Shoira usmanova чит ти"Ч "иг ■


-jadval. Fransiya tillarida so‘zlashuychilar semi



Download 262,14 Kb.
bet15/49
Sana19.04.2022
Hajmi262,14 Kb.
#563521
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
xorijiy sostsilo

1-jadval. Fransiya tillarida so‘zlashuychilar semi

O‘rin

Til

Ona tili (katta yoshlilar)

Katta yoshli kishilarining foizi

1

fransuz

39 360

86%

2

nemis, elzas lotar, fransiy va h.k.

970 (bulardan elzas: 660; nemis: 210; lotaring, frank: 100)

2,12% (bulardan elzas: 1,44%; nemis: 0,46%;
lotaring, frank: 0,22%)

3

arab (xususan, mag‘rib dialekti)

940

2,05%

4

oksitan tili (langedok, gaskon, provansal va boshqalar)

610 (yana 1060 kishi muayyan darajada til bilan tanish bo'lgan)

1.33% (yana 2,32 % muayyan darajada tanish)

5

Portugal

580

1.27%

6

oyl tillari (pikard, gallo, puatevin-sentoj va boshqalar)

570 (850ga yaqin kishi muayyan darajada tanish)

1,25% (1,86%ga yaqin muayyan darajada tanish)

7

itaiyan tili (va uning dialektlari)

540

1,19%

8

ispan

485

1,06%

9

breton

280 (405ga yaqin kishi muayyan darajada tanish)

0,61% ( 0,87% ga yaqin muayyan darajada tanish)

10

400ga yaqin boshqa tillar (polyak, berber tillari, sharqiy-osiyo tillari, katalan, franko- provansal, korsikan, bask)

2350 (ulardan 115 ingliz tili)

5,12% (katta yoshli aholining 0,25% ingliz)




Jami

45 762 (ikki ona tiliga ega bo‘lganlar 46680)

102 % (aholining 2 % ikki ona tiliga ega bo‘lganlar)

