I.2. SHOIR SHE’RIYATINING MAVZU-MUNDARIJASI
Shodmon Sulaymonning “Xosiyatli kun”, “Tug`ilgan kun”, “Kuz xayoli”, “Men baxtdan yaraldim” singari to’plamlaridan o’rin olgan she’rlar shakl va mazmun jihatidan rang barang. Uning barmoq, aruz vaznidagi she’rlari, baxshiyonalari, mansura she’rlarida Vatan manzaralari, ona, tabiat, muhabbat mavzusi yuqori pardalarda kuylanadi. Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf singari hassos shoir nafasi ufurib turgan bu she’rlar mazmuni pishiq, uslubi ravon, badiiy obrazlarga boyligi bilan ajralib turadi.
"Kuz xayoli” deb nomlangan yash isheriy to`plamidagi she’rlar mavzu jihatidan rang-barang. Sherlarda Ollox madhi, yor sog`inchi, Vatan vasfi va insonni xayajonga soladigan axloqiy-ijtimoiy muammolar o`z aksini topgan Yosh shoir ortiqcha dabdababozliklar, soxta tashbehu chiranishlardan chekinib, sodda va ravom tilda ijod qilishga intilgan.
“Taqir-taqir, taqravon”,
Manim dunyom shu beshik.
Undan chiqqanim zamon,
Bunchalar antiqa
dunyoning raftori
Bir yonda azasi, bir
yonda yor-yori.
Savdosi qizigan,
serxiyla dildorim,
Bozordan kelganmiz,
bozorga kayturmiz.
Bu misralardan biror tushuniksiz so’z yoki ortikcha
iborani topish qiyin. Ijodkor "oddiy” so’zlar bilan yetuk badiiy tizmalar yarata olgan.
Shodmon Sulaymonning adabiyotimizda bir necha asrlardan buyon ijod kilib kelayotgan, ammo bugungi kunimizda sal sustlashayoggan
adabiy-badiiy an’analarni davom ettirayotganligini ko`rish mumkin. Ko’pgina she’rlarida xalq og`zaki ijodi namunalarining ohangi yaqqol sezilib turadi.
She’rshunos olimlarning fikricha, haqiqiy lirik yaratma aslida hisdan, hayajondan, obrazli mushohadadan, lirik "men”ning to’liq ifodasidan paydo buladi. Ushbu qarashlarga asoslanilsa, har qanday she’riy parchani ma’lum bir formulaga qo’yib saragini sarakka, puchagini puchakka ajratish u qadar ko’p mashaqqatni talab etmaydi. Qo’liga qalam ushlagan har kanday kishi (shaxs emas) shoir bo’lib qolganini o’zi ham sezmay qoladi. Dunyoda oson kasb yoki hunar yo’q bo’lsa-da, birok ko’pchilik shoirlik yoxud she’r haqida so’z ketsa, shart-shurt bajarib tashlanadigan jo’n hodisa deb o’ylaydi. Yanayam aniqrog`i, bugun shoiru shoira, adibu adiba, olimu olima ko’paygandan ko’payib borayapti. Bir qarashda, o’z-o’zingga taskin berib xursand bo’lib ketganingni sezmay qolasan kishi. Zero, qalbida ezgulik ziyosi nur sochgan har qanday ijodkorni ochiq qo’l bilan qutlamoq joiz. Ammo ana shu ehtiyoj keyinchalik kundalik mahsulotga aylanib qolsa, xoh ishoning, xoh ishonmang, ma’naviy fojia ro’y beradi. Inson qalb manzaralari rahmoniy emas, shaytoniy jilvasini shu qadar ko’rsatadiki, hayron qolishdan boshqa chorang ham, yo’ling ham qolmaydi. She’r o’qib, kitobxon junbushga kelmas ekan, shoirning misralarini o’z dardu tashvishi, o’zligi, hissiyoti, ruhiy kechinmasi sifatida kabul qilmas ekan, she’r kitobxonni bir oniy kayfiyatda o’zi bilan birga sayr ettirmas ekan, she’r faqat tizma bo’lib qoladi, xolos. Shoir esa tayyor betondan uy quruvchi ustani eslatadi. Na orom, na osoyish olmaydigan shaklan she’r, mazmun va mohiyatan esa allaqanday alahsirashga o’xshagan hodisa yuzaga keladi, qoladi.
Xullas, shoir ko’p she’r-chi, degan savol bugunning dolzarb mavzusiga aylanib ulgurdi. Shoir she’r yozayapti: gul, bulbul, vatan, ona, sevgi, vafo, sadokat, zamon va zamin, bizni o’rab turgan borliq, ehe... aytaversang she’r bo’lgulik tushunchayu hodisalar ancha-muncha ekan. Ushbu hodisalarga munosabat bildirib she’r bitguvchi shoirlarning soni esa undan-da kup. Birok aslida she’r ilhom, E’tiqod, sadoqat va hisdan tugiladi. She’r faqat qalbdan otilib chiqadi va ma’yus tortib qog`ozga tushadi. U otilganda Zamzam suvidan pokiza, tiniq, tebratuvchi ilohiy mo`jizaga aylanib, oq qog`ozni o`ziga rom aylaydi. Alal-oqibat, ruh qo`ng`irogini chertguvchi, ilohy nasim esadi. Bu ohang qalbga oshnolik, yaqinlik, oshuftalik olib kiradi.
Keyingi yillar Buxoro adabiy harakatchiligini kuzatish kitobxonda ko’ngilga taskin beruvchi, so`zni qalbga joylab, ruhiyatga huzurbaxsh kayfiyat bag`ishlovchi she’rlar paydo bo`layotganini sezasan kishi. Shodmon Sulaymonning “Kuz xayoli" nomli she’riy to’plami mutolaasi parishon xayollarni yana bir sergaklantirdi. "Okkush saltanati”da turib “Istiklol umid"i sifatida uz “Xosiyatli kun’’ini istagan buxorolik shoir Shodmon Sulaymonning lirik kaxramoni "Kuz xayoli" ila suhbatlashishga choglanganining o’zi uzviy bardavomlikni saklovchi xodisa sifatida e’tirof etilishga munosib.
Do'stlaringiz bilan baham: |