Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


-rasm Investitsiyalarning bozor iqtisodiyotidagi harakati



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/35
Sana23.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#697718
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Н.Шодиева

1.2-rasm Investitsiyalarning bozor iqtisodiyotidagi harakati.
Real investitsion talab xo‘jalik sub’ektlarining investitsiyalashga bo‘lgan 
haqiqiy ehtiyojini tavsiflab, u rejalashtirilgan yoki oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan 
bevosita investitsion maqsadlar uchun atalgan investitsion resurslardan iborat.
Investitsion taklif investitsiya barcha shakldagi ob’ektlari majmuini tashkil 
etadi: yangidan tuzilayotgan yoki qayta qurilayotgan asosiy fondlar, aylanma 
mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar, ilmiy-texnikaviy mahsulotlar, mulkiy va 
intellektual huquqlar va boshqalar.


30 
Investitsion faoliyat ob’ektlari investitsion kapitalga talab uyg‘otadi. 
Investitsion mahsulot shaklida chiqadigan investitsion kapital va investitsion 
faoliyat ob’ektlari o‘zida investitsion talab va taklifni mujassamlashtirib, 
investitsion bozorning turli, qarama-qarshi qutblarida turadi. Tahlilning 
boshlang‘ich holatiga bog‘liq ravishda investitsion bozorni ikki jihatdan ko‘rib 
chiqish mumkin: investorlar tomonidan joylanadigan investitsion kapital bozori va 
investorlar mablag‘lari joylangan ob’ektlar sifatidagi investitsion mahsulotlar 
bozori. Bunday yondashuv investitsiyalarning yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki 
taraflama xislati bilan belgilanib, bozor sharoitlarida investitsiyalarning ko‘rsatil-
gan jihatlarini o‘zida aks ettiradi: investitsiyalar bir tarafdan, resurslar sifatida 
(investitsion kapital), ikkinchi tomondan, joylangan investitsiyalar sifatida 
(investitsion mahsulot) namoyon bo‘ladi. Investitsion kapital bozorida investitsiya-
larning harakati amalga oshiriladi. Bu ayni holda sotuvchi rolida chiqadigan 
investorlar tomonidan investitsion kapitalni taklif qilish va xaridor rolida chiquvchi 
investitsion faoliyat sub’ektlari tomonidan talabni ifodalash orqali tavsiflanadi. 
Kapital qiymatlar unsurlari (elementlari) investitsion kapitalni tashkil etib, ular 
ham moddiy, ham pul shaklini olishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, investitsiyalar shakllari turli-tumanligidan qat’iy 
nazar, ularning bari kapitalni jamg‘arish natijasidir. Investitsion kapital bozorida 
investitsiyalarni almashish ulardan kelajakda kutilgan foydadan kelib chiqib 
amalga oshiriladi, chunki bu foyda mavjud daromaddan yuqori bo‘lishi lozim. 
Investitsion mahsulotlar bozori investitsion faoliyat ob’ektlarini almashtirish 
jarayonini nazarda tutadi. Bu bozorda investitsion mahsulotlar xaridorlari sifatida 
chiqadigan investorlar talabni ifodalaydi, investitsion taklifni esa investorlar uchun 
mablag‘lar qo‘yilgan obektlar sotuvchisi bo‘lgan investitsion mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar yoki investitsion faoliyatning boshqa qatnashchilari ifodalaydi. 
Investitsion mablag‘lar qo‘yilgan ob’ektlar mahsulotlarning alohida turi 
hisoblanib, ular kapital mulk unsurlari (elementlari) tomonidan ifodalangan. Ular 
iste’mol mahsulotlaridan farqli o‘laroq, kelajakda daromad olish maqsadida 
iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida qo‘llaniladi. 


31 
Investitsion mahsulotlar, investitsiyalar kabi, sifat jihatdan turli-tumanlikka 
ega. Ular moddiy shaklda (jismoniy kapital unsurlari), pul shaklida (pul, maqsadli 
pul omonatlari, badallar, qimmatli qog‘ozlar), shuningdek ham moddiy, ham pul 
shaklida (asosiy va aylanma kapital, ilmiy-texnikaviy mahsulot va boshqalar) 
mavjud bo‘lishi mumkin. Ularni birlashtiruvchi xislat ularning daromad keltira 
olish qobiliyatidir. Investitsiya va investitsion mahsulotlarning ma’lum bir turlari, 
ularning ishlab chiqarish shaklida bog‘liqligi tufayli, investitsion bozorda bevosita 
aylana olmaydi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida, odatda ular bozorda 
daromadni o‘zlashtirish huquqini beruvchi qarz majburiyatlari yoki kapitalni 
joylaganlik haqida guvohnomalarga (qarzli yoki hissali qimmatli qog‘ozlariga) 
almashtiriladi. Real kapital asosida paydo bo‘lib, uning vakillari bo‘lgan moliyaviy 
uskunalar investitsion bozorda muomalaga kirishib, mustaqil ahamiyatga erishadi, 
o‘zining alohida shakllari va ishlash qonuniyatlariga ega bo‘ladi. Bunda 
investitsion bozor ishlashining ikki asosiy shakli yuzaga keladi. Bular-birlamchi, 
real kapitalning muomalada bo‘lish shakli va ikkilamchi, real kapital jilolanishini 
ko‘rsatuvchi moliyaviy aktivlarning muomalada bo‘lish shaklidir.
Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning roli oshib 
borishi natijasida investitsion bozorning ilmiy-texnikaviy mahsulot, intellektual 
potentsial kabi real nomoddiy aktivlari ma’lum turlariga mablag‘lar joylash bilan 
bog‘liq segmenti paydo bo‘ladi. Investitsiyalar va investitsion mahsulotlarning 
turli-tumanligi investitsion bozorlar murakkab strukturasini belgilaydi. Ular 
turlicha mezonlar bo‘yicha tabaqalarga (sinflarga) bo‘linishi mumkin. Bu 
klassifikatsiyada umumiy belgi bo‘lib investitsiyaning asosiy ob’ektlarini ajratish 
hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, investitsion bozor real va moliyaviy 
investitsiyalash ob’ektlari bozori sifatida qaralishi mumkin. O‘z navbatida, real 
investitsiyalash ob’ektlari bozori o‘z ichiga ko‘chmas va harakatdagi mulk bozori, 
moliyaviy investitsiyalash ob’ektlari bozori–fond bozori, pul bozori va boshqalarni 
olishi mumkin. 


32 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish