NAVOIY VILOYATI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIG TEXNIKUMI
QORAXNIYLARDA TIBBIYOTNING RIVOJLANISHI
X asrning oxirida O'rta Osiyoda yashagan va Yettisuv hamda Oltoy tomonlaridan kelgan turkiy xalqlar katta va kuchli davlat barpo etdilar. Ular Samarqandni o'z davlatlarining poytaxti deb e'lon qildilar. Bu davlat tarixda Qoraxoniylar hokimiyati, deb ataladi.
Qoraxoniylar mamlakatni iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlantirishga harakat qildilar. Shaharlarda, ayniqsa davlatning poytaxti Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi. Boshqa binolar qatorida kasalxonalar, shifoxonalar ham qad ko'tardi. Masalan, o'sha vaqtdagi Samarqand hukmdori Ibrohim ibn Nasr Tamg'ach Bo'g'roxonning farmoni bilan 1066-yilda Samarqandda kasalxona barpo etildi. Kasalxona bilan bir vaqtda tibbiy bilimlarni o'qituvchi maxsus madrasa (tibbiy maktab) ham qurildi. Uni "Tibbiy bilim maskani" deb atadilar. Bu madrasa va kasalxona xonning o'ziga qarashli vaqf yerlarva korxonalardan keladigan daromad bilan ta'minlanib turilardi.
QORAXONIYLAR DAVRIDA TIBBIY TA’LIM
Samarqand Tibbiy maktabiga ajratilgan pul bir yilda 35 ming dirham qilib belgilangan. Undan bosh mudarris yiliga 2000 dirham olgan. Maktabda dars beruvchi muallimlarga ularning bilim darajasiga qarab, 1000 dirhamdan 1500 dirhamgacha maosh to'langan. Kutubxona mudiri 1200 dirham olgan. O'quvchilarga nafaqa (stipendiya) uchun 1800 dirham ajratilgan. Nafaqa o'quvchining bilimni o'zlashtirishiga qarab belgilangan. Ular bir oyga o'rtacha 30 dirham olganlar. Demak, bu tibbiy maktabda 50 tacha talaba o'qigan. Bundan ko'rinadiki, .o'sha vaqtda hakimlar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan.
Samarqand kasalxonasi va tibbiy maktabiga o'xshash muassasalar boshqa shaharlarda ham bo'lgan. Ularda ham bilimdon va yaxshi tajribali hakimlar bemorlarni davolaganlar va talabalarga dars berganlar. Shulardan bizga Muhammad al-Kalonisiy, Qatton al-Marvaziy, Najibuddin Samarqandiy va yana bir nechta hakim ma'lum.
QORAXONIYLAR DAVRI HAKIMLARI
Muhammad al-Kalonisiy
Kalonisiy yaxshi tajribali tabib va dorishunos bo'lgan. Uning dorishunoslikga oid “Kitob al-qarobodin” (“Murakkab dorilar haqida kitob”) nomli asari ham bor. Muallif kit.obida murakkab dorilarni tayyorlash va ularni ishlatish usullarini bayon etgan. Xususan, u kukun dori (poroshok), hab dori (tabletka), qaynatma va dimlama dori, eritma va har xil surtma dorilar tayyorlash usullarini ko'rsatib bergan. Bizga Kalonisiyning tibga oid asari ma'lum emas. U ko'proq dorishunoslik bilan shug'ullangan bo‘lsa kerak.
Qatton al-Marvaziy
Qatton al-Marvaziy Marv shahrida tavallud topgan. Shuning uchun u “Marvaziy” taxallusini olgan. Olim tibbiyotdan tashqari falsafa, astronomiya, riyoziyot va boshqa tabiiy fanlar bilan ham shug'ullangan. Lekin, asosiy kasbi tabiblik bo'lgan. Bizga uning tibga doir "Rasoil fi-ttib” ("Tib haqida risolalar”) nomli asari ma’lum. Kitobda olim nazariy va amaliy tibbiyot haqida birmuncha qisqaroq ma'lumot bergan
Najibuddin Samarqandiy
Najibuddin Samarqandiy
O'zbekiston tibbiyoti tarixida Najibuddin Samarqandiy katta iz qoldirdi.U o'zining tibga oid asarlari bilan o'ikamizda tibbiyot ilmining rivojianishiga katta hissa qo'shdi.
Bizga olimning tibga oid quyidagi asarlari ma'lum: "Bo'g'im kasalliklarini davolash"
Abu Rayhon Beruniy dorivor o'simliklarni chuqur o'rgangan va bu sohadagi o'z bilim va kuzatishlarini umumlashtirib "Kitob ash-saydana fit-tib" ("Farmakognoziya kitobi") nomli asar yozgan. Kitobda muallif 1000 dan ortiq dorivor moddalarning xususiyatlari va ulardan foydaianish yo'llarini ko'rsatib bergan.
Bu kitob dorivor moddalar haqidagi bilimni ancha boyitdi.