Mavzu: O’zbekistonda migratsiyaga oid ilmiy tadqiqotlar
Dunyo aholisi qadimdan boshqa yangi joylar ,mamlakatlar haqida qizqib sayohatlar uyushtirganlar. Sayohchilar, savdogarlar, elchilar ko’rgan tabiat manzaralari, o’sha joyning boyliklari, aholisi, ularning mashg’uloti to’g’risidagi ma’lumotlarni chizish, yozish orqali o’z xalqiga yetkazib kelgan. Ma’lumki , bunday sayohlarda qadimda asosan Yevropa mamlakatlari aholisi faol qatnashgan . Shuning uchun bu mamlakatlarda yig’ilgan ma’lumotlar asosida tabiatshunoslik, geografiya , batanika va boshqa fanlar asta-sekin vujudga kelgan va rivojlangan. Geografiya fani aholi va unga taliqli bo’lgan ma’lumotlar qadimdan o’ganilib kelgan. S.A. Kovalyovning yozishicha Strabon tomonidan I asrda yaratilgan ,,Geogafiya’’, II asrda Ptolimey yozilgan ,,Geografiya’’ kitoblari geografik va etnografik asarlar hisoblanadi .Antik davrdagi geografik ishlarda mamlakatlar aholisining mashg’uloti , madaniy-maishiy xususiyatlari, shaharlar, qishloq joylari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. ( Kovalev, 1980-yil).
G.R. Asanovning yozishicha, 1650-yilda Vareniy (Varenius)ning Niderlandiyada bosib chiqqan” Umumiy geografiya “ nomi asardayoq aholiga tegishli ko’pgina masalalar geografiya o’ganadigan muhim muammolar qatoriga kiritilgan edi.Varenius geografiyani ikkita katta bo’limga bo’lgan. Birinchi asosiy (umumiy) geografiya va ikkinchi ayrim mamlakatlarni o’ganadigan xususiy geografiya (mamlakatshunoslik). Ana shu xususiy geografiyaning iqtisodiy geografiya bo’limi o’rganadigan masalalar orasida aholining tarkibi , turmush tarzi, iste’mol qiladigan ovqatlari, daromadi, bilim darajasi, hunarmanchiligi, savdo aloqalari, siyosiy tuzumu, shaharlari kabi korsatgichlar bo’lgan. Ammo bu paytlarda va undan keyin ham uzoq davrlar davomida aholi geografiyasi geografiya fanining alohida yo’nalishi sifatida tashkil topmagan edi.
XIX asrga kelib, dastavval Germaniyada va keyinchalik g’arbdagi boshqa mamlakatlarda ,, antropogeografiya “ paydo bo’la boshladi. Antropogeografiyani asoschisi nems geografi Fridrix. Ratsel ( 1844- 1904 ) bo’lib aholi geografiyasida barcha hodisa va voqeliklarni tabiiy sharoit ta’siridan deb tushuntirgan .
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy Yevropada (asosan Fransiyada) Inson geografiyasi deb nomlamgan yo’nalish ham vuludga keladi. Fransuz geograflari. P.Vidal de Lya Blash (1845-1919) va . J. Bryun (1869-1930) bu yo’nalishning asoschilari edilar.
Rassiyada geografiya fanining rivojlanishida XIX asrlarda P.I. Keppen, A.B. Bushen, K.I. Arsenev, P.P. Semenov- Tyan–Shanskiy va boshqalarning xizmatlari kattadir. P.P. Semenov Tyan–Sanskiyning tashabbusi bilan Rossiyada birinchi aholi ro’yxati 1897–yili o’tkazilgan. Bu aholi ro’yxatiga O’zbekistonda Buxoro va Xiva xonlilklaridan tashqari mamlakatimizning boshqa hududlar hisobga olingan. Keyinchalik 1920–yilda Rossiyada ikkinchi marotaba aholi royxati o’tkazilganda ham O’zbekiston hududi to’la o’rganilmadi.
O’zbekiston hududini to’la qamrab olingan aholi ro’yxati 1926–yilda Sobiq Ittifoq davrida o’tkazildi. XX asrda aholi va aholi punktlarini o’rganish Rossiyada yanada rivojlandi. Bu davrda P.P. Semenov Tyan-Shanskiy, A.I. Voeykoy, V.P. Semenov, Tyan-Shanskiy, E.I. Shuvalov, O.A. Konstantinnov, V.V. Pokshishevskiy, Yu.G. Saushkin, va boshqalarning xizmati kata bo’lgan. Shuningdek keyinchalik aholiga bag’ishlangan asarlari bilan I.M. Mayergoz, B.S. Xorev, S.A. Kovalev, V.G. Davidovich ajralib turadi. E.I. Shuvalovning yozishicha, aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning asosiy tarmog’i sifatida 1940-yilllardan boshlab rivojlangan. E.I. Shuvalov, R.M. Kabo va n.N. Baranskiylarning ham xizmati beqiyosdir. Ular aholini geografik jihatdan o’rganishningzarurligi, aholi punktlarini o’rganish medodikasini ishlab chiqqan (shuvalov 1977).
O’zbekistonda ham aholi qadimdan o’rganilib kelingan. O’zbekistonda aholini o’rganish asosan XX asrdan boshlab rivojlandi. Respublikamiz aholisi, aholi punktlari, mehnat resurslari va boshqa masalalar bilan O. Ota-Mirzayev, S.S.Soliyev, M.qoraxonov, I.Mullajonov, X.Salimov, A.A.Qayumov, Z.Raimjonov, I. Safarov, M.R. Bo’riyeva, M.A. Kadirov, S.Zokirov va boshqalarning xizmatlari nihoyatda kattadir.
Foydalanilgan adabiyot:
M.A.Kadirov. Aholi geografiyasi demografiya asoslari bilan. Darslik.-Toshkent,2019, 13-15 b
Do'stlaringiz bilan baham: |