Shodmon Sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari reja: Kirish I bob. Shodmon Sulaymon – iste’dodli shoir


Malakaviy bitiruv ishining amaliy ahamiyati



Download 124,48 Kb.
bet3/11
Sana18.02.2022
Hajmi124,48 Kb.
#455979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shodmon sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

Malakaviy bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Ushbu malakaviy bitiruv ishidan umumta’lim maktablari, kollej va listeylarda buxorolik shoirlar ijodini o’rganishda, oliy maktabda Buxoro adabiy harakatchiligi bo’yicha ma’ruza va seminarlar o’tishda foydalanish mumkin.
Malakaviy bitiruv ishining joriylanishi. Malakaviy bitiruv ishi O’zbek tili va adabiyoti kafedrasining 2016-yil mayda bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi. Tadqiqot kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, hajmi 51 sahifani tashkil etadi.

I BOB. SHODMON SULAYMON – ISTE’DODLI SHOIR
I.1. SHODMON SULAYMONNING IJODIY BIOGRAFIYASI
O’tgan asrning 90 yillarida Buxoro adabiy muhiti bir qator yangi nomlar hisobiga yangi mazmun kasb etdi. Adabiyotga yangi bir to’lqin kirib keldi. Buxoro adabiy harakatchiligiga yoniq ovoz, samimiy hislar kuychisi sifatida kirib kelgan shunday iste’dodli ijodkorlardan biri Shodmon Sulaymondir. U o’zining “Xosiyatli kun” deb nomlangan ilk kitobi bilan she’rxonlar va adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shu ilk to’plam bo’lajak ijodkorga yangi ijod ufqlarini ochdi va yangi yangi kitoblari nashr etilishiga pillapoya bo’ldi. She’rdan she’rga o’tgani sayin Shodmon badiiy tafakkuri teranlashib bordi.
Shodmon Sultonovich Sulaymonov (Shodmon Sulaymon adabiy taxallusi) 1975-yilda Shofirkon tumanidagi Arabxona qishlog`ida dunyoga keldi. 1982-1992 yillarda tumandagi 15-umumta’lim maktabida a’lo baholarda o’qidi. Uning adabiyotga bo’lgan qiziqishi dastlab oilada shakllandi. Shu bilan birga Shodmon maktabdagi turli tadbirlarda faol ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar ham uning shoir bo’lib etishuvida o’ziga xos pilapoya vazifasini o’tadi. Chunki u bu tadbirlarda o’zbek adabiyotining taniqli namoyandlari ijodidan she’rlar yod o’qir, turli sahna ko’rinishlarida rollar ijro etib maktab jamoatchiligi nazariga tushdi. Ayni choqda u Shofirkon tumanida tashkil etilgan yosh ijodkorlar to’garagi mashg`ulotlariga muntazam qatnashdi. Oiladagi adabiyoyotga bo’lgan muhabbat, maktab va to’garakdagi turli tadbirlar va she’rxonliklar bo’lajak shoirning she’rga, badiiy so’zga muhabbatini yanada yolqinlantirdi. Unda adabiyot, ayniqsa, she’riyatga havas ayni shu davrda, maktabdagi til va adabiyot fani o’qituvchilari, ijodkor ustozlar – O’zbekiston xalq o’qituvchisi Hakim Tohirov, tajribali pedagoglar Mehriniso Nurmuhammedova, Mohira Shakarova, Zamira Jumaeva hamda Viloyat Murodovalar ta’sirida uyg`ondi.
9-11-sinflarda tahsil olgan davrlarida bo’lajak shoir tuman markazidagi yoshlar ijodiyot markazida, taniqli shoir Omon Abdullaev rahbarligida faoliyat ko’rsatgan “Na’matak” adabiy to’garagida saboq oldi. Bu erdagi adabiy-nazariy mashg`ulotlar yosh shoir uchun ulkan mahorat maktabi vazifasini o’tadi. Uning ilk mashqlari ham mazkur to’garak nomi bilan yuritilgan davriy nashrda e’lon qilindi. 1992-yilda “Turkiston” gazetasi sahifalarida e’lon qilingan “Izhor” she’ri shoirning respublika matbuotidagi ilk chiqishi bo’ldi.
Ana shu yoniq muhabbat uni Buxoro davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetiga tomon etakladi. 1992 yilad Shodmon shu fakultetga o’qishga kirdi. Oliy maktabda o’qishi davomida Shodmon bu erdagi ulug` ustozlar nazariga tushdi. Filologiya fanlari doktori, professor Oxunjon Safarov uning she’riy iste’dodini ilg`ab, shu iste’dodoning yuzaga chiqishida katta rag`bat ko’rsatdi. Shodmon ikkinchi kursdan boshlab ustoz ilmiy rahbarliklarida o’zbek detektiv adabiyoti muammolariga bag`ishlangan ilmiy izlanishlar olib bordi. Shu o’irnda ta’kidlash kerakki, ustoz Oxunjon Safarov o’zi ilg`agan va kashf etgan har bir iste’dodga katta e’tibor bilan qarab talabalikda boshlab adabiyotshunoslikning hali o’rganilmagan mavzularidan tavsiya etar va hamisha izlanishga undab turardilar. Haqiqiy olimga xos mazkur fazilat tufayli hozirda olimlik maqomiga erishgan ustozning juda ko’p shogirdlari ilmiy izlanishni talabalik partasidan boshlashgan va uni nomzodlik darajasiga olib chiqishgan. Shodmon ham shular safida turadi. Dastlab u o’z izlanishlarini kurs ishi tarzida boshladi. Ustoz undagi intilishni ko’rib, mavzuni biroz kengaytirib, bitiruv ishi ( u vaqtda diplom ishi deyilardi) tarzida tavsiya etdilar. Shodmon mavzuni o’rganishga yanada astoydil kirishdi, detektiv adabiyot namunalarini sinchkovlik bilan o’qib o’rgana boshladi. Bu izlanishlar, albatta, beiz ketmadi. Davlat attestastiya komissiyasi uning ishini yuqori baholab, kelajakda davom ettirishga loyiqligini ta’kidladi. Mazkur fakultetni 1997 yilda imtiyozli diplom bilan tugatib, 1998–2000 yillarda universitet huzurida aspirantura tahsilini o’tadi. 2002 yilda Hozirgi milliy adabiyot (O’zbek adabiyoti) ixtisosligi bo’yicha “O’zbek detektiv nasri: genezisi va tabiati” mavzuidagi nomzodlik dissertastiyasini yoqladi. 2001 yildan 2007 yilga qadar Buxoro davlat universitetining Folklor va yangi o’zbek adabiyoti, O’zbek adabiyoti, Til va adabiyot kafedralarida o’qituvchi va dostent lavozimlarida ishladi. 2007–2012 yillarda “Buxoro mavjlari” jurnali mas’ul kotibi, 2012–2014 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo’limi adabiy maslahatchisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi. 2015 yil 16 oktyabrdan e’tiboran O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo’limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U o’z she’r va adabiy lavhalarida, ocherk va maqolalarida yurtimizning go’zal manzaralarini chizishga, o’zlikni anglash, yurt qadriga etish, olam va odam uyg`unligining eng teran sirlarini idrok etishga urinadi, o’z xulosalarini go’zal badiiy ifodalarda umumlashtirishga intiladi.
Shodmon Sulaymon 1998, 2000 va 2001 yillarda Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin” hamda “Sangzor” seminarlarida ishtirok etib, har uchala safar ham g`oliblar qatorida e’tirof etildi. Ayni shu davrda uning she’riy va nasriy asarlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Yozuvchi”, “Markaziy Osiyo madaniyati”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” kabi markaziy nashrlar sahifalarida yoritilib, ustozlar e’tiboriga tushdi. 1997 yilda esa uning “Tasavvur qirg`og`i” nomi ostida jamlangan turkum she’rlari “Oqqush saltanati” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti) jamoa to’plamida e’lon qilindi. 2000 yilda uning turkum she’rlari O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan nashr etilgan “Istiqlol umidlari” yoshlar bayozidan o’rin oldi. 2001 yilda respublika oliygohlari o’rtasida o’tkazilgan “Xazina” ko’rik tanlovida uning “Tiriklik suvi” deb nomlangan asari “Milliy urf-odatlarni tiklashdagi xizmatlari uchun” nominastiyasi bo’yicha g`olib deb topildi. Shu yili uning ilk mustaqil kitobi – “Xosiyatli kun” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti) she’riy to’plami nashrdan chiqdi. 2004 yilda chop etilgan “Kuz xayoli” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti) kitobi esa shoirning O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga munosib ko’rilishiga zamin yaratdi.
“Tug`ilgan kun” (Toshkent: “Zarqalam” nashriyoti, 2006), “Otamning ayvoni” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti, 2015), “Men baxtli yaraldim” (Toshkent: “Navro’z” nashriyoti, 2015) singari she’riy va nasriy kitoblari shoirni respublika adabiy jamoatchiligiga tanitdi.
Shuningdek, u “Hayrat va talqin” (Yosh ijodkorlarning ilmiy-ijodiy asarlari to’plami. 1-kitob: “Buxoro” nashriyoti, 2004; 2-kitob: “Fan” nashriyoti, 2006), “Obod yurtning umid daraxti” (O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo’limi qoshidagi “Nilufar” adabiy to’garagi a’zolari ijodidan namunalar. “Buxoro” nashriyoti, 2016), “Buxoro davlat universiteti: kecha va bugun” (“Durdona” nashriyoti, 2016) singari kitoblarning nashrga tayyorlanishi va o’quvchilar ma’naviy mulkiga aylanishida jonbozlik ko’rsatdi.
Shodmon Sulaymonning adabiy senariylar yaratishdagi faolligi ham diqqatga sazovordir. Uning respublika hamda viloyat miqyosida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Navro’z, Mustaqillik kabi ulug` bayramlarimiz, “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali tadbirlari uchun yozgan sstenariylari asosida tayyorlangan ommaviy tomoshalar muxlis va mutaxassislar e’tirofini qozongan. Filologiya fanlari nomzodi sifatida ilmiy hayotda ham faol ishtirok etib kelayotgan Sh.Sulaymonovning adabiyotshunoslikka oid izlanishlari vaqtli matbuot hamda ilmiy to’plamlarda e’lon qilingan oltmishga yaqin maqolalarida, “Qaynoq qum kengliklarida” (Buxoro: “Buxoro”, 2006), “She’riy san’atlar sehri” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti, 2007), “Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalar” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti, 2008), “Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug`ati” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti, 2009), “Mutolaa shukuhi” (1-2-qismlar, Toshkent: “Navro’z” nashriyoti, 2013), “She’r san’atlari mo’’jizasi” (Buxoro: “Buxoro” nashriyoti, 2016) kabi risolalarida o’z ifodasini topgan.
Shodmon Sulaymonning “O’zbek detektiv nasri: genezisi va tabiati” mavzuidagi nomzodlik tadqiqoti endilikda yaxshigina namunalarga ega bo’la boshlagan o’zbek sarguzasht adabiyotining shakllanishida muhim rol o’ynagan manbalar, bu tur adabiyotning taraqqiyoti tahliliga bag`ishlangan.
Ma’lumki, har qanday ilmiy haqiqatni aniqlab, uni izohlashda mavzuga asos bo’lgan manbalar, uning genezisi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish zarur masalalardan biridir. Shodmon Sulaymon shu xil ish uslubidan kelib chiqib, detektiv ada­biyotning ilk manbalari xalq og`zaki ijodi hamda o’tmish yozma adabiyotiga borib taqalishini isbotlashga harakat qilgan va qadimgi yozma epik asarlar bilan yonma-yon xalq ijodi namunalari manbalarini chuqur o’rganish asnosida detektiv nasrning o’tmish adabiyoti hamda xalq og`zaki ijodidagi ildizlarini topishga alohida diqqat qaratgan.
Tadqiqotchi mavzuni chuqur va ilmiy dalillar bilan yoritishda G`apb va Sharq og`zaki hamda yozma adabiyoti namunalarini, shuningdek, o’zbek xalq og`zaki ijodiga mansub qator asarlarni tahlilga tortgan. Jumladan, u o’z izlanishlari jarayonida grek adabiyoti asoschilaridan biri Apuleyning “Oltin eshak” (“Evrilish”) romani, “Qilni qirq yorib” deb nomlangan xitoy xalq qissasi, mashhur “Ming bir kecha”dagi “Ali bobo va qirq qaroqchi” ertagini, “Samak ayyor” va “Sindbodnoma” singari xalq kitoblarini, “Sirli gilamcha”, “Ur, to’qmoq”, “Gilam”, “Tadbirli ayol”, “Husniyabonu”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri va To’g`ri” kabi o’zbek xalq ertaklarini ixlos bilan tahlil qilgan va bularning sarguzashtlilik hamda detektivlikning qadimiy manbalari sifatidagi qiyosiy tahlilini amalga oshirgan. Tadqiqotchi bu bilan cheklanmay, mavzuga murojaat qilgan qator o’zbek olimlari, shuningdek, xorij olimlari ishlariga ham murojaat qilgan va ular tadqiqotlaridagi masalaning mohiyatini ochuvchi bosh nuqtalarni ziyraklik bilan kuzatgan va ilg`ab olgan, ulardan o’z fikrlarini asoslashda tayanch ilmiy manba sifatida foydalangan.
Shu bilan birga, Shodmon Sulaymon xalq og`zaki merosida zukko hakamlarning turli sirli jumboqlar, jinoyatlarni fosh etish manzaralarini aks ettiruvchi talaygina afsona, ertak va latifalar mavjudligini qayd etar ekan, turli zamonlarda turli xalqlar tomonidan yaratilgan qozilar va qozixonalar, hakamlar va mahkamalar, bahslar va da’volar, makkorona tergovlar va hukmlar jamlangan “Sulaymon podshoning hukmi” kitobiga ham alohida diqqat qaratgan. Mazkur kitobda mavjud ertak va rivoyatlarning aksariyati sud faoliyatiga oid detektivning xalq og`zaki ijodidagi namunasi ekanligini to’g`ri e’tirof etgan.
Shodmon Sulaymon tadqiqotining detektiv asarlar syujetini o’rganishga bag`ishlangan ikkinchi bobida fikrlar ancha ixcham va aniq ifodalangan. Bunda asar syujetining rivojlanishini ta’min etuvchi vositalar xususida fikr yuritiladi va jahon detektivnavislarning ijodiy tajribasi zaminida rivojlanib kamol topayotgan o’zbek detektiv adabiyoti namunalarini tahlilga tortadi. Tadqiqotdagi detektiv asarlardagi sirlilik, “sirli voqeiy halqa” xususida bildirilgan qiziqarli, munozaraga tortuvchi fikrlar ham tahsinga loyiq.
Ma’lumki, detektiv asarlarning dunyoga kelishida poydevor vazifasini o’tagan sir-sanoatlar kitobxonni voqealar tasvirining so’ngigacha qiziqtirib, beixtiyor keskin tus olgan holda uni asar yakuniga qadar ergashtirib boradi. Shodmon Sulaymon detektiv asarlarning ana shu muhim xususiyati – syujetning jips voqealar zaminida rivojlanish jarayoni haqida keng fikr yuritadi. U bu o’rinda detektiv asarda syujet qurilishining eng birinchi muhim talabi bo’lgan sirlilik xususida so’z yuritar ekan, jahon adabiyotining yirik yozuvchilari va milliy adabiyot ijodiy tajribalari asosida yaratilgan hozirgi o’zbek detektiv adabiyoti namunalarini tahlilga tortadi. Bu asarlar syujetidagi sirlilik, konfliktdagi serqatlamlilik – asardagi maftunkorlikni ta’min etuvchi omillar ekanligini o’rinli qayd etadi. Eng muhimi, tadqiqotchi sir tutish, tugunlar silsilaviyligi, tasvir sur’atining shiddatkorligi, bayon ustuvorligi, fosh etish mahorati kabi detektiv syujetiga xos muhim belgilarni ajratib, ularga istiloh maqomini bergan va shu fikri bilan mazkur hodisalarni xilma-xil atamalar bilan yuritishning oldini olishga urinib ko’rgan.
Adabiyotshunosligimizda zamon va makon dialektikasi (xronotop) muammosini tarixiy mavzudagi asarlar misolida o’rganish sohasida bir necha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bulardan farqli o’laroq Shodmon Sulaymon o’z tadqiqotida zamonaviy detektiv asarlar syujetiga xos zamon va makon in’ikosini nazardan o’tkazib, jinoyat va uni fosh etish manzarasining zamoniy hamda makoniy talqinlari xususidagi qarashlarini umumlashtirishga erishgan. Bir so’z bilan aytganda, Shodmon Sulaymon o’z tadqiqotida bugungi zamonaviy adabiyotshunosligimiz biz, soha vakillari oldiga qo’yayotgan qator dolzarb nazariy muammmolarga dadil murojaat qilgan va qo’yilgan mavzu doirasida mazkur muammolarning echimini topishga baholi qudrat muvaffaq bo’lgan.
Shodmon Sulaymon ilmiy izlanishlarida ustoz ijodkorlar kitoblariga so’zboshi yoxud so’ngso’z yozish bilan bog`liq intilishlar ham diqqatni tortadi. Bu jihatdan, uning taniqli adib Ahad Hasanning “Ko’hna Buxoro qissalari”, “Ochiq darvoza”, shoir va jurnalist Toshpo’lat Ahmadning “Qalam va alam”, taniqli olim Oxunjon Safarovning “Shofirkonnoma”, O’zbekiston xalq o’qituvchisi Hakim Tohirovning “Muallimning so’zlari” kitoblariga yozgan so’zboshi va so’ngso’zlari e’tiborga molik. Ularda ustoz ijodkorlar badiiy mahorati oldidagi e’tirof bilan birga, so’z san’atining azaliy va abadiy qonuniyatlariga ehtirom, so’zga sadoqat hissining yaqqol ko’zga tashlanishi diqqatga sazovordir.
Shodmon Sulaymonning “Yoshlik” jurnalining 2012 yil 5-sonida e’lon qilingan “She’rim, yana o’zing yaxshisan...”, 2013 yil 4-sonida e’lon qilingan “Mutolaa shukuhi” sarlavhali maqolalari ham xuddi shu fazilati bilan diqqatni tortadi. She’r mashqlarida toblanayotgan ijodkor sifatida so’zga ayricha e’tibor bilan yondashishni xush ko’radigan yosh olimning mazkur maqolalaridagi tahlil uslubi adabiy tanqidchilik namunalariga xos tahlil uslubini yodga soladi. Eng muhimi, ularda adabiy manbaga faqatgina nazariy aspektdan yondashuv emas, balki yashayotgan va muqarrar harakatda bo’lgan ijtimoiy hodisa sifatida qarash ustuvor. Muallif o’rtaga qo’ygan ijtimoiy muammolarni anglash va ulardan o’quvchini ham boxabar qilish istagi tadqiqotchining bu va boshqa maqolalariga xos eng muhim fazilatdir.
Shodmon talabalik davrida nafaqat ilmiy yutuqlari, balki jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki, ijodkorligi bilan ham, avvalo, tengdoshlari, fakultet, qolaversa, universitet miqyosida hurmat qozondi. Ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi universitet bilan hamkorlikda Zulfiyaxonimga bag`ishlab adabiy kechani o’tkazadigan bo’ldi. Shodmon bu paytda uchinchi kurs talabasi edi. Ushbu tadbirda u kursdosh o’rtog`i bilan birga Erkin Vohidovning “Vafo” dostonidagi Hamid Olimjon monologini boshdan oxir yoddan o’qidi. Bu tadbir hali juda ko’p adabiyot muxlislarining yodidan ko’tarilgan emas. Aytish kerakki, Shodmondagi dadil qadamlar ana shunday tadbirlardan boshlangan.
Shodmon Sulaymonning matbuot yuzini ko’rgan ilk she’ri “Ilk she`r” deb nomlanadi. Shundan so’ng uning she’rlar yosh ijodkorlar to’plamlarida nashr etildi. 1997 yilda “Buxoro” nashriyoti “Oqqush saltanati” nomli she’rlar majmuasini nashr etdi. Unda uch nafar yosh qalamkashning she’rlari bosilgan edi. Bu to’plamga Tohir Rustam, Ikrom Asad singari ijodkorlar qatorida Shodmon Sulaymonning Vatan, muhabbat va boshqa mavzulardagi 15 ta she’ri kiritilgan edi. Ta’kidlash kerakki, ushbu she’rlar Buxoro adabiy harakatchiligiga toza nafasli yangi bir ovoz kirib kelayotganligidan dalolat berar edi. Shundan so’ng u Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Jizzaxda o’tkaziladigan yosh ijodkorlar seminarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Uning ijod namunalari A.Oripov, H.Xudoyberdieva, M.Yusuf, U.Qo’chqor singari ustoz shoirlar nazarida o’tdi va ularning nazariga tushdi. Bu seminarda Sh.Sulaymon ikki marta ishtirok etdi. Buning natijasi sifatida respublikaning “Istiqlol umidlari” almanaxida uning o’n she’ri bosilib chiqdi. Albatta, bu bo’lajak shoirni qanotlantirdi, yangi yangi izlanishlar sari yo’l ochdi.
Shodmon Sulaymonning ilk she’riy to’plami “Xosiyatli kun” deb nomlanadi. “Buxoro” nashriyotida chop etilgan ushbu mo’’jazgina kitobchada o’ttizdan ziyod she’rlar jamlangan. To’plam filologiya fanlari doktori, professor Oxunjon Safarovning so’zboshi xarakteridagi “Iztirobning umidbaxsh mavjlari” nomli maqola bilan boshlanadi. Ustoz mazkur maqolada Sh.Sulaymonni qo’shqanot ijodkor – umidli shoir va adabiyotshunos shakllanayotganligini e’tirof etadi4. Chunki bu paytda Shodmon Sulaymon nomzodlik ishini ham yakunlash arafasida turgan edi.



Download 124,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish