Shirin shahar
2-sonli umumiy o’rta ta’lim
maktabi 11 sinf o’quvchisi
Nizomiddinova Dilnoza
Yigirma beshinchi mart
Insho
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi
Reja
Men “korrupsiya” atamasini qandey tushinaman?
Korrupsiya – inson va jamoyatga xavf soluvchi illat
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash
Ertalab ostona hatlab o’qishga, ishga otlanayotganimizda onalaramiz-u momolarimiz qo’llarini duoga ochib: “Iloyo o’qishlaring, ishlaring o’ngidan kelsin, doimo xonadonimizga mahalla ko’yimizga va yurtimizga tinchlik-omonlik bersin” , deya Yaratgandan yaxshi tilak tilaydilar. Bunda nihoyatda hikmat ko’p. inson hayotda yashar ekan, yaxshi yashash uchun harakat qiladi. Kimdir bu yo’lda ezgulik amallarini tanlasa, kimdir qing’ir yo’llarga kirib, manzilga osonlik bilan borishni istaydi.
Esimda, qachonlardir bir hikoyatni o’qigan edim.
Ming yil umr ko’rgan Nuh Payg’ambardan so’rabdilar: “Tiriklikni nimaga o’xshatding?” “Ikki eshikli uyga o’xshaydi, biridan kirdim, ikkinchisidan chiqdim,” – deb javob bergan ekan Nuh alayhisalom. Yaxshi odam shu uyga o’zining ezgu amallari bilan g’isht qo’yib ketsa, yomon odam shu imoratdan g’ishtni ko’chirib ketar ekan. Taniqli yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari ham mazmun-mohiyati bilan shu asosga qurilganligi har bir o’quvchi ich-ichidan sezadi. Men bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boraman?!
Men hozirgi davrda XXI asrni tahlikaga solayotgan korrupsiyani vijdoniga qarshi borib, shaxsiy manfaatidan yuqori qo’yib, ishini yengillik bilan bitirib, o’zi, oilasi hamda jamiyat inqirozga yuz tuttiruvchi insonlardan yaxshi xulosa chiqarib, qiyinchilik, mashaqqatlar bilan bo’lsa ham, o’z maqsadimga qing’ir yo’llarsiz erishishni birinchi darajali niyatim deb baholayman.
Korrupsiya- inson va jamiyatga xavf sluvchi illat. Agar u jamiyat hayotiga chuqur ildiz otib ketsa, ana shu xalq inqirozga yuz tutadi. Tasavvur qilib ko’raylik. Bir bilimi, savodi yo’q bola pul bilan o’qishga kirdi. O’qishni ham pul bilan bitirib, diplom oldi. So’ngra tanish-bilish pora bilan amallab ishga kirdi. Endi u o’ziga o’xshagan savodsizlardan bir emas, yuzlab, minglab o’quvchilarni yaratadi. Shu tariqa bilimsiz, uquvsiz, savodsiz kishilar jamiyatni qamrab oladi. Endi ularning na oilasi, na xalqiga, na yurtiga foydasi tegadi. Korrupsiya qadimdan boshlangan ekan. Ya’ni qadimda qabilalarda yashovchi shaxaslar yuqori lavozimlarga tayinlanishi uchun qabila sardoriga turli xil sovg’a-salomlar bergan ekan. Qadimdan ildiz otib kelayotgan bu korrupsiyani to’xtatish siz-u bizning qo’limizdaligi unutmaylik?
Bugun kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar insoniyat hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jamiyatda adolatli turmush tarzini chuqurroq singdirish maqsadida 2017-yil 4- fevral kuni “O’bekiston Respublikasi Korrupsiya to’grisi”dagi qonunni qabul qiladi. Qachon bi buz savolga, shubhasiz, har bir fuqaro o’z oldidagi qonun qoidalarga majburiyat yuzasidan emas, balki o’z vijdoni yuzasidan amal qilsaginda biz, albatta, bu illatdan butunlay xolos bo’lamiz. Har birimiz bu kushandaga jiddiy e’tibor berib, qattiq yondashsak, albatta, jamiyat tarqqiyot gullab yashnaydi. Bu esa bizning ham burchimiz, ham farzimizdir!
Do'stlaringiz bilan baham: |