Shohjahon normurodov


Eslatma. 1. Ot kesim sifat, ravish va tartib son bilan ifodalanganda tire qo‘llanmaydi: 1. Vatanimiz go‘zal



Download 280,49 Kb.
bet98/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

Eslatma. 1. Ot kesim sifat, ravish va tartib son bilan ifodalanganda tire qo‘llanmaydi: 1. Vatanimiz go‘zal. 2. Ko‘rmagan yerning chuquri ko‘p. 3. Bizning sinfimiz sakkizinchi. 2. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu – siz uchun katta sinov.
Eslatma. Agar ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi: Bular ham
a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to‘quvchi.
26-DARS
Gap kesimidan anglashilib turgan harakatning bajaruvchisini, belgining sohibini bildirgan bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi.
2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol)
3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
4. Sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. (Maqol)
5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. (Qo‘shiqdan)
6. Harakat nomi bilan: O‘qish jafoli, îqibati vafoli. (Maqol)
7. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi. (Maqol)
TOPSHIRIQ-1. Gaplarning egalarini aniqlang. Ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini ayting.
1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz — do‘stini. (Maqol) 2. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi. (Y.Sh.) 3. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. (Maqol) 4. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi. (O.Y.) 5. Yalqov bilan anqov — dushman uchun katta ov. (Maqol) 6. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir. (Maqol) 7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar. (Maqol) 8. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. (A.Q.)9. O‘lmas kechqurun juda horg‘in uyga qaytib keldi. (Y.Sh.) 10. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar. (Maqol) 11. Yugurish sportning bir turidir. 12. U Toshkentda turadigan uzoqroq qarindoshlarining qizi edi. (O.Y.) 13. Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi. (Abu Homid G‘azzoliy) 14. Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi. (Maqol) 15. Maqtanchoq – quruq po‘choq. (Maqol)
16. Yolg‘onchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzatobro‘ni barbod qiladi. (Junayd Bag‘dodiy) 17. Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin siniq ko‘ngillardan ko‘proqdir tashvish. (Pahlavon Mahmud) 18. Kishilarga ulardan avvalroq salom berishga shoshil, bu ulug‘ kishilarning fazilatlaridan, kamtarlik nishonalaridan biridir. (Muhammad Husayn)

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish