Shimoliy Amerika haqida umumiy ma`lumot
Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng katta arxipelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 metr).
Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan..
Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rganishdi.
Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofa uzoqlashgan.
Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi.
Tog‘li qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Mak-Kinli cho‘qqisi (6194 m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (-86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan.
Asosiy ko'rsatkichlar
Chekka nuqtalari
Geografik obyektlar
Eng! Eng! Eng!
- Maydoni (orollar bilan birga) - 24365 000 kv.km
- Orollar maydoni - 3 890 000 kv.km
- Materik qirg'oqlarining uzunligi - 60 000 km
- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 720 metr
- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Mak-Kinli t. (AQSh) 6194 metr
- Dengiz sathidan eng past balandlik - Ajal vodiysi (AQSh) -86 metr
- Eng qalin qor qor 11,5 metr, 1911-yil mart oyida Kaliforniyada kuzatilgan.
- Eng kuchli shamol 1934-yil 12-aprelda Vashington tog'ida (41,6 m/sek) kuzatilgan.
- To'fon, tornado shamollari materikning janubi-sharqiy hududlariga katta talofat keltiradi.
- Quyoshli kunlar eng ko'p bo'ladigan joy - Arizona shtatidagi Yuma degan joyda. Bu yerda yilning 95 foizi quyoshli kunlardan iborat.
-Shimoliy Amerikada 6 ta iqlim mintaqasi tarkib topgan. Bular: arktika, subarktika, mo'tadil subtropik, tropik va subekvatorial.
Do'stlaringiz bilan baham: |