2.2. Sho`rlangan yerlarda kartoshka yetishtirishning texnologiyalari
Ko‘p yillik o‘tlar Eslatma: chegaralash uchun sabablar 0- fitosanitar - texnologik Ko‘p yillik o‘tlar kartoshka uchun eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Yo‘ng‘ichqali dala ko‘p yil foydalanishi natijasida begona o‘tlar bosgan bo‘lsa, u o‘tmishdosh sifatida u darajada yaroqli bo‘lmaydi. Yaylov yerlar kuzda shudgorlanganidan so‘ng kartoshka ekish tavsiya etilmaydi, chunki o‘simlik qoldiqlari yil mobaynida to‘liq chirimaydi (minerallashmaydi) ular kartoshkaga ishlov berish davrida mashina – mexanizmlar ishiga halaqit beradi. Shuning uchun bunday yerlarga kartoshkani ikkinchi ekin sifatida ekish mumkin. Bu tugunaklarni sim qurt bilan zararlanishini kamaytiradi. O‘zbekiston iqlim sharoitida yo‘ng‘ichqa va ko‘p yillik o‘tlar yozgi muddatda ekiladigan kartoshka uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Yo‘ng‘ichqadan so‘ng ertagi kartoshka ekiladigan bo‘lsa, yer erta bahorda albatta takroran haydalishi kerak, bunda yer (chimli kesaklar) yaxshi maydalanadi va parchalanadi. Jahon kartoshkachiligida eng ko‘p tarqalgan o‘tmishdosh-donli ekinlardir. Donli ekinlardan qaysi biri eng yaxshi o‘tmishdosh ekanligi aniq ko‘rsatilmagan. Boshoqlardan bo‘shagan yerlarga organik o‘g‘it solinsa yoki oraliq ekish imkoniyati bo‘lsa donli ekinlarning kartoshkaga o‘tmishdosh sifatida yaroqligi yanada oshadi. O‘zbekistonda don boshoqlilar va ko‘k massa uchun yetishtiriladigan makkajo‘xori iyun oxiri-iyul oyi boshlarida ekiladigan kartoshka uchun, o‘tmishdosh ekin sifatida foydalaniladi. Qand lavlagi kartoshka uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Don yetishtiriladigan maydonlarda, qator orasiga ishlov beriladigan ekinlarni 140 birinchisidan so‘ng ikkinchisini ekish maqsadga nomuvofiq. Shuning uchun bunday yerlarda kartoshka va qand lavlagini yil oralatib ekilsa boshoqlilar qoldig‘i yaxshi parchalangan bo‘ladi. Kartoshka O‘zbekistonda g‘o‘za, boshoqlilar, xashaki va sabzavot ekinlaridan so‘ng yetishtiriladi. Shahar atrofidagi sabzavot yetishtiradigan xo‘jaliklarda karam, bodring, poliz, ildizmevali sabzavotlar va sabzavot dukkaklilari kartoshka uchun yaxshi o‘tmishdoshlar hisoblanadi. O‘zbekiston sabzavot-kartoshka tajriba stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra kartoshka hosildorligi turli xildagi o‘tmishdoshlardan so‘ng quyidagicha bo‘lgan: bodringdan – 301, sabzidan –300, karamdan- 283, pomidordan – 239 va piyozdan so‘ng – 207s/ga ni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar, sabzavot ekinlaridan u bilan bir oilada bo‘lgan va bir xil kasallik bilan zararlanadigan pomidor, shuningdek yerni begona o‘tlar bilan ifloslashtirib uni kuchli zichlashtirib yuboradigan piyoz kartoshka uchun nomuvofiq o‘tmishdosh o‘simliklar hisoblanadilar. Kartoshka – ko‘pchilik ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Kartoshka ssuv davrida me’yorida parvarish qilinsa, u o‘zidan so‘ng yerni begona o‘tlardan toza va yaxshi holatda qoldiradi. Bunga kartoshka qator orasini mexanizmlar yordamida yumshatish, aeratsiyani yaxshilash, tuproq flora va faunalarining faoliyatini jadallashtirish hisobiga erishiladi. Palagi yaxshi rivojlanib hosil yig‘ilgunicha egat ustini qoplab turdai. Tuproq yiriklashayotgan tugunak ta’sirida yumshaydi, strukturasini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etadi. Kartoshka o‘simlik qoldig‘idan tuproqda oz miqdorda – 2,1-4 s/ga quruq massa qoladi, uni tarkibida N – 15,76, R2O5 –14,36, K2O – 21,88, Sa –14,92 va Mg –4,80 kg/ga mavjud. Kartoshkani boshqa ekinlar bilan nomutanosibligi noma’lum, ammo melissani kartoshkadan bo‘shagan yerda yetishtirilsa, u yaxshi o‘smaydi degan ma’lumot bor. Kartoshka Yevropa mamlakatlarida barcha don ekinlari uchun o‘tmishdosh sifatida foydalaniladi. U yerlarda kartoshka jadar uchun eng 141 yaxshi o‘tmishdoshdir. U ertagi sabzavotlar, zig‘ir va nasha uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘zbekistonda ertagi kartoshkadan so‘ng kechki sabzi, lavlagi, karam, turp, sholg‘om, kuzgi boshoqlilar, makkajo‘xori silosga va xashaki ekinlar ekiladi. Kechki kartoshkadan so‘ng kelgusi yili u bilan bir oilada bo‘lgan pomidor, baqlajon, kartoshka, qalampirlardan boshqa barcha sabzavotlarni ekish mumkin. Almashlab ekish tur va shakllari. Kartoshkachilikda, o‘simlikshunoslikdagi kabi almashlab ekish deyilganda, qishloq xo‘jalik ekinlarini va toza shudgorni yillar va dalalar bo‘yicha muayyan tartibda ilmiy asoslangan holda navbatlash tushuniladi. Har bir almashlab ekish ma’lum sondagi zvenolardan (bir-biriga mos keladigan 2-3 ekindan) va dalalardan (ekin yetishtirish uchun ajratilgan yerni bir yoki birnecha maydonini, shuningdek bir qismini egallashi mumkin) tashkil topadi. Almashlab ekishda ishtirok etadigan ekinlar soni va ularni bir maydonda navbatlab ekish davri va shakli uni mohiyatini belgilaydi. Almashlab ekish sxemasida belgilangan tartibda har qaysi daladan o‘tadigan ekin va toza shudgor davrini rotatsiya deb ataladi. Dehqonchilikni tashkil etishda almashlab ekish uni yadrosi bo‘lib xizmat qiladi va u kartoshkachilikda quyidagilarni ta’minlashi kerak: muntazam mo‘l hosil olishni ta’minlash; yetishtirilayotgan ekinni yaxshi fitosanitar holatinita’minlash; dalani begona o‘tlardan tozalash, shuningdek kasallik qo‘zg‘atuvchilarni va zararkunandalarni keskin kamaytirish, yo‘qotish; ekinlarni o‘tmishdoshda eng qulay sharoit yaratish uchun tuproq unumdorligini doimo oshirib borish; organik va mineral o‘g‘itlarni samarali qo‘llash hamda tuproqqa ratsional ishlov berish; mehnatni to‘g‘ri tashkil etish va texnikalardan unumli foydalanish uchun engg qulay sharoitlar yaratish. 142 Kartoshkani almashlab ekishdagi o‘rnini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar hisoblanadi: tuproqning donadorligi, uni suv va oziq moddalar bilan ta’minlanganligi darajasi, fitosanitariya holati, kartoshkani o‘tmishdosh ekin sifatida foydalanish. Shulardan kelib chiqgan holda kartoshka almashlab ekish tizimiga kiritilayotganda quyidagilarga asoslanishi kerak: - tugunaklarni mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirilayotganda tuproq uni kam zararlantiradigan holatda bo‘lishi kerak. Shu sababli tuproqning haydalma qatlamidagi tosh gektarda 100 tonadan kam bo‘lishi, yerni qiyaligi 100 dan kam, tuproq tarkibida namlik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan sochiluvchan bo‘lishligi; - o‘suv davri mobaynida tuproq namligi yetarli bo‘lishi, Sug‘oriladigan rayonlarda – suv bilan yaxshi ta’minlanishi, lalmi yerlarda sizot suvi chuqur joylashgan, bir metr tuprog‘i tarkibidagi foydalanishga yaroqli suv miqdori 80 mm dan kam bo‘lgan yengil tuproqli maydonlarni almashlab ekish tizimidan chiqarish; - tuproqni yetarli miqdorda organik moddalar bilan ta’minlash. Buning uchun almashlab ekish tizimiga ko‘p yillik o‘tlar, dukkakli ekinlar, oraliq ekinlar kiritiladi; - kartoshkani o‘suv davri mobaynida yetarli va samarali ta’minlash; - kartoshka ekilgan maydon begona o‘tlardan toza bo‘lishi kerak; - kartoshkani kasalliklar bilan zararlanishini kamaytirish uchun uni bir mayodonda surunkali emas balki yillar oralatib yetishtirish. Oziqbop kartoshka 3, urug‘lik uchun yetishtiriladiganlari 4 yildan so‘ng ekish kerak; - almashlab ekish tizimiga kartoshkani qo‘shib boyitish uni hosildorligini kamaytiradi. Chet el ma’lumotlariga ko‘ra (Prenter H, 1989) almashlab ekish tarkibida kartoshka salmog‘i 16,7 foiz bo‘lganida uni hosildorligi 20 yil mobaynida o‘rtacha 483 s/ga; 25 foiz bo‘lganda – 143 10,1 foizga, 33 foizda –20,3 foizga kamaygan. Kasaliklarini rivojlanishi kuchaygan. - Xo‘jaliklar almashlab ekish tizimida kartoshkani salmog‘i kam bo‘lsa uni dala ekinlari, yem-xashak va sabzavotlar qatoriga kiritadilar. Kartoshka katta maydonlarda yetishtiriladigan bo‘lsa kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan almashlab ekish tizimi qo‘llaniladi. O‘zbekistonning sabzavot yetishtiradigan xo‘jaliklarida beda uch yil o‘stiriladigan sakkiz dalali almashlab ekish qabul qilingan, beda birinchi yili arpa bilan aralashtirib ekiladi. Quyida sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan uch yo‘nalishdagi almashlab ekish tizimi yoritilgan. Bir xo‘jalikda uni ixtisosi hisobga olingan holda almashlab ekish sxemalaridan bir nechatasi joriy etilishi mumkin. Almashlab ekishni har uchchala sxemasining birinchi dalasi beda bilan band. Sabzavot yo‘nalishidagi almashlab ekishda bedapoya haydab tashlanganidan keyin to‘rtinchi dalaga o‘rtagi sabzavotlar-tomatdoshlar va bodring,kartoshka yo‘nalishidagi almashlab ekishda-ertagi va kechki kartoshka,poliz yo‘nalishidagi almashlab ekishda- qovun ekiladi. Yerlardan yanada samarali foydalanish maqsadida tavsiya etilayotgan almashlab ekish sxemalaridagi navbatdagi dalalarda poliz ekinlaridan oldin oraliq ekinlar, kechki sabzavot va kartoshkadan oldin ertagi kartoshka va sabzavotlar, ertagilardan keyin esa kechkilarini ekish kerak. Bu ekish sxemalarini har birida dala yil mobaynida ikki marta foydalaniladi: avval ertagi, so‘ng takroriy kechki ekinlar ekiladi. Jadval 11. O‘zbekistonning sabzavotchilik xo‘jaliklari uchun sakkiz dalali almashlab ekish sxemasi. № t-b r Sabzavot almashlab ekish Kartoshka almashlab ekish Poliz almashlab ekish Asosiy ekinlarning almashinish i Takroriy ekin Asosiy ekinlarning almashinish i Takroriy ekin Asosiy ekinlarning almashinishi Takroriy ekin 1. 1-yilgi beda -------- 1-yilgi beda --------- 1-yilgi beda -------- 2. 2-yilgi beda -------- 2-yilgi beda --------- 2-yilgi beda -------- 3. 3-yilgi beda -------- 3-yilgi beda --------- 3-yilgi beda -------- 4. O‘rtagi sabzavotlar -------- Ertagi kartoshka Kechki kartoshka Poliz (qovun) -------- 144 5. Kechki sabzavotlar Ertagi ildizmevalil ar Ertagi sabzavotlar Kechki kartoshka Poliz Oraliq ekinlar 6. Kechki kartoshka Ertagi sabzavotlar Poliz oraliq ekinlar Oraliq ekinlar Kechki kartoshka Ertagi sabzavotlar 7. Sabzavotlar (piyoz) ------- Kechki kartoshka -------- Sabzavotlar (piyoz) --------- 8. Kechki sabzavotlar Ertagi kartoshka Ertagi sabzavotlar Kechki kartoshka poliz Oraliq ekinlar Bu almashlab ekishlar tarkibida takroriy ekinlar mavjudligi hisobga olinsa uni 11 dalali deb belgilanishi kerak. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘zgarishlar va xo‘jaliklar ekin maydonlarini kichrayishi almashlab ekish tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini kichik bo‘lishi kam sondagi ekinlardan iborat bo‘lgan va qisqa rotatsiyali almashlab ekishga o‘tishni taqazo qilmoqda. Shu munosabat bilan chet ellarda qo‘llaniladigan almashlab ekish sxemasi katta qiziqish uyg‘otadi. AQShda kartoshka yil oralatib don dukkakli ekinlargrechixa,suli,tariq va no‘xat aralashmasi bilan almashlab ekiladi.Kanadada dukkaklilardan so‘ng ikki dalasini kartoshka egallaydigan olti dalali almashlab ekish eng yaxshi xisoblanadi. Kartoshka Yaponiyada uch va to‘rt dalali almashlab ekishda beda,kuzgi bug‘doy yoki soyadan keyin yetishtiriladi.Xindistonda kartoshka ikki,uch dalali almashlab ekish tizimida makkajo‘xori,bug‘doy va soyadan so‘ng yetishtiriladi. Niderlandiyada kartoshka to‘rt dalali almashlab ekishda va ayrim hollarda uch dalalilarda qand lavlagi va donlilardan so‘ng yetishtiriladi.Qayta ishlash sanoatida foydalaniladigan nematodaga chidamli navlar ikki dalali almashlab ekishda yetishtirishga ruxsat etiladi. Portugaliya va Germaniyada uch dalali: javdar yoki o‘tlar – kartoshka – makkajo‘xori, shuningdek beda – kartoshka – arpa almashlab ekish joriy etilgan. Yevropaning o‘rta mintaqalarida qisqa rotatsiyali – uch va to‘rt dalali, ko‘pchilik hollarda quyidagi almashlab ekish sxemasini qo‘llaydilar: 1. 145 Kartoshka – kuzgi bug‘doy – ko‘p o‘riladigan raygras – raygras ko‘p o‘rimli; 2. Kartoshka –kuzgi arpa – beda- kuzgi bug‘doy; 3. Kartoshka – kuzgi bug‘doy yoki javdar – makkajo‘xori silosga – bahorgi arpa; 4. Kartoshka – kuzgi arpa – kuzgi raps yoki o‘tlar – kuzgi bug‘doy.
Bu guruhga har xil botanik oila va turlarga mansub tuganakmeva hosil qiladigan o’simliklar kiradi.
Tuganakmevalilar tarkibida 65-84% quruq modda bo’ladi. quruq moddaning tarkibida kraxmal, qand, inulin mavjud.
Tuganakmevalilar oziq-ovqatda, yem-xashak va texnikada xom ashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar yer osti poyalarida yoki ildizlarda 5-20sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevali qator orasiga ishlov beoriladigan ekinlar bo’lganligi uchun almashlab ekishda ahamiyati katta.
Er yuzida tuganakmevali o’simliklardan quyidagilar ekiladi:
-Kartoshka –Solahum tuberosum L- oilasi-Solahaceae
-Batat –Ipomaea batatus Lam – oilasi – Asteraceae
- Maniok Mahi
Bu ekinlar har xil oilaga mansub bo’lgani bilan ularning tuganakmevasi bir-biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, shuning uchun yaxshi saqlanmaydi. Tuganakmevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi har bir – biriga yaqin, hammasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar.
Er yuzida tugnakmevali o’simliklar orasida eng ko’p tarqalgani kartoshka o’simligi. Tropik va subtropik iqlim sharoitida maniok, taro, batat, yams ko’proq ekiladi.
Tuganakmevali ekinlardan O’zbekistonda asosan kartoshka qisman, topinambur va batat ekiladi.
Kartoshka tuganagini oziq-ovqatda ko’p ishlatishga sabab-uning tarkibida inson organizmi yaxshi o’zlashtiradigan uglevodlar, oqsillar asosan, kraxmalning ko’pligi, S vitamini, mineral tuzlar, temir, kal’tsiy va boshqa moddalarning mavjudligidadir. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 % mg/ga yetadi.
Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84 % mg/ga suv bo’ladi. Tuganagi tarkibi 75 % suv va 25 % quruq moddadan iboratdir. quruq modda o’z navbatida 1 % mineral birikma, 1 % kletchatka, 1,2-3,0 % oqsil, 0,7 % aminokislota, kraxmal 14-22 %, qand – 0,9 % pektin moddalar 0,7 %, organik kislotalar – 0,2%, yog’ - -,1 % va boshqa moddalar 1,5 % ni tashkil etadi.
Tuganak tarkibida vitaminlardan : RR (0,57 mg,) V-1 (0,11 mg,) V-2 (0,06 mg,) V-6 (0,22 mg) mavjud bo’lib, S vitaminining esa eng ko’p miqdori 12 mg ni tashkil etadi va ayrim xolarda uning miqdori 40 mg ga yetadi. yetilmagan yosh tuganaklar bu vitaminga juda boydir.
Kartoshka bargpoya va ko’k, ko’kimtir rangga ega bo’lgan tuganaklarida zaxarli modda – glyukoalkaloid, solanin (1-20 mg%) moddasi hosil bo’ladi. bu zaharli modda ta’siri uni pishirsh vaqtida qisman yo’qotiladi. Kartoshka oziq-ovqat sanoatida katta axamiyatiga ega. SHaning uchun u don maxsulotlaridan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. SHu bilan birga chorva mollariga kartoshka tuganaklari xomligicha, siloslangan yoki bug’langan, palagi esa yangiligicha va siloslangan xolda beriladi. Bundan tashqari, kartoshka tuganagi qayta ishlangan vaqtida chiqadigan chiqindi (barda, turpi) ham mollarga beriladi.
Kartoshka – texnik ekin hisoblanadi. Uni 1 tonna tuganagidan 112 l spirt, 55 kg uglekislota, 0,39 l sivush moyi, 1500 l barda yoki 170 kg kraxmal, 80 kg lyukoza va boshqa maxsulotlar olinadi.
Kartoshka tuganagidan olinadigan spirt sifati jixatidan ancha yuqori turadi. SHuning uchun u farmtsevtika, atir-upa xamda aroq ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Undagi kraxmaldan konditer, mato to’qish va kolbasa ishlab chiqarishda ham foydalaniladi.
.
Havo temperaturasi va namligi kartoshkaning gullash quvvatiga va urug’ hosil qilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qurg’oqchil janubiy viloyatlarda shimoliy yoki tog’oldi salqin viloyatlardagiga qaraganda kartoshkaning gul va urug’i sekin hosil bo’ladi.
Kartoshka tuganagi muhim biologik xususiyatga – tinim davriga ega, shuning uchun u kavlab olingandan so’ng tezda o’smaydi tinim davri turli navlarda turlicha bo’lib, u ko’pchilik navlarda 60 kundan ko’p vaqt talab etadi.
Kartoshka past haroratli o’smlikdir. SHuning uchun tuganaklarning ko’karishi va o’simliklarning o’sish uchun ko’pchilik navlarda 6-70 dastlabki harorat deb hisoblanadi. Tuganaklarni yaxshi o’sish uchun esa o’rtacha harorat 19-230. Tuganak o’stirilayotgan vaqtida harorat 3-50 va 310 dan yuqori bo’lsa, u ko’karishdan to’xtaydi.
Tuganaklar bir necha kun maboynida –1 va 350 harorat ta’sirida bo’lsa ular zararlanadi va o’simtalar hosil qilmaydi. Ularga 5-70 va 43-450 da qisqa muddatda ishlov berilsa zararlanmaydi.
Kartoshka ildizidagi tuproq harorati 70 dan yuqori bo’lsa hosil yaxshi rivojlanadi. Uning poyasi esa 5-60 da o’sa boshlaydi, jadval o’sish esa 17-220dan yuzaga keladi, harorat 400dan oshganda esa o’sishdan to’xtaydi. Harorat –1-1,50da kartoshkaning yer ostki qismi nobud bo’ladi. Tuganaklar –1-20 sovuqda muzlaydi, lekin salqin sharoitda uzoq saqlanadi –3-40 sovuqqa bardosh mumkin.
Harorat 18-210 bo’lganida kartoshkaning gullashi tez o’tadi, tuganaklarn jadal hosil bo’lishi uchun eng qulay harorat 16-190dan yuqori bo’lsa tuganaklarninig kattalashishi sekinlashadi va tuproq harorati 28-290 yetganda tuganaklar umuman semirmaydi. Assimilyatsiya jarayoni uchun eng qulay xarorat bundan oshib ketsa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, 400ga yetganda esa fotosintez assimliyatsiya jarayoni to’xtaydi. Выращивание картофеля: советы опытных огородников
YUqori xarorat ta’sirida fotosintezning uzoq vaqt to’xtab qolishi natijasida kartoshka tuganaklari keyingi o’sish qobilyatini yo’qotadi. YUqori xarorat kartoshkaning irsiyatiga va sifatiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi, uning ko’pincha aynishiga, hosildorligining surinkasiga kamayishiga va tovarlik sifatining pasayishiga olib keladi. Kechki muddatda – yozda ekildaigan uruglik kartoshka saqlash vaqtida yuqori harorat ta’sirida ko’plab nobud bo’ladi. ekilganda yerda chirib ketadi. Natijada ekin ko’pincha siyrak chiqadi va hosil keskin kamayadi.
Kartoshkaning to’liq o’sib rivojlanishi va hosil to’plashi uchun (100S.dan yuqori) ertapishar navlari uchun 1000-1400, kechpisharlar uchun esa 1400-1600 miqdorda xarorat talab etadi. Kartoshka yorugsevar o’simlik. Tuganklari undirilayotgan vaqtda yoruglik yetarli bo’lsa rangi oq, mo’rt va tezda sinib ketadigshan o’simta hosil qiladi. Kartoshka stoloni yorug sharoitda hosil bo’lmaydi. YOruglik yetarli bo’lsa, poyalarning o’sishi, gullashi va tuganak hosil bo’lishi susayib, natijada hosildorligi pasayadi. Kartoshka o’simligi neytral fotoperiodizm uzun va qisqa kunda ham yaxshi rivojlanishi mumkin.
Kartoshka vatani hisoblangan CHilining dengiz bo’yi hududlari iqlimi yumshoq, salqin, sernam, tuprogi kaliyga boy. Tuganaklarning hosil bo’lishi seryogin (300 mm.dan ortiq) havoning nisbiy namligi yuqori (75% va undan ziyod) bo’lgan sharoitda o’tadi. SHuning uchun kartoshka o’simligi tuproq namligiga talabchandir, ammo uning tuproq namligiga bo’lgan talabi o’sish va rivojlanish davrlarida turlicha bo’ladi.
Kartoshka hosil to’plash davomida namlikka juda talabchan bo’ladi. atmosferaning quruqligi kartoshkaning meva qilishiga, ayniqsa, yomon ta’sir qiladi, ya’ni gul va mevalarni to’kib yuboradi. Ammo tuproqdagi namlik 70-85% bo’lsa, havoning quruqligi kartoshkaga poyalari o’sishiga va tuganaklar hosil bo’lishiga unchalik kuchli ta’sir etmaydi.
YOsh nihollar rivojlanishning dastlabki paytlarida tuproq namligiga unchalik katta ehtiyoj sezmaydi, lekin gullash, tuganak hosil qilish davrida namlikka bo’lgan talabi keskin oshadi. Bu davrida tuproqda nam bo’lmasa, oziq moddalarning tuganaklarga keishi to’xtaydi, natijada tuganaklarning o’sishi kechikadi yoki butunlay o’sishdan qoladi. YOmgir yoqqandan yoki ekin sugorilgandan keyin shakllangan tuganaklar ikkilamchi o’sa boshlaydi, ya’ni bolalaydi. Bunda bolachalar va stolonlarda shakllanmagan tuganaklar paydo bo’ladi.
Kartoshka namlikka talabchan bo’lishi bilan birga, qurgoqchilikka ham nisbatan chidamlidir. qurgoqchilik – tuproq va havo namligi yetishmasligi boshlanishi bilan kartoshka tuganaklar hosil qilishdan to’xtaydi, ammo u nobud bo’lmaydi. qurgoqchilik o’tib ketgandan so’ng u tuganak hosil qilishni davom ettiradi, bunda hosildorligi keskin kamayib, uni sifati pasayadi.
Kartoshka tuproqdagi oziq mineral moddalarga nisbatan talabchandir. Bir tonna tuganakmeva va tegishli poya-barg yetishtirish uchun 6,2 kg azot, 2 kg fosfor va 8 kg kaliy jami 16,2 kg sarflaydi.
Kartoshka donador, yumshoq, havo aeratsiyasi yaxshi tuproqlarda ko’p hosil beradi. Mexanik tarkibi ogir, bo’z tuproqlarda, yengil qumoq va qumloq tuproqdagilarga nisbatan yomon o’sadi, bunday yerlarda mo’l va sifatli hosil yetishtirish uchun ekishdan oldin yerni bmshatib turish kerak.
Kartoshka sho’r yerlarda yaxshi o’smaydi, unga xlorli tuzlar salbiy ta’sir etadi. Tuproq tarkibidagi xlor 0,015-0,020 %.dan ko’p bo’lsa, hosildorlik sezilarli darajada kamayadi, 0,05-0,07% bo’lganda esa tuganaklar deyarli hosil bo’lmaydi. SHuning uchun sho’r yerlarda kartoshka yetishtirishda tegishli meliorativ tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Kartoshkaning «Akrab», «Zarafshon», «To’yimli», «Umid», mahlliy navlari, va yigirma uchdan ortiq chet el navlari: «Romana», «Sante», «Diamant», «Pikasso» va boshqa navlari bor. Kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishda ekiladigan nav toza hamda shu iqlim sharoitiga moslashgan bo’lishi kerak. Tumanlashtirilgan navlar hosildorligi jihatidan ko’pincha aralash navlardan ikki-uch marta afzal bo’ladi. Hozirgi vaqtda kartoshkaning 2000ga yaqin madaniy navlari bo’lib, shundan 20 ga yaqini respublikamizda yetishtiriladi. Xo’jalik ahamiyatiga ko’ra kartoshka navlari to’rt guruhga – oziq-ovqatga ishlatiladigan, xashaki, texnikaviy va har xil maqsadlarda foydalanadigan universal kartoshkalarga bo’linadi.
Navlarga baho berishda quyidagilar eng muhim belgi hisoblanadi: hosildorligi, tezpisharligi, ikki hosilligi va kartoshkaning taomlik sifati, serkraxmalligi hamda saqlanish xususiyati. Bulardan tashqari, tuganaklarning yirikligi, shakli, rangi, ko’zlari yuza va chuqur joylashishi va uning rangi ham asosiy belgilardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |