III.Xulosa
YOzda ekiladigan kartoshka urugini ekishag tayyorlashni asosiy omillaridan biri, u ham bo’lsa ko’kargan ko’zlari 8-10sm.ga yetgandan so’ng ularni sindirib olib tashlashdi. Ko’kargan ko’zlarini sindirish so’nngi marotaba kartoshka ekilishiga 1,5-2 hafta qolganda amalga oshirilishi kerak. Bunda tuganaklar ekilguniga qadar, ularda yangi ko’zlar nish uradi va yerdan tez unib chiqadi.
Bahor va yoz faslida kartoshka ekilishidan oldin tuganaklari o’sishini boshqaruvchi moddalar giberellin 0,5mg/l va TUR 500 mg/l eritmasiga solib, so’ng ekilsa ijobiy natija beradi.
Parvarishlash. Ertagi kartoshka yerning tabiiy namiga unib chiqadi, kechki kartoshka ekilgan kuni sugorilishi maqsadga muvofiqdir. Ertagi kartoshka ekilgach 25-30 kundan so’ng unib chiqadi, bu muddatda u ekilgan maydonda begona o’tlar ham unib chiqadi, ularni yo’qotish uchun 1-2 marta setkali borona yoki tishli yengil borona bilan boronalanadi. Kartoshaning unib chiqishini tezlatish uchun u ekilgan, egat ustiga chirigan go’ng yoki qora rangli plyonka yopish maqsadga muvofiqdir. Kartoshka poyasi egatni qoplaguncha qadar 2-3 marotaba kultivatsiya qilinadi. ertagi kartoshka o’suv davrida 1 yoki 2, kechkisi esa 2 marta chopiq qilinadi. o’simlik bo’yi 15-20sm bo’lganda birinchi marta, gullash davrida ikkinchi marta chopiq qilinadi. Bundan tashqari kartoshka tuganagidan o’sib chiqqan o’simtasini ekish hamda ko’zchalarini 10-12g eti bilan o’yib olib, ekib yetishtirish mumkin.
Sugorish soni, kartoshka yetishtirish muddati va yer osti sizot suvlarining chuqur yoki yuza joylashishiga ko’ra aniqlanadi. Ertagi kartoshkani sugorish aprelning ikkinchi yarmidan boshlanadi. U hosil to’plash davri boshlanguncha 10 kunda bir marta, so’ng 4-6 kunda bir marta sugoriladi.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovni “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. – Toshkent, 2006 yil 11 yanvar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovni “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish bo’yicha qo’shimcha choralari to’g’risida”gi Qarori. – Toshkent, 2009 yil 29 yanvar
Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekistonda uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009
Balashev N.N., Zeman G.O. Ovoщyevodstvo. – T.: O’qituvchi, 1977. – S. 286-292, 303-306.
Bo’riyev H Ch., Jo’rayev R., Alimov O. Meva sabzavotlarni saqlash va daslabki ishlov berish. – T.: Mehnat, 2002. – 45-56 b.
Bo’riyev H, Zuyev V., Qodirxo’jayev O., Muxamedov M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari yetishtirishning progressiv texnologiyasi” kitob. – T.: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002. – 221-225 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |