Shoira usmanova чит ти"Ч "иг ■



Download 262,14 Kb.
bet23/49
Sana19.04.2022
Hajmi262,14 Kb.
#563521
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
xorijiy sostsilo

Tayanch so‘zlar: bungo tili, kogo tili, qurama dialekt, guruh, muloqot shakllari, “o‘ziniki”, “begona”, urg‘u, ozchilik tili, milliy g‘urur, iyeroglif, kana, xiragaria, katakana, furigana, keygo hurmat shakllari, murojaat shakllari, gonorativ, tengsizlik, samuray.

    1. Yaponiyadagi til siyosati

      1. Adabiy tilning shakllanishidagi omillar

Ma’lumki, 1867-1868-yillardagi burjuaziya inqilobi Yaponiya tarixida keskin burilish yasadi. Bundan keyingi davrj yapon kapitalizmining shakllanishi va rivojlanishi, yapon milliy madaniyatining faol yevropalashtirilishi bilan tavsiflanadi. Tabiiyki, feodal tuzumiga xos ba’zi eski jihatlar yangi rivojlanish bosqichiga dadil qadam qo‘ygan jamiyat munosabatlariga mos kelmas edi. Zudlikda hal qilinishi kerak bo‘lgan ana shunday muammolardan bir yapon tili masalasi edi.
Feodal Yaponiya uchun ayni tuzumga oid davlatlarga, xos bo'lgan xususiyat, ya’ni jonli so'zlashuv tili/:va adabiy til o‘rtasida jarlikning mavjudligi edi. Yaponiya aholisi bir-biridan farqlanadigan ko‘p sonly qishloq va shahar dialektlarida so'zlashar edi. Chekka hududlardagi dialektlaming egalari bir-birlarini tushunmas edilar, zero, u paytda. umumtil tizimi mavjud emas edi1.
Yaponiyada XIX asming ikkinchi yarmigacha eski yoziivli yapon tili yoki bungo (mazkur terrain golland tilidan kalkalangan bo'lib “adabiy til” ma’nosini anglatadi - Sh.Usmariova) yagona adabiy til sifatida mavjud edi. Bungo bilan bir qatorda XIX asrgacha rasmiy hujjatlar va Konfutsiy ta’limotida yaponlashtirilgan xitoy tilidan (kambun, deb nomlangan) foydalariilgan. Bungo Xeyan (IX-XII) davrida ,o‘sha, paytdagi Yaponiyaning poytaxti Kioto dialekti asosida shakllangan. Dastlab bungo poytaxtning oliy ijtimoiy tabaqalari tilidan juda oz farq qilgan, biroq vaq‘t o‘tishi bilan asta-sekin og'zaki nutq va yozuv tili orasidagi farq sezila
Алпатов В. M. Япония: язык и общество. -М.: “Муравей”, 2003 (электрон вариант). boshlagan. Og‘zaki nutq kodlashmagan, uning asosidagi til esa doimo o‘zgarib turgan.
Bungo tili butun Yaponiyada qo‘llanilgan, unda badiiy asarlar, keyinchalik ayrim ilmiy asarlar yaratilgan. Mashhur yapon yozuvchilari Ixara Saykaku, Tikamatsu Mondzaemon, Dzippensya Ikku va h.k. o‘sha davr so‘zlashuv tili unsurlarini o‘z asarlariga kiritgan bo‘lsalar-da, asarlarining tili bungo bodgan1. 1867-1868-yillardagi burjuaziya inqilobigacha yapon tilining bungodan boshqa barcha shakllari hududiy chegaralangan edi. Bu mamlakatning katta qismida, xususan, qishloq joylarida dialektlararo muloqotga ehtiyoj bo'lmaganidan dalolat beradi.
XVI1XIX asrlargacha Yaponiyada dehqonlaming yer bilan band bo‘lishi hamda aholining aksariyat qismi uchun bir joydan boshqa joyga ko‘chishning ta’qiqlanganligi dialektlar tarqalishining to'xtashiga olib keldi. O‘sha davrda Yaponiyada faqat uchta tilgina (bungo bundan mustasno - Sh.Usmanova) oddiy dialekt sifatida qodlanish doirasidan chiqqan edi.
Birinchisi, anchayin istiqbolli bo'lgan Kioto dialekti edi. Bu xususiyatni XVI- XVII asrlarda Yaponiyaga dastlab kelgan xorijliklar ham qayd qilgan edilar. Ushbu dialekt Kioto tashqarisida ham tanilib, XVI asming oxirlari va XVII asrning boshlarida undan badiiy asarlar yaratishda foydalanishga urinishlar bo'lgan, Biroq Edoning Yaponiyaning iqtisodiy va siyosiy markazi sifatiga maydonga chiqishi, adabiy tilning Kioto dialekti asosida shakllanishini to‘xtatib qo‘ydi.
Ikkinchisi, Syuri (hozirgi Okinava - ShUsmanova) dialekti bo‘lib, u Ryukyu orollarida dialaktlararo muloqot vositasi sifatida qo‘llanilgan. Orollaming mustaqillik (1429-1609) va undan keyingi yarim mustaqillik davrlarida (1609-1872) Syuri dialekti asosida muayyan til standard shakllandi. Okinavacha yozilgan adabiy raatnlar paydo bo'ldi. Biroq mazkur standartning shakllanishi XIX asming oxirida Yaponiyaning yagona adabiy tiliga qaratilgan umumdavlai til siyosati tufayli to'xtab qoldi.
Uchinchisi, Edo (hozirgi Tokio - Sh.Usmanova) dialekti edi. Bu an’anaviy atalishda noaniqlik mavjud. Chunonchi, bir tomondan, mazkur til shakli butun Edo (1868- yildan Tokio)da emas, balki uning ijtimoiy jihatdan o‘ziga to‘q bo‘lgan g‘arbiy, tog'lik qismidagina (Yamanote) qoSiangan. Sitamati shahrining bir qismidagi sharqiy sheva bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos xususiyitlarga egadir. Ikkinchi tomondan, Edo dialekti, ko‘proq kelib chiqishiga ko‘ra turli unsurlami o‘z

Download 262,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish