Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar



Download 31,5 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2017
Hajmi31,5 Kb.
#189
1   2
NABOTIYLAR DAVLATI
Bu davlat miloddan bir necha asr avval Arabiston yarim orolining shimoli-g'arbiy qismida, antik avtorlar "Arabia Petrae" (Toshloқ Arabiston) deb atagan joyda yuzaga kelgan. Bu haqdagi ma'lumotlarimiz asosan, antik avtorlarning kitoblari, yahudiy avtori Iosif Flaviyning (mil. 37-100 yillar) asarlari va, nihoyat, shu davlat tarkibiga kirgan yerlardan keyingi paytlarda topilgan ko'plab nabotiy matnlariga tayanadi. Bu matnlar oromiy xatida yozilgan. SHuning uchun ҳam ba'zi mutaxassislar nabotiylarni arablar emas, balki oromiylar jumlasiga kiritadilar. Bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Birinchidan, matnlarning tili klassik arab tiliga juda yaqin. Ikkinchidan, to islom g'alaba qozongunga qadar nafaqat nabotiylar, balki Frot daryosidan g'arbda istiqomat qilgan aksariyat xalqlar o'sha davrlarda xalqaro yozuv hisoblangan oromiy xatida yozganlar va o'z ona tillarida so'zlashganlar. Oxirgi paytlarda nabotiylar obidalarini tadqiq qilish borasida ko'plab arxeologik ekspeditsiyalar uyushtirilmoqda. Nabotiylar davlati taraqqiyotining avjiga chiqqan davrida juda katta territoriyani o'z ichiga olgan: Damashq, Falastinning janubi va sharqi, Havron, Edom, Madyan, Qizil dengizning shimoliy sohili va hatto Nil delg'tasining sharqiy qismlaridan nabotiy matnlari topilgani bunga dalildir. Mil.avval III asr oxiri va II asr birinchi choragidan boshlab, Yaqin SHarqda vaziyat keskin o'zgara boshladi. Magnesiyada mil. avval 190 y. erishilgan g'alabadan so'ng Rim imperiyasi Yaqin SHarqda eng nufuzli kuchga aylangandi. Ayni vaqtda Selevkiylar davlati ichki ziddiyatlar natijasida zaiflashib borardi.
SHunday vaziyatda nabotiylar mustaqil jamiyat barpo qildilar va murakkab, ammo ozod tashqi siyosat olib bordilar. Bu davrda ular Janubiy Falastin, Iordaniya daryosining g'arbi va Havronni o'z ichiga olgan territoriyani egallab turardilar. Nabotiylar juda katta boylik, katta oltin va kumush zahirasiga ega bo'lgan xalq hisoblanardi. Buning sababi ularning xalqaro savdoda tutgan muhim o'rinlari bilan bog'liq edi. Janubiy Arabistondan keladigan mashhur karvon yo'li Petra shahridan so'ng Misr, Suriya, Ғazza, finiqiylarning O'rta dengiz sohilidagi shaharlari singari bir necha yo'nalishda davom etardi. Bundan tashqari Petra Arabistonning qoq o'rtasidan o'tgan karvon yo'li orqali Fors ko'rfazi qirg'og'ida joylashgan, antik avtorlar tarannum qilgan qadimgi dunyoning eng yirik savdo shaharlaridan biri Gerra (ҳozirgi Uқeyr) shahri bilan bog'langandi. Gerra orqali Petraga Hindiston va Xitoy, Eron va Fors ko'rfazining mollari kelardi. Nabotiy hokimlari bu savdo yo'llarining xavfsizligini saqlash uchun harakat qildilar. Mil.avval 64 y. Suriya Rim imperiyasining provintsiyaga aylangach, Nabotiylar davlatining siyosiy ahvoli keskin yomonlashdi. Zaif qo'shnilar davrida nabotiylar podshosi Suriya-Falastin ichki ishlariga aralashishi mumkin bo'lgan vaqtlar o'tib ketdi. Endi nabotiylar davlatining taqdiri Rim qo'lida edi. Rim imperiyasida uzoq davom etgan grajdan urushlari mil. avval 31 yili Antoniyning mag'lubiyati bilan tugadi. Bepoyon Rim imperiyasiga Yuliy TSezarning asrandi og'li Oktavian Avgust yagona hokim bo'lib qoldi. Antoniy tarafida bo'lgan sharq hokimlari shu jumladan nabotiylar noqulay ahvolga tushib qoldilar. Nabotiylar taxtiga Ҳoris IV /mil. avval 8-mil 40/ o'tirdi. Hozirgacha topilgan nabotiy yozuvlarining aksariyati ana shu podsho davriga tog'ri keladi. Bu yozuvlar odatda qabr-tosh yozuvlaridan iborat bo'lib, ularning deyarli hammasi podsho Horis IV ning u yoki bu hukm qilgan yili bilan sanalangan. Hukmining 43-yiliga tegishli bir yozuvda Horis IV "o'z xalqini sevuvchi" deb atalgan va u bilan birga malika SHahilaning ismi berilgan. Odatda "xalqning do'sti", "xalqni sevuvchi" singari hokimlarning epitetlari ellinistik davlatlarda uchrardi.
Horis IV davrida nabotiylar davlati Iordan daryosi orqasidagi yerlar hisobiga biroz kengaydi. Milodiy 36 yili Iudeya podshosi Irod II Antip bilan yuz bergan jangda Ҳoris IV katta g'alaba qozondi. Bundan g'azabga kelgan Rim imperatori Tiberiy Suriyaning rimli hokimi Vitteliyga Horis IV ni tiriklayin tutib yoki boshini olib kelishni buyurdi. Ammo 37 yili Tiberiy to'satdan vafot qildi, Horis IV esa shu yili qasos sifatida Damashqni olgan, ko'rinadi. Harqalay, shu yildan boshlab 60-yillargacha Damashqda rim tangalarini zarb qilish to'xtab qolgan. Bundan tashqari avliyo Pavelning Korinfliklarga ikkinchi maktubida bu haqda aniq xabar bor. Horis IV dan so'ng taxtga o'tirgan Malik P /40-70/ davrida nabotiylar Iordan daryosi orqasidagi yerlarni yo'qotdilar. Ammo Yahudiya urushi /66-73/ davrida nabotiylar rimlilarga yordamchi qismlar berganligi ma'lum. Malik P dan keyingi nabotiylar podshosi Rabil P /70-106 y./ zarb qildirgan tangalar juda ko'p miqdorda bizgacha yetib kelgan. Ammo nisbatan uzoq davom etgan Rabbil P hukmdorlik davri amalda Nabotiya mustaqilligining tugashi bilan yakunlandi. Nihoyat, oxirgi nabotiy podshosi Malik SH davrida Rim imperatori Trayan nabotiylar mustaqilligiga barham berdi. SHundan keyin Nabotiya Rimning Suriyadagi hokimi Kornelius Palg'ma hukmi ostiga topshirilib, "Provinsiya Arabiya" deb atala boshlandi.
Rim manbalarida Rim va Nabotiya o'rtasida urush bo'lganligi haqidagi ma'lumotlarga qaraganda, rimlilarga qarshilik ko'rsatilgan. Parfiya bilan katta urushga tayyorgarlik ko'rilayotganligi Nabotiyaning rimlilar tomonidan tezroq istilo qilinishini taqozo qilgan bo'lsa kerak. Nabotiya o'z mustaqilligini yo'qotgan bo'lsada, uning shaharlari uzoq vaqtlargacha yirik savdo punktlari rolini o'ynab keldi. Hozirgacha saqlangan juda ko'p nabotiya tangalari Rim hukmronligi davrida ana shu shaharlarda zarb qilingan.
А.Ҳасанов, Н.Комилов, У.Уватов, А.Азимов, Д.Раҳимжонов, Қ.Зоҳидов. Ислом тарихи. Тошкент.:2008. 25 б.
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish