so ‘z boshidagi “h ” talaffuz qilinmaydi
(,)airdo
|
hairdo
|
pricheska
|
(,)airpiece
|
hairpiece
|
parik
|
Qamster
|
hamster
|
og‘maxon
|
Boshqa tomondan, Kokni so'zlashuvchisi o‘z nutqini RP vakilining nutqiga yaqinlashtirishga harakat qiladi.
EE London tashqarisida ham keng tarqalgan. Buni EEning poytaxt dialekti sifatida yuqori mavqega egaligi, uning radio va televideniyada ishlatilishi, shuningdek, Londonda ishlab, shahar chegarasida yashaydigan aholi sonining ortishi bilan izohlash mumkin.
Buyuk Britaniya tillari
Buyuk Britaniya birlashgan qirollik bo‘lib, u ma’muriy-siyosiy jihatdan Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani o‘z ichiga oladi. Buyuk Britaniyaning rasmiy tili yo‘q. Ingliz tili muloqotning asosiy vositasi sanaladi. Buyuk Britaniyada ingliz tilidan tashqari valliy, kom, shotland va shotland-gel tillari ham faol qo‘llaniladi.
Ingliz tili
Ingliz tili Angliyaning rasmiy tili va butun Buyuk Britaniyaning de- faktosi (lot. “amalda”, “aslida”) hisoblanadi. Shuningdek, AQShriing, jumladan, uning 31 ta shtatining rasmiy tilidir. Mazkur til Irlandiya, Kanada va Maltadagi ikki rasmiy tildan biri hisoblanadi, Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa rasmiy til maqomiga ega. Ba’zi Osiyo davlatlari (Hindiston, Pokiston) va Afrika mamlakatlarida ham rasmiy til sifatida qo‘llaniladi.
Ingliz tili hind-yevropa tillari oilasining german tillari guruhiga kiradi. 2000-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, unda 510 million kishi gaplashadi. Ingliz tili BMT ish yuritadigan olti rasmiy tildan biridir.
Ingliz tilida so‘z tartibi asosan turg‘unlikka ega. Leksik qatlamining 70%ini o‘zlashmalar tashkil qiladi. Ingliz yozuvi lotin alifbosiga asoslangan bo‘lib, VII asrdan e’tiboran ishlatiladi.
2. Valliy tili
Valliy tili Buyuk Britaniyaning g'arbiy qismi - Uelsning milliy tili. Shuningdek, Patagoniya va Argentinadagi valliy-muhojirlaming tili sanaladi. Valliy tili hind-yevropa tillari oilasidagi kelt tillari tarmog‘ining britt guruhiga kiradi. Unda 700 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan. Valliy tili 1967-yilda qabul qilingan qonunga muvofiq ingliz tili bilan teng huquqqa ega. Uelsda barcha yozuvlar oldin valliy tilida beriladi, keyin esa ingliz tiliga o‘giriladi.
Korn tili
Korn tili hind-yevropa tillari oilasidagi kelt tillari tarmog1 ining britt guruhiga oid. XIX asrgacha ingliz grafligi Komuoll aholisining bir qismi shu tilda so'zlashgan. Hozirda mazkur tilni qayta tiklashga harakat qilinmoqda.
4.3. 4. Shotland (ingliz-shotland) tili
Shotland tili Shotlandiyaning milliy tilidir. Shotland tili german tillaridan biri bo‘lib, ingliz tiliga yaqin qarindosh hisoblanadi. Ba’zan ingliz tilining dialekti yoki mintaqaviy variant! sanaladi. 1603-yilda Angliya va Shotlandiyaning yagona qirolikka birlashuvi natijasida ingliz tili shotland tilini iste’moldan siqib chiqardi.
5. Shotland-gel tili
Shotland, gel yoki gael tili kelt tillarining goydel tarmog‘iga mansubdir. Ushbu til egalari gellar bo1 lib, ular tog‘li Shotlandiyada va Gebrid orollarida yashashgan. Shotlandiyada bu tilda 58.625 kishi (2001), Kanadada esa atigi 500-1000 kishi so‘zlashadi. Mazkur tilni ingliz-shotland tili bilan aralashtirmaslik maqsadga muvofiqdir.
Mustahkamlash uchun savollar:
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining shakllanishida qaysi olimlaming hissasi katta bo‘ldi?
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasida qaysi masalalar keng tadqiq etiladi? .
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasi kommunikatsiya jarayonlarini qanday sinflarga ajratib o‘rganadi?
Buyuk Britaniya sotsiolingvistlarining 50-yillardagi til va tafakkurdagi to'siqlami olib tashlash va bu bilan ta’limdagi ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf qilishga bo'lgan urinishlari nima bilan bog‘liq edi?
B. Bemstaynning nazariyasi qanday tamoyillarga asoslangan edi?
Yoyiq (elaborated) kod qaysi sinf vakillari tomonidan qo‘llaniladi?
Yig‘iq (restricted) kod qaysi sinf vakillari tomonidan ishlatiladi?
Lingvistik kodlaming paydo bo‘lishi qanday omillarga bog‘liq, deb izohlanadi?
Nima uchim B.Bemstayn nazariyasi muvaffaqiyat qozonmadi?
Buyuk Britaniyada iyerarxik sinf tizimining qulashi qaysi ijtimoy qatlamlamlar tilini vujudga keltirdi?
Buyuk Britaniyada ingliz tilidan tashqari qaysi tillar faol qo'llaniladi?
Ingliz tili qaysi davlatlaming rasmiy tili hisoblanadi?
Ingliz tili qaysi til oilasiga kiradi?
Ingliz tili leksik qatlamining qancha foizini o‘zlashmalar tashkil qiladi?
Buyuk Britaniya g'arbiy qismining aholisi qaysi tilda so‘zlashadi?
Adabiyotlar
Домашней А.И. Теория кодов Б. Бернстайна. Цели и результаты //ВЯ, 1982.-N. 1.
Юсселер М. Социолингвистика. - Киев: Вища школа, 1987.
Bernstein В. Elaborated and restricted codes: Their social origins and some consequences// The Ethnography of Communication.// American Anthrologist. Special Publication. 1964, Vol. 66(8).
Burchfield R. English Language. -Oxford: Oxford University Press, 1986.
Cooper R.L. Language Planning and Social Change. -New York: < ambridge University Press, 1989.
Fishman J.A. English in the context of international societal bilingualism. In J.A. 1977.
Garcia O. and Otheguy R. English Across Cultures - Cultures Across English. Berlm/New York: Mouton de Gruyter, 1989.
http://sociolingvistika.narod.ru/materialy.htm.
MA’RUZA FRANSIYA SOTSIOLINGVISTIKASI
Reja:
Fransiya sotsiolingvistikasining shakllanishi
Fransiya tillari
Fransiyadagi til siyosati
Do'stlaringiz bilan baham: |