      1. Minoritar tillar

Fransiyada fransuz tilining hududiy variantlariga an’anaviy tarzda dialektlar sifatida qaralgan. Biroq dialektlaming yo‘qolishi munosabati bilan bu variantlilik hududiy turlar (fran^ais regionaux) tizimi sifatida tasavvur qilina boshlandi1. Biroq “hududiy fransuz tili” termini nafaqat Fransiyadagi fransuz tilining turlariga, balki Fransiya bilan chegaradosh bo'lgan davlatlaming fransuzcha nutqiga nisbatan ham qo‘llanilgan. Mazkur termin sekin-asta Yevropadan tashqarida, jumladan, Amerikada, hatto, Afrikadagi fransuz tilining variantlariga ham tatbiq qilina boshlandi. “Hududiy fransuz tili” terminining juda keng talqin qilinishi, uning qo‘llanilishida ham qator qiyinchiliklami keltirib chiqardi. Shunga ko‘ra, “minoritar tillar” termini iste’molga kiritildi.
1998-yilning iyul va 1999-yilning aprel oylarida fransuz hukumatiga mamlakatdagi lisoniy vaziyat haqida ikkita ma’ruza taqdim etildi. Birinchi ma’ruza “Hududiy tillar va madaniyatlar” mavzusida bo‘lib, Kamper hokimi Bemar Puanyan tomonidan tayyorlangan edi. Unda hududiy tillarda so'zlashuvchilaming soni qayd qilinmagan bo‘lsa-da, Fransiyaning barcha Yevropa qismidagi hududiy tillaming ro‘yxati berilgan edi. Ma’ruzada ushbu tillaming ta’lim va ommaviy axborot vositalaridagi roli alohida ta’kidlangan. Ikkinchi ma’ruza Fransuz tili davlat instituti direktori Bemar Cherkvilini tomonidan tayyorlanib, unda hududiy yoki minoritar tillar haqida Yevropa Xartiyasi (rasmiy hujjati) tasdiqlangan taqdirda rasmiy, deb tan olinishi mumkin bo‘lgan 75 ta til qayd qilindi.
Xartiya matnida hududiy va minoritar tillar orasiga chegara qo‘yi!magan. Uning birinchi bandida “hududiy yoki minoritar tillar” terminiga izoh berilgan: 1) “hududiy yoki minoritar tillar” termini: a) mamlakatning mazkur hududida yashovchi va mamlakatning boshqa aholisiga nisbatan ozchilikni tashkil qiladigan guruhlar tomonidan an’anaviy qo'llaniladigan tillarhiyb) bu mamlakatning rasmiy tilidan farq qiladigan tillami (ular shu davlatning hech bir dialektini, hech bir muhojirlar tilini o‘z ichiga olmaydi) ifodalaydi54 55.
B. Cherkvilini o‘zining ma’ruzasida Xartiya nizomiga asoslangan holda, Fransiyaning minoritar tillari ro'yxatini qaysi mezonlar asosida tuzganligini izohlaydi. B. Cherkvilini oyl tillarini fransuz tilidan va boshqa tillardan uzoqligiga ko‘ra fransuz tilini dialekti deb emas, balki hududiy tillar qatoriga kiritadi. Shunday qilib, B.Cherkvilinining fikricha, katalan,
korsikan, oksitan, franko-provansal, oyl tillari, breton, flamand, elzas, mozel-fransiy va bask tillarini Fransiyaning hududiy tillari deyish mumkin.
Fransiyaning Afrikadagi sobiq mustamlakalaridagi arab hamda berber dialektlarida so‘zlashuvchi ko‘pchilik aholisi hozirgi paytda Fransiyada yashaydi va lining fiiqarosi hisoblanadi. B. Cherkviliniga ko‘ra, bunday holat Xartiyaning nizomiga mos keladi, shuning uchun arab va berber dialektlari uning ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, B. Cherkvilinining ma’ruzasida 1915-yilning aprelidagi ommaviy qatag'ondan keyin Fransiyaga ко‘chib kelgan armanlarning tili ham qayd qilingan.
Fransiyadagi fransuz tili boshqarmasi B. Cherkvilinining ma’ruzasida qayd qilingan tillar bilan birga, ivrit-ispan va fransuz imo-ishoralari tili ham kirgan minoritar tillar ro‘yxatini tuzdi. Shunday qilib, Fransiyaning minoritar tillarini ikki kategoriyaga ajratish mumkin: hududiy tillar va nohududiy tillar (mamlakatda yerlashib olgan muhojirlaming tili).
Xullas, Fransiyada juda ko'n hududiy tillar mavjud bo‘lib, ulami kelib chiqishiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: Roman tillariga katalan, korsikan, oksitan, franko-provansal va oyl tillari; kelt tillariga Bretanning g‘arbidagi breton tili kiradi. German tillari orasida flamand, elzas va mozel- fransiy tillari tarqalgan. Alohida mavjud bo‘lgan bask tili ham Fransiyaning minoritar tillaridan biri sanaladi. B.Chsrkvilini Fransiyaning boshqa tillarini dialektlar yoki ihotalangan tillar, deb izthlagan.
V.G. Gak fransuz dialektlarini quyidagicha tasniflagan: fransiy (tarixan fransuz tiliga asoslangan Il-de-Fraia dialekti), shimoliy (normand, pikard, vallon), g‘arbiy (anjuy, gallo va h.L), janubi-g‘arbiy (puatev va h.lc.), markaziy, janubi-sharqiy (burgund, frarsh-kotitiy), sharqiy (idlaring, shampan), fransuz va oksitan tillari orasidag. frank-provansal tili (LES 1990: 563).
Shunday qilib, sotsiolingvistika nuqtay. nazaridan qaralganda, Fransiya tub aholisining minoritar tillari til maqonma egadir.

    1. Fransiyadagi til siyosuti

3.1. Fransuz tilining milliy til sifatidashakllanishi
Fransuz tili hind-yevropa tillari oilasidagi ronan tillari guruhining gall-roman kichik guruhiga kiradi. Fransuz tili Galli;a hududida og‘zaki lotin tili asosida kelt va german tillari negizida rivojlanyn, degan qarashlar mavjud. Fransuz tili rivojlanishini bir necha davrlarga ajratish mumkin: gall-roman tili (V-VIII asrlar), eski fransuz tili (IX-.CIII asrlar), o‘rta fransuz tili (XIV-XV asrlar), erta fransuz tili (XVI asr), yangi fransuz tili (XVII-XVIII asrlar) va hozirgi zamon fransuz tili (XIX asrdan e’tiboran).
Galliyada fransuz feodal davlatining paydo bo‘lish va rivojlanishi davrida u yoki bu shaklda umumiy til me’yorlarini ishlab cliqish va yozrna adabiy tilni rivojlantirishga urinishlar boshiangan. Eski fransuz tilining qadimiy yodgorligi 842-yilda qirol Buyuk Karlning nabiralari tomonidan imzolangan Strasburg qasamiari sanaladi. 843-yilda Verden shartnomasiga muvofiq Buyuk Karlning imperiyasida bo‘linish yuz berdi; mazkur imperiya 877-yilga kelib uch davlat, ya’ni Fransiya, Germaniya va Italiyaga parchalanib ketdi.
Siyosiy va iqtisodiy omillar ta’sirida XII asrdan Parij tili (fransiy tili) muhim rol o'ynay boshladi, bundan tashqari u qolgan eski fransuz dialektlarining har biri bilan umumiy xususiyatlarga ham ega edi.
XIII asrdan boshlab janubiy Normandiya, sharqiy Men, Quyi Luar shaharlari, Berr shitnolida va Burgundiyaning shimoli-g'arbida umumfransuz standard hududiy tUrlarining tarqalish, aralashi va shakllanish jarayoni yuz berdi. Markaziy viloyat 'kengayib til jihatdan Il-de-Fransdan mustaqil bo'ldi. 1206-yilda Filipp-Avgust Normandiya ustidan g'alaba qozongandan keyin markaziy viloyat saroy so'zlashuv udumlarini shakllantira boshladi.
Fransiyaning davlat tili ilm, falsafa, oliy maktab va xalqaro aloqalarda hukmron bo‘lgan lotin tili edi. XIII asrdan boshlab fransuz tili lotin tili bilan ish yuritish tili sifatida (huquqiy bo'lmasa ham) raqobatlasha boshladi.
XIV-XV asrlarda umumfransuz yozma-adabiy tilining shakllanish jarayoni kuchaydi, uning qo'llanish doirasi kengaydi. Bunga lotin tilidagi asarlaming fransuz tiliga tarjima qilinishi yordam berdi. Rastniy-ish yuritish sohasida ikki tillihk mavjud edi. Lotin tili rasmiy hujjatlar tili sifatida saqlanib qolgan edi, biroq fransuz yozma-adabiy tili ham bu vazifani bajara boshladi. Bu davrda fransuz yozma-adabiy tilining qo'llanish doirasini kengaytirish uchun muayyan tarixiy shart-sharoitlar vujudga kelgan edi.
Lyudovik XI hukmronligida (1461-1483) Fransiyani hududiy va siyosiy jihatdan birlashtirish deyarli tugallangan bo'lib, qirol hukumati mustahkamlanishda davom etdi. Burgund gersogligi bo‘ysundirilgandan keyin qirol hukumati siyosati markazidagi feodallar qarshiligi bostirildi. Fransuz halqining millat sifatida rivojlanishi, milliy davlatni tashkil qilish, shuningdek, fransuz milliy yozma-adabiy tilini shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Asta-sekin fransuz tili milliy davrdagi yozma- adabiy tilga xos bo‘lgan ko‘p funksionallik va umumtarqalish xususiyatlariga ega bo‘la boshladi. Talafiuz, grammatika, leksika sohalarida muayyan me’yorlami ishlab chiqish an’anasi paydo bo‘ldi.
XVI asmi fransuz milliy tili shakllanishining boshlang'ich davri, deb hisoblash mumkin. Fransuz milliy tilining shakllanishi lisoniy o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi bilan hamkorlikda davom etdi. Bu davrda gumanistlar, grammatikachilar va yozuvchilar fransuz tilining rivojlanishi, mustahkamlanishi va tarqalishi bilan bog‘Iiq bo‘lgan turli muammolar bilan qiziqa boshladilar. XVI asming 30-yillariga kelib adabiy doiralarda Dyu Bellening 1549-yilda nashr qilingan “La Deffence, et illustration de la langue framjoyse” manifesti nomi bilan “fransuz tilini himoya qilish va uni mashhur qilish” harakati boshlandi.
Fransuz yozma-adabiy tilini me’yorlashtirish muammosi XVII asming nazariyotchilari Fransua Malerb (1555 - 1628) va Klod Vojla (1595 - 1650)lar tomonidan hal qilindi. 1635-yilda Rishelening tashabbusi bilan Fransuz Akademiyasi tashkil qilindi. Akademiyaning aksariyat a’zolari F.Malerbning izdoshlari bo'lgan zodagon ziyolilar edi. Ular tilni me’yorlashtirish borasida samarali ishlami amalga oshirishdi.
XVIII asrda lotin tili hali ham universitetlarda o'qitilishiga qaramay, fransuz adabiy tilining tarqalish doirasi kengaydi. Fransuz adabiy tili Fransiyaning tashqarisida ham yoyila boshladi. Bu Fransiyaning madaniy va iqtisodiy jihatdan boshqa Yevropa davlatlariga ta’siri, shuningdek, mazkur davlatlardagi Ma’rifat davrida fransuz falsafasi va adabiyotining mashhurligi bilan bog‘liq edi. Fransuz adabiy tili xalqaro diplomatiya va tijorat tiliga aylandi. So‘zlashuv adabiy tili turli mamlakatlaming yuqori qatlamlaridan o‘rin oldi; fransuz tilini bilish madaniyatlilik ko'rsatkichiga aylandi.
Mamlakat ichida adabiy tilning me’yorlashgan ta’siri fransuz inqilobidan (1848) keyin ancha kuchaydi. Fransuz inqilobining tilga ta’siri lug'at tarkibidagi o‘zgarishlarda va uning fransuz millatining yagona tili sifatida tasdiqlanishida namoyon bo’ldi. Inqilobdan keyin burjuaziya ideologiyasi milliy til siyosatida darrov o‘z aksini topdi, bu, o‘z navbatida, nafaqat mahalliy shevalar, balki milliy ozchilik tillarining hath yo‘q qilinishiga olib keldi.
Yagona milliy tilning me’yorlari XIX asming oxirida, ya’ni 1896-yili Fransiyada majburiy umumboshlang'ich ta’limning joriy qilinishi bilan uzil-kesil tasdiqlandi. XX asming birinchi yarmida fransuz hukumati ta’lim, matbuot, boshqaruv organlari va orfografiya (imlo)ga tegishli qirqdan ortiq qonun qabul qildi. Bu davrda franklashtirish jarayoni sekin o'tayotgani uchun hokimiyat dialektlar va mahalliy shevalami bilmaydigan o'qituvchilarni tayinlashni taklif qilgan edi. Dialektlarga nisbatan salbiy munosabat har doim ko‘pchilik fransuz siyosatchilarining qat’iy ishonchi bo‘lib kelgan. .Jumladan, 1972-yili Fransiya prezidenti Jog Pompidu Yevropada “o‘zinirig alohida mavqeyi bo'lishi lozim bo‘lgan Fransiyada hududiy tillarga va madaniyatlarga o‘rin berilmasligi kerak”, deb ta’kidlagandi. Biroq vaqt o'tishi bilan bu nozik masalaga munosabat o’zgardi. Binobarin, sobiq prezident Fransua Mitteran 1981-yilda shunday degan edi: “Fransiyadagi tillaming va madaniyatlaming haqiqatan mavjudligini tan olish, ulami maktablar, radio, televideniya va ijtimoiy hayotga olib kirish payti keldi”1.

  1. 3.2, Fransuz tiliga nisbatan til siyosati


Download 262,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish