8. Sotsiologiya iqtisodiyot va statistika bilan qanday ish yuritadi?
Javob: Sotsiologiya fani jamiyat istiqboli xususida sotsial utopiyaga asoslangan nazariyaga suyanmasdan, balki jamiyat taraqqiyotining bugungi ijtimoiy-iqtisodiy holatini atroflicha o‘rganish asosida yaqin kelajakda bu taraqqiyot tarkibi va mazmunidagi tadrijiy o‘zgarishlar manzarasini ilmiy asoslab beradi.
Sotsiologiyada sotsiologik tahlil uchun umumjahon iqtisodiyoti, regionlar iqtisodiyoti, korxonalar iqtisodiyoti asos qilib olinadi.
9. Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanish bosqichlari haqida ma’lumot bering.
Javob: Birinchi bosqich P.Lavrov (1828-1900) va N.M.Mixaylovskiy (1822-1904) kabi yirik mutafakkirlar faoliyati bilan bog‘liq. Ular tomonidan rivojlantirilgan sotsial g‘oyalar «sub’ektiv sotsiologiya» nomini olgan. Bunday yo‘nalishdagi g‘oya P.Lavrovning 1870 yildagi mashhur tarixiy xatida birinchi marta ta’riflab berilgan, «Sub’ektiv sotsiologiya» nomoyondalari ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini ishlab chiqishga e’tibor berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |