Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Matn  uslubiy mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga  bo‘linadi



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/220
Sana30.12.2021
Hajmi4,69 Mb.
#95948
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M

Matn  uslubiy mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga  bo‘linadi:
ilmiy matn 
(tezis, maqola, ma’ruza, annotatsiya, taqrizlar);
badiiy matn 
(nasriy va nazmiy asarlar);
65


rasmiy matn 
(ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar); 
ommabop matn 
(maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari).
Tilshunos olim M.  Yo‘ldoshev 
matnni hajm va  mazmun  belgisiga  ko‘ra 
ikkiga ajratadi:
1. 
Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari:  a) minimal matn (mikromatn)
b) maksimal matn (makromatn):
2. 
Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn tiplari:
a) hikoya mazmunli matn;
b) tasviriy matn;
d) izoh mazmunli matn;
e) didaktik matn;
g) xabar mazmunli matn; 
i) buyrnq mazmunli matn: 
j) liissiy ifoda mazmunli matn.
Mikromatn kichik hajmga (hatto, bitta gapdan iborat boigan) ega boigan, 
tugal mazmun  kasb etgan  asardir. Mikromatn  deyilganda biror mavzuni  yoritishga 
bagishlangan  qatralar,  xalq  donishmandligini  ifodalaydigan  maqol,  matal  va 
aforizmlar,  miniatyuralar,  hajviy  asarlar,  nomalar,  she’r  va  she’riy  parchalar, 
umuman,  kichik  mavzuni  qamrab  oluvchi  bir  necha  gaplardan  iborat  butunlik 
tushuniladi.  Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli 
shakldagi  boglamalar,  sintaktik  vositalar  birlashtirib  turadi.  Bunga  misol  qilib 
0 ‘tkir  Hoshimovninng  “Daftar  hoshiyasidagi  bitiklar”  nomli  kitobida  berilgan 
matnlami  keltirishimiz mumkin.  Masalan,  “Bilimdon”  sarlavhali  matn:  “Hamma 
narsani  bilaman,  deydigan  odam  hech  narsani  bilmaydi!”  Yoki  “Xudbin”  nomli 
matn:  “O'zidan  boshqa  hammani  yomon  ko‘radigan  odam  oxir-oqibat  o‘zidan 
boshqa  hammaning  nafratiga  yoliqadi.”  jumlasidan  iborat.  Ushbu  matn  bitta 
gapdan  tashkil  topgan  boisa  ham  tugal  fikr  berilgan  va  o'zming  mazmun- 
mohiyati  bilan  ajralib  turadi.  Hatto  ushbu  matnlarga  sarlavha  qo‘yilishi  matnga 
qo‘yiladigan  talabga  toiiq  amal  qilinganligidan  dalolat  beradi  Yana  ushbu
66


misollarga  e’tibomi  qaratsak:  “Sun’iy  yo‘ldosh  yaratildiyu  sayyoramiz  global 
teatrga  aylandi-qo‘ydi,  bu  teatrda  hamma  aktyor,  tomoshabin  esa  yo‘q ”, 
“G  ildirak  oyoq  uchun  qanday  qulaylik  yaratgan  bo‘lsa,  til,  nutq,  so‘z  ham  aql 
uchun ana shunday vazifalami  ado  etadi.” Ushbu jumlalarda fikr tugalligi mavjud 
bo‘lib,  yaxlit matnni yuzaga keltiradi. Mikro (kichik) matn yaxlitligi, bir butunligi 
shakl va mazmun, mavzu va muloqot uyg'unligidan yuzaga keladi.
Makromatn  -   katta  hajmga  ega  boigan  yozma  matn.  U  qismlar,  boblar, 
paragraflardan  tashkil  topgan  boiishi  mumkin.  Badiiy  uslubda  hikoya,  qissa, 
roman,  epopeya  kabi  yirik  hajmli  asarlar  makromatn  hisoblanadi.  Makromatn 
mikromatnlardan tashkil  topadi.  Eng  kichik  butunlik  abzasga,  eng  katta butunlik 
esa  bob  (qism  yoki  fasl)larga  to‘g‘ri  keladi.  Bunday  matn  tarkibida  epigraf, 
so‘zboshi  (muqaddima),  so‘ngso‘z (epilog)  kabi  yordamchi  qismlar ham  ishtirok 
etishi  mumkin.  Ular  asar  mazmuni  va  g‘oyasiga,  shuningdek,  mavzuning 
tanlanishi  va  yoritilishiga  oid  ayrim  masalalarga  qo'shimcha  izoh,  sharh  bo‘lib 
keladi.
Matnning  eng kichik birligi  (va ko‘rinishi) bo‘lgan  abzas  ham  o‘ziga xos 
mazmuniy  va  tarkibiy  qismlar  qurilishidan  iborat.  Bunday  mazmuniy-mantiqiy 
qismlar  odatda  kirish,  asosiy  qism  va  xulosa  munosabatida  tarkiblanadi  hamda 
murakkab  sintaktik  butunlikni,  aloqaviy tugallikni  hosil  qiladi.  Uning  mazmuniy 
markazini mavzu tashkil etadi.
Maksimal  matn  tashqi  jihatdan  turlicha  shakllangan  bo‘ladi.  Masalan, 
Husayn  Voiz  Koshifiyning  “Futuwatnomai  sultoniy”  asari  muqaddima,  yettita 
bobdan  iborat  Har  bir  bob  esa  bir  necha  fasllardan  iborat  bo‘lib,  ulaming  har 
birida  bobga  oid  muhim  masalalar  haqida  alohida  va  chuqur  fikr  yuritilgan. 
Birinchi  bob  “Futuwatning  manbai,  mohiyati,  tariqat  va  odob  hamda  uning 
ruknlari haqida”, deb nomlanib,  1-fasli “Futuwatning mazhari (mohiyati) va uning 
odobi haqida”,  2-fasli  “Tariqatning ma’nosi  va unga tegishli narsalar haqida”,  3- 
fasli  “Tasawufning  ma’nosi,  uning  odobi  va  raknlar  haqida”,  4-fasli  “Faqr  va 
uning  odobu  arkoni  haqida”  sarlavhalari  bilan  berilgan.  Ba’zi  boblarda  o‘ndan
67


ortiq  fasllar  mavjud  bo‘lib,  ulaming  har  binning  o‘z  nomi  va  obyekti  mavjud. 
Bunday  holat  asaraing  mukammalligi  va  izchilligini  ta’minlagan.  Har  bitta 
aytilgan fikr asoslanilgan.
Makromatn  mazmuni  va  qurilishi  muayyan  qismlar,  boblar,  ruknlar,  fasl 
yoki  bandlar  orqali  ayonlashadi.  Material  mavzu  matn  qismlari  o‘rtasida 
munosabat  bavositadir  -   muloqotning  umumiy  maqsadi  va  asosiy  mavzu  talabi 
asosida bog‘lanadi.
Matniy  muloqotda 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish