Shirinmiya o’simligini vegetativ ko’paytirish usullari. Reja: Kirish. I bob. Adabiyotlar sharhi. II bob. Asosiy qism


Vegetatib ko’paytirish va uning mohiyati



Download 60,74 Kb.
bet8/11
Sana11.01.2022
Hajmi60,74 Kb.
#351135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shirinmiya

2.2. Vegetatib ko’paytirish va uning mohiyati.

O'simliklarning vegetativ ko'payishi, ota-ona qismlaridan yangi individning hosil bo'lishidir. Ushbu ko'payishda genetik jihatdan bir xil organizmlar hosil bo'ladi. Vegetativ ko'payish o'simlik yer ustki qismlarining yangilanishiga ham olib keladi.

Vegetativ ko'payishi bir necha xil bo'lishi mumkin:
Tugunaklar orqali ko'payish. Tugunak ko'rinishi o'zgargan poya bo'lib yer osti uchki qismining yo'g'onlashuvidan iboratdir. Unda asosan barglarda sintezlangan kraxmal yig'iladi. Tugunakning bo'g'im oraliqlari qisqa bo'ladi. Uning kurtaklari chuqurchada joylashganligi uchun ko'zchalar ham deyiladi. Ushbu kurtaklarning meristemalari chuqur tinim holatida bo'ladi.

Bu kurtaklarning chuqur tinchlik holatida bo'lishligi ularning to'qimalarida va ko'zcha hujayralarida ABK gormoni miqdorining yuqori bo'lishi, ko'zchalarda ingibitorlik xususiyatga ega bo'lgan fenol birikmalarining yani skopolitenning ko'p bo'lishi tinchlik holatiga sabab bo'ladi. Chunki ushbu fiziologik faol birikmalar RNK va oqsil sintezini to'xtatadi hamda membranalarning holatiga ta’sir qiladi.

Ko'zchalarning tinchlik holatidan chiqishi davrida esa fenol tabiatli ingibitorlar va ABK gormonining miqdori 10-100 marta kamayib erkin gibberellinning miqdori ortib ketadi. Kartoshka tugunaklarini ekzogen gibberellin bilan ishlash orqali yangi kartoshka tugunaklarini ham ekish va undan bir yilda ikki marotaba hosil olish mumkin.

Piyozboshlar orqali ko'payish. Ma’lumki piyozbosh olti qismdan yani piyoz tubi, yon ildizlar, quruq tangachasimon barg, suvli tangachasimon barg, yon kurtak va uchki kurtaklardan iborat. Ularning tinchlik holati ABK gormonining yuqori miqdori tufayli saqlab turiladi. Piyozboshning ko'karishi oldidan ABK gormonining miqdori kamayib, sitokinin, auksin va gibberellin gormonlarining miqdorlari ortadi.

Gajaklar orqali ko'payish. O'simliklarda gajaklar hosil bo'lishiga asosiy sabab ularning uchki va yon kurtaklarining ona o'simlikdan oziqlanishi tufayli ularga GA gormoniningyetib kelmasligidir.

Agar qulupnayning gajak hosil qilmaydigan mutantlarini GA bilan ishlasak u gajaklar hosil qila boshlaydi. O'simliklarning gajaklar orqali ko'payishiga biz qulupnayning ko'payishini misol qilib ko'rstishimiz mumkin.



Ildizpoyalar orqali ko'payish. Ildizpoya juda kuchli o'zgargan novda bo'lib, bug'in oraliqlariga bo'lingan. Bug'inlardan qushimcha ildizlar o'sib chiqadi, tangachasimon shakli o'zgargan barglarning qo'ltig'ida esa barg kurtaklari joylashadi. Xuddi novda singari ildizpoyada ham uchki va yon kurtaklar mavjud. Bu kurtaklardan o'simlikning yer ustki qismlari o'sib chiqadi. Ildizpoyalar orqali ko'payuvchi o'simliklarga marvaridgul, bug'doyiq va g'umay o'simliklari misol bo'la oladi.

Qalamchalar va barglar orqali ko`payish. Barglar prqali ko`payishga begoniya o'simligining barglar orqali ko'payishini misol qilish mumkin.

Qalamchalar orqali ko`payish qishloq xo'jaligi amaliyotida eng ko'p qo'llaniladigan uslublardir. Masalan, tol, terak, tok, anor, anjir, atirgul va boshqa ko'pchilik o'simliklar qalamchalar orqali ko'paytiriladi. Bunda kuz faslida tayyorlab quyilgan yoki bahor faslida olingan novdalar 50-60 sm chuqurlikga, tepada 10-15 sm qoldirib ekiladi va yerning namiga qarab doimiy ravishda sug'orib turiladi



Parxish orqali ko'payish. Parxish usulida ko'paytirilayotgan o'simlik novdasi yerga egilib, uning o'rtarog'i yoki ildiz ortirishga mo'ljallangan qismi 40-50 sm chuqurlikga ko'miladi. Bunda parxish qilingan novdaning uchki qismi ochiq bo'ladi va rivojlanishda davom etadi. Novda ildiz otganligiga ishonch hosil qilingach asosiy o'simlikdan qirqib ajratiladi.

Umuman olganda o'simliklarni vegetativ ko'paytirish usullari ham qishloq xo'jaligida keng qo'llanilib kelinadi. O'simliklarning evolyutsiya mobaynida shakllangan va rivojlanib kelgan eng yaxshi xususiyatlaridan biri ham ularning vegetativ ko'paya olish xususiyatlaridir.

O'simlikshunoslikda qalamchalar, parxish va payvandlash orqali ko'paytirish keng qo'llaniladi. Ammo ulardan eng ko'p qo'llaniladigani qalamchalar orqali ko'paytirishdir. Mana shu tufayli mevali daraxtlarning xilma-xil navlari mavjud. Ayrim hollarda ushbu navlarning bir-biridan morfologik farqlanishi turlarga nisbatan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Qalamchalar orqali ko'paytirishda, qalamchalarning o'simlikning qaysi qismidan olinishiga ham etibor berish lozim. Masalan, qalamcha o'simlikning meva tugadigan novdasidan olinsa ushbu novdadan ko'karib chiqqan o'simlik gullashi mumkin va ularning mevaga kirishi o'simlikning yuvenil qismidan ko'paytirilgan o'simliklarga nisbatan anchagina vaqtli boshlanadi.

Qalamchalarning ko'karishi bir qancha muhit omillariga bog'liq. Ammo yosh o'simliklardan olingan qalamchalarning qari o'simliklardan olinganlarga nisbatan tuproqda yaxshi ko'karib ketishi ya’ni tutishi ehtimoli anchagina yuqori. Vegetativ rivojlanishi sekinlashgan novdalardan olingan qalamchalarning ham ko'karib-tutib ketishi ehtimoli yuqori. Chunki, ularda endogen auksin gormonining miqdori ancha yuqori bo'ladi. Tol va teraklarning ko'pchilik turlari qalamchalardan yaxshi ko'paygani holda, ayrim turlariniki qiyinroq kechadi. Buni qalamchaning ildiz olishini tezlashtiruvchi auksin gormoni hosilalari bilan ishlash tufayli bartaraf etish mumkin. Ayrim hollarda ildiz olishi qiyin qalamchalar, qalamchalardan yaxshi ko'payuvchi o'simlik tanasiga iskana payvand qilinadi. Bunda payvanddo'st payvandtag ildizlari faoliyati tufayli yaxshi rivojlanib ketadi, ammo o'zining barcha xususiyatlarini saqlab qoladi.

Payvandtag va payvanddo'stning bir-biriga birikib ketishi kesilgan joydagi hujayralarning bo'sh oraliqni to'lg'azishi uchun jadal bo'linishi tufayli bo'ladi. Ayniqsa kambiy, po'stloq, o’tkazuvchi tutamlar to'qimalari hujayralari juda jadal bo'linadi. Payvandtag va payvanddo'st oralig'i hujayralarga to'lganidan so'ng ular bir-biri bilan plazmodesmalar orqali birikib ketadi. Keyinchalik payvandtag va payvanddo'st O’tkazuvchi tizimlarini birlashtiruvchi differentsiallashgan hujayralar hosil bo'ladi.

Keyingi vaqtlarda qishloq xo'jaligi amaliyotida kerakli xususiyatga ega o'simliklarni olish uchun to'qima kulturalaridan keng foydalanilmoqda. Bitta hujayradan, to'qimalar hujayralar guruhi yoki hujayralar suspenziyasidan o'ta toza sharoitda qimmatbaho o'simliklarning klonini olish uchun butun o'simlik o'stiriladi. Ushbu usulda qishloq xo'jaligi uchun o'ta zararli bo'lgan viruslarsiz o'simliklar ham yetishtirish mumkin. Masalan, kartoshka, sabzi, qand lavlagi, yog'ochlik o'simliklar shular jumlasidandir. Protoplastlarni bir-biriga qo'shish orqali turlararo gibridlar olish mumkin. Shuningdek ushbu usul virussiz o'simliklar zahira-bankini yaratishda ham keng qo'llaniladi.

Hozirgi zamon bujlogiyasi moddalar almashinuviga chuqur kirib bormoqda. Shuni aytib fitish lozimki, somatik hujayralarning fiziologiyasi, biokimyosi va genetikasini o'rganishda hujayra va to'qimalarning izolirlangan hujayralari juda qulaydir.

Hujayra va to'qimalar izolirlangan kulturalari uslubining asosiy mohiyati shundaki, izolirlangan protoplastlardan tortib to murtakkacha qattiq nazorat ostida ustiriladi.

Organlar, to'qimalar, o'simlik hujayralarining yoki protoplastlarning suspenziyasi oziqa muhitlarida ko'proq o'zida mineral oziqaning mikro va makroelementlari, qandlar (saxaroza yoki glyukoza), vitaminlar, aminokislotalar yoki kazein gidrolizati, fitogormonlar (sitokininlar, auksinlar, gibberellinlar va biologik faol moddalar) tutgan suyuq yoki quyuq agar-agarda o'stiriladi.

Birinchi bor hujayra va to'qimalardan o'simlik olish mumkinligi G.Gaberland tomonidan 1902 yilda aytilgan. Ammo ushbu uslubni to'laligicha ishlab chiqqan olimlar amerikalik (AQSh) F. Uayt va frantsiyalik R.Gotredir (1932-1934).

Keyingi yillarda izolirlangan hujayralar va to'qimalar bilan ishlashga katta etibor berilmoqda. Bu ishlar o'z ichiga izolirlangan murtak va organlarni agarli muhitda,saqlash, izolirlangan protoplastlarni suyuq muhitda va hujayra liniyalarini Uta past haroratda muzlatib saqlash va boshqalarni oladi. Ushbu yo'nalishlardan har biri nazariy muammoni yechadi va ular amaliyotda qo'llaniladi (XIII.8-rasm.).

Masalan, jenshin o'simligi izolirlangan to'qimalarini ko'paytirib sanoat asosida dorivor moddalar olish yo'lga qo'yilgan.

Hozirgi vaqtda meristemalardan regeneratsiya usulida o'simlik olish o'simliklarning yuzdan ortiq turi uchun ishlab chiqilgan va ularning ko'pchiligi o'simliklarning genofondini saqlash va xushmanzara turlarini sog'lomlashtirish uchun qo'llanilmoqda. Masalan, kartoshka o'simligini viruslardan tozalashva mana shu usuldan keng qo'llanilmoqda Shuningdek yuksak o'simliklarning geofondi bankini yaratish uchun ularning o'sish nuqtalari, embrioidlarining meristematik to'qimalari uta sovuq (-196°C) holatda saqlanadi. Buning uchun izolirlangan to'qimalarni muzdan tushirish dasturi ishlab chiqilgan, yani hujayralarni zararlanishdan saqlaydigan maxsus kriprotektorlarni (glitsin, qandlar, etilenglikol va ularning hosilalari, polivinilpirrolidin va dimetilsulfoksid) qo'llagan holda harorat ~l°C G'daqiqa tezlikda pasaytirib boriladi. Ushbu krioprotektorlar avvaldan izolirlanuvchi hujayra va to'qimalarni muzlatishdan oldin qushiladi. Shuni aytib utish lozimki, o'simliklar genofondi bankini tashkil qilish yer yuzining hozirgi zamon zamon o'simliklar dunyosini saqlab qolishning asosiy usullaridan biridir. Hozirgi vaqtda bizning Respublikamizda ham izolirlangan hujayra va to'qimalar kulturalaridan foydalanib selektsiya materiallarini yaratishga katta etibor berilmoqda. Shunday izlanishlarning markazi mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutidir.

Hujayra seleksiyasi asosan kasalliklarga va sho'rlanishga, og'lr metallarga va noqulay haroratlarga chidamli o'simlik navlarini yaratishga qaratilgandir. Shuningdek hujayra selektsiyasi mutatsiyalar miqdorini oshiruvchi va o'simliklarning hujayra mutant liniyalarini yaratish maqsadida protoplast va gaploid hujayralar miqyosida mutagenlardan foydalanish uslubini ham o'z ichiga oladi. Somatik hujayralarning izolirlangan protoplastlarni qushish orqali hujayralarning va to'qimalarning yangi formalarini olish orqali o'simliklarning yangi formalarini olish, oddiy gibridlarni gibridlash tufayli olib bo'lmaydigan tajribalarni ham amalga oshirishga imkon beradi. Keyingi yillarda, ushbu ususlda sabzi, tamaki, kartoshka va boshqa o'simliklarpning gibridlari yaratilgandir. Shuningdek keyingi yillarda amaliyotda Tomatdoshlar oilasi vakillari kartoshka (Solanium tuberosum L.) bilan pomidori (Solanium esculentum L.) hamda Karamdoshlar oilasining vakillarining Arabidopsis thaliana va Brassica campestris (dala karami) turlararo gibridlar olingandir.

Somatik gibridlash va transgenoz, yani hujayra (protoplastga) makromolekulalar orqali begona ma’lumotlarni kiritish, xususan bakteriyalarning genlarini kiritish o'simliklarning yangi formalarini yaratishda qoplanilishi mumkin.

Keyingi vaqtlarda avvaldan kasalliklardan tozalab olingan poya meristemalaridan klonlash orqali o'simliklarni ko'paytirish uslubi keng qo'llanilmoqda. Ushbu uslub bilan manzarali gullar (lola, chinnigul, georgina va boshq.), danak-mevali (malina, gilos, olma va boshq.) texnik ekinlar (xmel, lavlagi) va boshqalarning yangi navlarini yaratish iqtisodiy jihatidan foydalidir. Ammo bu uslub kartoshkaning yangi navlarini yaratishda ayniqsa qul keladi. Chunki kartoshka texnik ekinlar orasida eng ko'p viruslar bilan zararlanadigan o'simlikdir.

Kartoshka tuganaklarini issiqlik bilan ishlash yani o'sayotgan tuganaklarni 37-38°C atrofida qizdirish ham ajratib olinayotgan virussiz meristemali zonani 60-100 mkm.dan 150-250 mkm.gacha oshirishga olib keladi. Bu esa meristemalardan olinayotgan o'simliklar regeneratsiyasini 60-100%yetkazishga yani 10 marotaba oshirishga yordam beradi.

Umuman olganda to'qimalar kulturalari tufayli sog'lomlashtirish kartoshka hosildorligini 1,2-2 marotaba oshirish imkonini berishi mumkin.

O'simliklarning jinsiy ko'payishi ularning yoshiga qarab yoki yarovizatsiya va fotoperiod ko'rsatkichiga qarab gullash induktsiyasidan boshlanadi. O'simliklarning jinsiy ko'payishi bo'yicha yani fotoperiod yani kun va tun uzunligining gullashga ta’siri bo'yicha o'simliklarni, befarq, uzun kunli, qisqa kunli yoki uzun-qisqa kunli va boshqalarga bo'lish mumkin. Fotoperiodik ta’sirlar barglar tomonidan qabul qilinadi va fitoxrom ishtirokida amalga oshiriladi. Ehtimol barglarda gullash gormoni bo'Igan va tarkibiga gibberellin hamda antezin kiruvchi florigen sintezlanishi mumkin.

Uzun kunli o'simliklarda antezinning miqdori yetarli ammo ularga uzun kunda sintezlanuvchi gibberellin gormoni yetishmaydi. Qisqa kunli o'simliklarda esa gibberellinning miqdori yuqori bo'lib, qisqa kunli fotoperiodda sintezlanuvchi antezin yetishmaydi. Barglarda sintezlangan florigen o'simlikning vegetativ apeks qismlariga o'tib floral apekslarning (evokatsiya) hosil bo'lishini tezlashtiradi. Ikki uyli o'simliklarda jinsning differentsiallanishi genotip tufayli gormonlar miqdorining nisbati tufayli yuzaga chiqadi. Jinsiy ko'payishning keyingi bosqichlari gulning rivojlanishini, changlanish, urug'lanish, urug' va mevalarning shakllanishini o'z ichiga oladi.

O'simliklarda vegetativ ko'payish usuli juda keng tarqalgandir. Ayrim hollar da vegetativ ko'payish uchun zarur bo'Igan gormonlarning sintezlanishi uchun ham zarur bo'Igan muqobil fotoperiodik rejim talab qilinishi mumkin.

"Vegetativ ko'payish" - yer osti ildiz mevalarida barglari tushadigan tarozilargacha kamayadi. Corms tomonidan ko'paytirish. O'simliklarning vegetativ ko'payishi. Barglari nam qumga ekilgan. Kalanchoyada barglarda kurtak kurtaklari ham rivojlanadi. Ba'zi jigar moxlarida ham naslli kurtaklari bor. Qatlam bilan, odam ko'p bog 'butalarini (Bektoshi uzumni, smorodina) ko'paytiradi.

Vegetativ ko'paytirish bir qator afzalliklarga ega: bu sizga onaga o'xshash o'simliklarni olish imkonini beradi (urug 'usuli bilan navning o'ziga xos xususiyatlari ko'pincha saqlanmaydi yoki to'liq saqlanmaydi), balog'atga etmagan (yosh) davrini qisqartiradi. o'simliklarning rivojlanishi haqida. Ba'zi ko'p yillik o'simliklar faqat vegetativ ravishda ko'payishi afzaldir, chunki u yangi o'simliklarning eng dekorativ fazaga - gullash davriga kirishini sezilarli darajada kamaytiradi. Za'faron, pion, shish va boshqalar kabi o'simliklarda urug 'ko'payishi bilan u ko'pincha 4-6 yoshda uchraydi.

Vegetativ ko'paytirishni amalga oshirish mumkin rizomlar, piyoz, ildiz, ildiz, qatlam va so'qmoqlar, ular yangi zavod olish uchun ishlatiladi. Ba'zi o'simliklarni etishtirish usullari quyida keltirilgan.

Vegetativ ko'paytirishning eng keng tarqalgan usuli rizomlarning bo'linishi... Ildiz - barglarning qoldiqlari, kurtaklari va yangi paydo bo'lgan ildizlari bo'lgan o'simlikning cho'zilgan er osti qismi. O'simliklarni ildizpoyalari bilan ko'paytirish uchun eski butaning chetidan olingan so'qmoqlar ** ishlatiladi. Iris, peonies, daylilies va boshqalar uchun yuqori sifatli ekish materialini olish uchun o'simliklarni 3-4 yoshida ko'paytirish yaxshidir. Yoshi bilan, ildizpoyada ko'p miqdordagi yangilanish kurtaklari paydo bo'ladi, ular vaqt o'tishi bilan yashash maydoni uchun raqobatlasha boshlaydi. Natijada, butaning markazida kurtaklari kuchsiz, chekkasida esa ular kuchliroq va hayotiyroq bo'ladi. Shuning uchun, eski butalarni ajratishda, ildizpoyaning tashqi qismidagi materialdan foydalanish va markaziy qismini olib tashlash yaxshiroqdir. Ba'zi bog'bonlar eski butaning markaziy qismini o'sadi va bir muncha vaqt o'tgach, qayta bo'linadi.

Ko'pchilik ildizpoyali o'simliklarning bo'sh ildizpoyasi bor, u qo'lda yoki o'tkir pichoq bilan bo'linadi. Juda eski o'simlik yoki zich ildiz tizimiga ega o'simlik belkurak bilan kesiladi.

O'simliklarni ajratish eng yaxshisi salqin, soyali joyda amalga oshiriladi.... Olingan so'qmoqlarda yosh lateral ildizlarning o'sishini rag'batlantirish uchun ildizlar uzunligining 1/3 qismigacha kesiladi. Uzoq, kesilmagan ildizlarni ekish paytida ekish teshigiga bir tekis taqsimlash qiyin, bu esa butun o'simlikning chirishiga, parchalanishiga va o'limiga olib kelishi mumkin.

Ko'p yillik o'simliklarning bo'linishi va transplantatsiyasi erta bahorda (aprel -may oyining boshlarida) yoki yoz oxirida (avgust oxiri - sentyabr boshida) amalga oshiriladi. Bahorgi bo'linish davrida, kurtaklari hali o'sishni boshlamagan bo'lsa -da, faqat ildizlarni kesish kifoya qiladi. Yoz-kuz transplantatsiyasi uchun o'simliklarning havo qismini kesib, taxminan 15-20 sm qoldirish kerak, chunki. ildizlar hali ham o'simliklarni zarur bo'lgan barcha narsalar bilan ta'minlay olmaydi, bu kasallik va gullashning kechikishiga olib kelishi mumkin.

Ba'zi madaniyatlarning bo'linishi ko'pincha o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shunday qilib, masalan, pionni ko'paytirishda, ko'p sonli kurtaklari va uzun ildizlari bo'lgan katta delenki ishlatmaslik kerak, chunki u uzoq vaqt zarar ko'radi va zaif gullaydi.


Katta iris butasini tezda hosil qilish uchun delenki kattalar o'simliklari uchun zarur bo'lgan maydonni va boshqalarni hisobga olgan holda aylana yoki qatorga ekilgan.

Ba'zi ko'p yillik o'simliklar (primroses, chinnigullar, ko'p yillik piyoz, dukkakli bargli kurtak, veronika, oregano, qo'ng'iroq guli, jingalak, kunduzgi, katta-ildizpoyali geranium, marjoram, romashka, dorivor o't, yosh tom yopish, toshbo'ron, o'rdak pioni, kekik, kekik) hosil qiluvchi qiz o'simliklar butani bo'lish orqali ko'payadi. Agar buta bo'shashsa, u holda rizom belkurak bilan kesiladi, agar u zich bo'lsa, unda butun o'simlik qazib olinadi, tekshiriladi, barcha shubhali joylar olib tashlanadi, keyin qiz o'simliklar o'tkir pichoq bilan ajratiladi. Bo'limlarni ekish paytida, ekish teshiklariga kompost yoki uzoq muddatli o'g'it qo'shiladi. Delenki darhol, avvalgidek chuqurlikda, lekin katta masofada ekilgan.

Ko'p dekorativ ko'p yillik o'simliklar so'qmoqlar bilan ko'payadi. Bunday holda siz uchta turdagi so'qmoqlardan foydalanishingiz mumkin:


  • Ildiz;

  • Bargli;

Ko'p yillik o'simliklarni ko'paytirish yaxshidir ildiz yoki yashil so'qmoqlar soyali to'shakda ularni ochiq havoda ildiz otib.

Muvaffaqiyat uchun bu juda muhim so'qmoqlarni yig'ish davri... Bu ona o'simlikning o'sishi va rivojlanish tabiati bilan belgilanadi. Bu asoslar bo'yicha ko'p yillik o'simliklar ikki guruhga bo'linadi.

TO birinchi guruh o'simlik mavsumining ko'p qismida yosh kurtaklar faol o'sadigan turlarni o'z ichiga oladi. Bularga quyidagilar kiradi:


  • qishki havo kurtaklari bo'lgan barcha ko'p yillik o'simliklar,

  • yostiqsimon va chim hosil qiluvchi o'simliklar;

Rizomatoz, ildizpoyali, o'tli kurtaklari bo'lgan stolonik o'simliklar, kech kuzda gullaydigan yoki bahorda erta so'nadigan, lekin o'simliklarning uzayishi, barglar va asirlarning yozgi rozetlarini hosil qilish qobiliyati bilan ajralib turadi.

Bu o'simliklar guruhi, so'qmoqlar bilan osonlikcha sarguzashtli ildiz hosil qiladi, so'qmoqlarni uzoq vaqt yig'ib olish mumkin - aprel oyining oxiridan avgust oyining o'rtalariga qadar.

Ikkinchi guruh o'simlik mavsumining boshida turlarni faol kurtaklar bilan birlashtiradi, ba'zida gullashgacha davom etadi.

Achchiq-xushbo'y hidli ko'plab o'simliklar (shuvoq, dalachoy, yalpiz, lavanta, mushuk va boshqalar) so'qmoqlar bilan ko'payadi, o'simliklarni kesishda so'qmoqlar oladi. Azizillo iyun-iyul oylarida, qo'ltiq osti kurtaklari ustidagi asirlari tepalarini kesib tashlanadi. Bunday kesishning oxiri allaqachon ozgina lignlangan bo'lishi kerak. Ikki yoki uchta yuqori barglardan tashqari barcha barglar olib tashlanadi. Qalamchalar har doim o'rtacha nam bo'lishi kerak bo'lgan qumli substratga ekilgan va shisha idish yoki plastik to'rva bilan qoplangan. Ular 3-4 hafta ichida ildiz otadi.

Ba'zi ko'p yillik o'simliklar, bunda g'arazli yoki uxlab yotgan kurtaklari barg axilining poyasida emas, balki bargning kengaygan uchida yoki bargli barg barglari asosida hosil bo'ladi (masalan, uxlab yotgan), tarqalishi mumkin bargli so'qmoqlar. Odatdagidek rivojlangan to'liq shakllangan barglar faqat ildiz otishga mos keladi. Barg barglarining kattaligiga qarab, ular 0,6-1,5 sm chuqurlikka ekilgan bo'lib, bir tomonga moyillik bilan joylashtirilgan. Tog'lar soyali joylarda qilingan. Oddiy ildiz hosil bo'lishi uchun substratning doimiy namligi muntazam sug'orish orqali saqlanadi.

Ildiz jarohatlari bo'lgan joylarda g'uncha kurtaklari hosil bo'ladigan ko'p yillik o'simliklar ko'paytirilishi mumkin ildiz so'qmoqlari... Ildizning bir qismi ona o'simlikdan ajralganda, kurtaklari yangi ildiz tizimiga ega yangi kurtaklar paydo bo'ladi. Ildiz so'qmoqlari primrozlarda ko'paytirishning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Ular may oyining birinchi kunlaridan kechiktirmay qazib olinadi. Ildizlari yuviladi va eng sog'lomlari barg rozetining tagiga pichoq bilan kesiladi. Ajratilgan ildizlar 5 sm bo'laklarga bo'linadi, pastki qismi esa qiyshiq qilib qo'yiladi. Qalamchalar bo'shashgan substratga birma -bir, qiyshiq kesilgan holda ekiladi. To'g'ridan -to'g'ri kesish substrat yuzasi bilan tekis bo'lishi kerak. Kelgusi yilning bahorida ular doimiy joyga ekilgan. Horseradish ko'paytirish uchun uzun ildiz so'qmoqlaridan foydalanish afzalroq (30-40 sm). Ular kuzda qazib olinadi, bahorgacha qumda saqlanadi, keyin ekiladi, pastki uchi 10 sm, yuqori qismi esa qalinlashgani bilan 5 sm tuproqqa ko'miladi.




Download 60,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish