Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/35
Sana23.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#697718
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Н.Шодиева

XULOSA VA TAKLIFLAR
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga asoslangan milliy iqtisodiyot 
investitsion muhitini takomillashtirish va unda moliya bozorining ta’siri oshirishga 
doir quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Xorijiy investitsiyalar – mulkchilikning barcha ko‘rinishlaridagi moddiy va 
nomoddiy boyliklarni foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida chet 
ellik investorlar tomonidan muomalaga kiritishdir. Xorijiy investitsiyalar chet el 
investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish va samaraga erishish 
maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining tadbirkorlik va ishbilarmonlik 
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha turdagi moliyaviy, mulkiy va intellektual 
boyliklari tushuniladi.
2. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng ko‘lamda jalb qilish zarurati 
quyidagi holatlardan kelib chiqadi:

iqtisodiyotdagi mavjud asosiy fondlarning jismoniy va ma’naviy 
eskirganligi, sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasining o‘ta pastligi; 

respublika milliy daromadida jamg‘arish bilan ist’emol o‘rtasidagi 
nisbatning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayotgani va jamg‘arishning 
investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi;

O‘zbekistonning xom ashyo va tabiiy boyliklarga boyligi, ko‘plab qayta 
ishlovchi sanoatlar korxonalarni qurish imkoniyati mavjudligi;

eksport salohiyatining nisbatan pastligi, eksport tarkibida xom ashyoning 
asosiy salmoqni tashkil etishi, kelgusida ilg‘or zamonaviy texnologiyani jalb qilish 
orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqib, eksport hajmini va tarkibini o‘zgartirish 
zarurati kabilar.
3. Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, yirik investorlar tomonidan investitsiyalar 
juda sekinlik bilan qo‘yilmoqda, bularning sabablari:

telekommunikatsiya aloqalarining rivojlanmaganligi;

milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursining o‘zgaruvchanligi; 

qimmatli qog‘ozlar bozorida ikkilamchi bozorining to‘liq shakllanmaganligi, 


73 

valyutani konvertatsiyalashdagi muammolar, soliq tizimining takomil-
lashmaganligi;

O‘zbekistonning dengiz savdo yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmasligi;

yirik hajmdagi kapitalni turli risklardan kafolatlovchi investitsiya banklari-
ning yo‘qligi.
4. O‘zbekistonda investitsiya muhitini takomillashtirishni quyidagi yo’nalish-
larda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: so‘mning qadrini ko‘tarish; islohotlar-
ning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini hisobga olgan holda soliq tizimini 
ilmiy asoslangan holda takomillashtirish; ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek 
qo‘yish; O‘zbekistondagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyasini nufuzini va 
uning likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni ularga jalb eta bilish, qimmatli 
qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.
5. Chet ellar tajribasidan va respublikadagi mavjud imkoniyatlardan kelib 
chiqib, respublika hududlarida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishni davom 
ettirish, uni rag‘batlantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish 
va joriy etish kerak.
6. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir 
hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’min-
lashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy 
va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiya-
lar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-
sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
7. Ikki yoki undan ortiq mahalliy va xorijiy mamlakat sub’ektlari ishtirokida 
tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, foyda olish maqsadida yuridik shaxs 
sifatida tashkil etiladigan, mamlakatning qonunchilik talablari asosida tuzilgan 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qo‘shma korxona deyiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot 
 
investitsion 
muhitiga moliya bozorining ta’sirini takomillashtirishda quyidagi taklif va amaliy 
tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 


74 
1. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida tijorat 
banklari o’rtasida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalar 
ko’lamini oshirish;
2.Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda moliya bozorining 
ishtirokini takomillashtirishda quyidagi tadbirlar yordam beradi: mamlakatimizga 
chet el kapitalini keng miqyosda jalb qilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el 
investitsiyalari shaklida amalga oshirish; xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini 
rag‘batlantirish asosida ularni yangi investitsion loyihalarga jalb etish va 
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo‘naltirish sohasida qo‘shma korxonalar 
tashkil qilish; O‘zbekiston iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning barcha 
shakllarini faol jalb qilishda mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini 
takomillashtirish nuqtai nazardan investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni 
muvofiqlashtirgan holda qulay investitsiya muhitini yaratish; chet el investit-
siyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport qilishni ko‘paytiruvchi 
korxonalar uchun imtiyozlarni yanada kengaytirish; investitsiya faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish texnologiyalarini, global bilimlarni 
olish, soliqlarni tartibga solish rolini takomillashtirish, rag‘batlantiruvchilik rolini 
kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak; investitsiya muhiti barqarorligini 
ta’minlashda, birinchi navbatda, investitsiya risklari sug‘urtasini yoki himoyasi 
tizimini keng rivojlantirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘la ma’noda amalga 
qilishiga erishish, konvertatsiya masalalarini hal etish maqsadga muvofiqdir.
3. Xorijiy sarmoyadorni qiziqtiruvchi sohalar, ob’ektlarni aniqlash va ular 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuini shakllantirish, biznes-rejalar va ularni iqtisodiy 
rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan 
sohalarga chet el kapitalini jalb qilish zarur. Eksportda qayta ishlangan, tayyor 
mahsulotlar salmog‘ini ko‘paytirish, ayniqsa, paxta va qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larni qayta ishlashni oshirish va bu sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish 
kerak.


75 
4. Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yanada yaxshilash, rivojlangan 
xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish va mamlaktimiz hududlarining 
investitsiya jozibadorligini yanada oshirish maqsadida quyidagilarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir:
– mamlakatimiz viloyatlarida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan 
hududiy rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish lozim. Bu viloyatlarda 
investitsion faollikning sezilarli darajada o‘sishini ta’minlaydi, zamonaviy ishlab 
chiqarishni tashkil etishga mablag‘lar jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi, 
bugungi kunda dolzarb hisoblangan yangi ish o‘rinlari sonining ortishiga olib 
keladi. Shuningdek, ijtimoiy sohaning mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, 
aholi pul daromadlari va ularning to‘lov qobiliyatiga ega talablari ortishini 
ta’minlaydi;
– hududlarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bozor infratuzilmasini 
yanada rivojlantirish hamda hududlarning rivojlanish xususiyatidan kelib chiqib, 
istiqbolli investitsiya loyihalari tanlovlarini e’lon qilish va unga xorijiy 
investorlarni ko‘proq jalb etish imkoniyatini topish;
– mamlakatimiz hududlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor 
mexanizmlarini keng joriy etish va hududning investitsiya jozibodorligini 
oshirishning aniq strategiyasini aniqlab olish lozim, deb hisoblaymiz.
Ushbu taklif va tavsiyalarning amaliyotga samarali tatbiq etilishi milliy 
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish imkonini 
beradi. 


76 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish