poytaxtdagi saroylar va boy badavlat odamlarning uylarining ichki devorlariga naqsh soluvchi ustalar ishlagan. Nishonlar yasash san'ati, shuningdek, bosma portret uchun qoliplar tayyorlash ham yuksak darajaga ko‘tarildi. Bunga hokimlarning tangalari va sopol taxtachalardagi o‘ziga xos belgilar, tushirilgan tasvirlar yaqqol guvohlik beradi.


1 Озодаев Ф. Тошкент тарихидан очерклар. – Тошкент: Фан, 1960. – Б. 11.

2 Бобоёров Ғ. Чоч тарихидан лавҳалар. – Тошкент: Янги нашр, 2010. – Б. 6 – 7.

3 Алимов Д. А., Филанович М. И. Тошкент тарихи. – Тошкент: Фан, 2009. – Б. 5.

4 Qorayev S. Toponomika. – Toshkent, 2006. – B. 143 – 145.

5 Иномов О. Бўка тарихи ва унинг топонимининг келиб чиqиши ҳақида баъзи бир мулоҳазалар. // Турон тарихи. – Тошкент, 2009. – №II – III. – Б. 53.

6 Qorayev S. Toponomika.... – B. 143 – 144.

7 Бобур З. М. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. – Б. 21.

8 Иномов О. Бўка тарихи ва унинг топонимининг келиб чиқиши ҳақида баъзи бир мулоҳазалар. // Турон тарихи. – Тошкент, 2009. – №II – III. – Б.53.

9 Иномов О. Бўка тарихи ва унинг топонимининг келиб чиқиши ҳақида баъзи бир мулоҳазалар. // Турон тарихи. – Тошкент, 2009. – №II – III. – Б.52.

10 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2005. – №9. – Б. 626.

11 Qorayev S. Toponomika.... – B. 145.



12 Муҳаммаджонов А. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи. – Тошкент: Фан, 1972. – Б. 66.

13 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2002. – №3. – Б.672 – 673.

14 Qorayev S. Toponomika... – B. 7.

15 Хушвақтов H. “Самария” – Самарқанд тарихини ўрганишда муҳим манба.// Турон тарихи. – Тошкент, 2008. – №2. – Б. 30.

16 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2004. – №8. – Б. 464.

17 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2002. – №3. – Б. 620.

18 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2005. – №9. – Б. 118.

19 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2004. – №8. – Б. 476 – 477.

20 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2001.– №2. – Б. 300 – 301.

21 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2005. – №11. – Б. 229.

22 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2004. – №11. – Б. 483.



Download 159,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish