Shikoyatariz a



Download 49,32 Kb.
bet4/4
Sana01.07.2022
Hajmi49,32 Kb.
#724609
1   2   3   4
Bog'liq
Yoriyeva M Arizasi

Men hunar o`rgatib tarbiyalabyotgan 25 nafar qizlarni oilasida yana qancha yoshlar bor. Bular yoshlar kelajak avlodku.
Prezident qaroriga Prezident tashabbusi bilan o`tkazilgan Xalqaro anjumanlarda milliyligimizga O`zbekistonni rahbarlariga nisbatan kelajak yosh avlodni ko`nglida qanchalik nafrat paydo bo`ldi muhtaram prezident buni siz ham tasavvur qilib ko`ryapsizmi ? Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tashabbus anjumanlarda ko`rgan moddiy zararimdan ma`naviy zararim ham kam bo`lmadi.Farzandlarim oldida tilim kalta muttaxam bo`ldim.25 nafar shogird ishchi qizlarimni oldida ,25 nafar oilani oldida yuzim shuvit bo`lib,yuzim yerga qaradi.
7. Tadbirma –tadbir yurib gilamlar to`qilmay qolib ketdi.Ishchilarni ayrimlari bir oyligi ayrimlarini ikki oylik ish xaqqi berilmay qolib ketgan endi uyda tirikchilikka ham pul qolmagan edi. Rossiyada ko`p yillardan beri ishlab kelayotgan bir tanish dugonam bor edi telefonda gaplashdim.
2018 yil noyabrda taksi bilan Rossiyaga ketdim.Chunki samolyot biletiga pulim yo`q,zavodga ishga joylashdim ishim yaxshi edi ikki oycha ishladim yuragim bezovta qilib boshladi doktorga bordim yuragimda qon aylanish faolliyati yaxshi emasligini davolanishimni 5 kg og`r yuk ko`tarmasligimni aytdi.15 kun davolanib keyin uyga qaytishga majbur bo`ldim.Ishlagan pulimga davolandim yana bir sum pulsiz taksi bilan uyga qaydim.
VI
1. 2019 yil mart oyi tuman xokimi meni xokimyatga chaqirtirgan edi.Yana Prezident tashabbusi bilan o`tkaziladigan xalqaro kunqari kuniga qatnashishimiz kerakligini eshitib xokimyatga bormadim.Ertasi kuniga hokim movuni uyimizga kelib iltimos qildi.
Men xalqaro anjumanda qatnashishimni xoxlamayotgamligimni aytgan edim, Hokim movuni o`zingiz bormasangiz asbob uskunalaringiz milly buyumlaringizni bering deydi.
Men buyumlarimni berolmayman esingizdami Shaxrisabzga Xalqaro maqomkunida qatnashganimizda buymlarimiz suvga qolib ketib yana qanchasi yoqolgan ediancha katta pullik narsalarni berib yubora olmayman dedim.
Bu hammaga ma`lum bo`lib qoldi, Xalqaro anjumanda hunarmand qatnashishi muhim emas milliy buyumi bo`lsa Prezident kelib ketguncha maydon bezalgan tursa bo`ldi.
Men hech qanday ish jarayonlarimni olib borolmayman chunki asbob uskunalarga ishlaydigan qizlarim yo`q faqat tayyor buyumlarimni olib boraman maydonga bezak bo`lib turgan kunimizga to`lov qilsangiz boraman dedim.
Tuman hokim movuni rozi bo`ldi meni so`gligim yaxshi bo`lmagani uchun Charos qizimni yordamlashishi uchun olib bordim.Xalqaro ko`pkari anjumanlarda qatnashib kunlik pulimizni oldik shu bilan bu anjuman ham yakunlandi.
2. 2019 yil aprel oyi yana Surxandaryo Viloyati da Xalqaro baxshichilik kuni o`tkazildi bu anjumanda ham buyumlarimizni bezak uchun kerakligi uchun qatnashdik.
Surxondaryo Viloyatini Jaloliddin Manguberdi bog`iga bordik bizni tumanimiz uchun ajratilgan joyga o`tov tikib bezatib chiqdik kelganimizga ikki-uch kun bo`lgan edi.
Shaxrisabz Xalqaro Maqom kunida tashkilotchilik qilgan Qashqadaryo Viloyati hokim mouvuni meni qizlarimga yig`ishtir atirgul quyoncha gilamingni hayvonot bog`imi senga bu degan Donni aka degan odam keldi.Meni ko`rdiyu rangi ro`yi o`zgardi eng yomon tomoni bizni o`tovimiz Qashqadaryo Viloyati sahnasi yonida joylashgan Viloyat sahnasi oldiga Prezident kelishi aniq Donni aka mendan xavotirlandi men aynan shu odamlardan Xalqaro anjuman tashkilotchilaridan e`tiroz bildirib shikoyat qilib kelayotgan edim.
Donni aka bizni o`tovimizni chetroq joyga ko`chirib Viloyat sahnasini yoniga Mirishkor tumani xunarmandlarini o`tovini ko`chirdi tashkilotchi rahbar o`zlari tashabbus ko`rsatib sahna yonidagi Mirishkor Tumanini hunarmandlar o`tovini bezashdi.Albatta bu ishni hunarmand uchun emas prezident kelganida xokimlarni ishlayotgani ko’rsatish uchun edi.Xalqaro anjuman tashabuslarda xar safar Mirishkor tumanidan Prezident sovruni uchun viloyat bosqichida tashabbus yakunlanish arafasida qo’lida bitta tugun bilan keladidan 70 yoshdan oshgan hunarmand ayol qatnashib kelayotganiga etibor beraman. Hunarmandni yonida birorta yosh shogird yoki ishchi ko’rmadim. Mirishkor tumani madaniyat xodimlari falkyor jamoasi qatnashganini ko’rdim. Mirishkor tumanida ish o’rganishga, hunar o’rganishga ishtiyoqmand yoshlar yo’qmi. Yoki ish o’rniga muhtoj odamlar yo’qmi?

  1. Surxondaryo viloyatida baxshichilik anjumanida Nishon tumanidan ham hunarmandlar ishtirok etmadi . Hokimiyatga aloqador tashkilotda ishlaydigan xotin –qizlar mahalliy aholidan yig’ilgan qadimiy buyumlar bilan nomiga o`tovni bezab Prezident kelishiga tayorlanib qo`yildi xolos.Kasbi tumanidan men xam iltimosga prokatga kelgan edim .

Bu xalqaro anjumandan maqsad nima o`zi? Kim-kimni aldayapti. Donni aka yonida ikkita odam bilan daraxtni tagida o`tirgan edi oldiga borib bizni o`tovimiz sahnani yoniga yarashmadimi dedim ,u kishi ko`zini mendan olib qochdi xech narsa demadi.Viloyat hokimligidan yordam so’rab qilgan murojatimga javob xati xam berishmadi murojatimga sizdan e’tiroz bildirganim uchunmi dedim Viloyat hokimligiga borgan xatlarga men javob bermayman dedi.
Bir xaftalik tayorgarlikdan so’ng prezident keladigan kun bo`ldi Kasbi tumani xokimi movuni Mansur Amirov bigun biz Prezident kelishi marosimida qatnashmaymiz deydi. Men tushundim anavi Donni aka degani odam shunday dedimi meni Prezidentga biror narsa aytib qo’yishimdan qo’rqdimi? Meni aql farosatim joyida to’yda aza ochib yig’-sig’I qilinmaydi. Prezidentga aynan bugun emas xoxlagan paytim shikoyat qilishim internet orqali etkazishim xam mumkinku shunga aqli etmabdimi dedim.
Xokim movuni Mansur Amirov xech narsa demadi u kishi meni xaqiqiy xunarmandligimni mehnatkash ayolligimni bilsada buyrug’ni xam bajarmay iloji yo’q edi.
Biz prezident kelishi vaqtida anjumanda qatnashmadik buyumlarimiz qatnashdi.
Hokim movuni Mansur Amirov o’zicha bizni hursand qilmoqchi bo’lib bizni Termiz hayvonot bog’iga , Termiz ota ziyoratgohiga olib bordi . Prezident xalqaro anjuman o’tkazilyotgan maydondan chiqib ketgandan keyin bizni o`tovga qaytib bordik viloyat xokimi movuni Donni aka ko’pchilikni o’rtasida turib olib Prezident bizdan juda hursand bo`ldi, Qashqadaryo ilg’orlikni qo`ldan berma deb aytdi deb maqtayotgan ekan men unga nafrat bilan qarab turganimga ko`zi tushib mendan ko`zini olib qochdi. Prezident kelib ketgandan so’ng men buyumlarimni sarasini yig’ishtirib mashinaga joyladim o`tovni bo`m-bo`sh qoldirmadimda ancha narsalarimni qoldirdim men buyumlarimni ayrimlarini yig’ishtirib ketyotganimda bironta tashkilotchi rahbarlardan kelib anjuman hali yakunlanmadi nimaga yig’ishtiryapsan deyolmadi. Shaxrisabzda Oqsaroyda 15 kun bizni do`q po`pisa qilib majbur ushlab turgan edi. Men bu xalqaro anjumanda 7 kun qatnashdim buyumlarimni prokatga olib kelganim uchun kunlik pulimni olib anjuman yakunlanmasdan uyimga qaytib ketdim.
4. Endi meni ishlashga xech qanday imkonyatim qolmagan edi. Hunarmandchilikka aloqador meni mana shunday og’ir ahvolga tushib qolishimga sababchi bo’lgan tashkilotchilarga murojat qilib menga yordam qilishlarini so’rab murojatnoma yo’lladim .
Qashqadaryo viloyat hokimligi murojatimni e’tiborga ham olmadi xatimga javob xati xam bermadi . Kasbi tuman xokimligidan ikkita xodim qizim Mustafoeva Charos nomiga 20 (yigirma ) millon so’m keriditga kafolat xati berdi. Men o’zimni o’nglab bo’lmas darajada qarzga kerib ketgan edim ishchilarni bir oylik ayrimlarni ikki oylik ish xaqqi puli berilmagan edi. Undan tashqari tuman viloyatlaridan mayda chorva mollar boqiladigan qo`y juni yig’ib olib xonadonlarga tarqatib gilam to’qiladigan ip tayorlayotgan edim. Pespublika yoshlar itifoqi raisi Qaxramon Quronboyeb kelib menga jun titib beradigan stanok tenten va’da qilib ketdi men u kishni va’dasiga ishonib Qaraqalpog`iston avtonom Respublikasiga Turkmaniston chegarasigacha borib mayda chorva tuya junini yig’ishtirdim cho’lma-cho’l qishloqma –qishloq bir xaftalab yurdim , yarim-yarim pulini ham berdim bir yil maboynida jami bo`lib 9 tonnaga yaqin jun yig’ishtirdim , tenten xam yordam qilishmadi meni aldashdi hamma ishlarim o’lda –jo’lda qolib ketdi yig’ilgan junlarga kuya tushib yaroqsiz bo’lib qoldi .Kreditga olingan tikish mashinkalarni sotib ishchilarni ayrimlarini ish xaqqi berdim. Ro’zg’orimda tirikchiligimiz xam o’tmay qolgan edi Yana majbur bo`ldim Rossiyaga ketishga 2019 yil iyul oyida taksi bilan Rossiyaga ketdim Zavodga ishga kirib yaxshi ishlab boshlagan edim Koronavirus boshlandi ikkinchichi maratoba koronavirusga chalinganimda yashashdan xam umidimni uzgan edim.
Men nima qilib quydim, bolalarim meni qarzlarimni qanday to’laydi. 1999 yilda to’g’ilgan qizim Mustafaeva Charos 2018 yilda kollejni to’gallayotgan edi yoshligidan o’qtuvchi bo’lmoqchi edi. Ped unvertetga o’qishga xujjat topshirmoqchi edi . Men prezident qarorini eshitib Charosni hunarmand tadbirkor bo`lasan dedim . 1995 yilda tug’ilgan o’g’lim Mustafaev Fozil 2014 yildan buyon Rossiyada edi ishlab yiqqan puliga xovli –joy olmoqchi edi. Men bolamni ishlab topgan puliga xokimyat tomonidan yer olib sex qurmoqchi bo`ldim yer berishdi va hunarmandchilik ishini boshladim.Bolalarim meni xoxishimga qarshi chiqolmadi. Meni nima qilib qo`ydim bolalarimni mexnatini orzu xavasini yo’qqa chiqarib ayrim rahbarlarga Prezidentdan Qashqadaryo ilg’orlikni qo`ldan berma degan maqtovni olib berdim . Odamlar qarzini so’rab sudga bersachi xali turmushga chiqmagan qizimni bo’yniga yana 20 (yigirma ) millon kereditni xam qo`ydim.
Endi majburiy ijro degani ham bolalarimni 2 xonalik uydan ham chiqarishadi. Men o`lim to`shagida ajal bilan olishim meni yuragimdan kelayotgan nafratdan ajal xam cho’chib ketdi. Musofir yurtda o`lim bilan yuzlashib yer bilan osmon o’rtasida muallaq turdim tubanlikka qarab yiqildim ketdimu ko`m kok adirga qarab yurib ketdim.
Ollohim” bolalarimga rahm qildi Musofir yurda meni omonat asrab xaqimni talab qilishimni xaqiqatni aytishimni ,Prezident bilan uchrashimni ko`nglimga soldi.
Muhtaram Prezdent Shavkat Mirziyoyev marhum birinchi prezidantimiz I.A. Karimovni biz O`zbek xalqi ota onamizdan xam yaxshi ko`rganmiz. I.A.Karimov 2020 yilda O`zbekiston Demokratik davlatga aylandi.O`zbekistonda butunlay boshqacha xayot bo`ladi degan edi. U kishi umrini oxirgacha O`zbekistonni kelajagi buyuk deydi. 20 yil o’tib 30 yilga yaqinlashsa ham biz buyuk kelajakni kutib yashadik 2020 yil yer yuzidagi barcha davlatlar uchun sinov yili bo’ldi xech qaysi davlatni xalqi O`zbekistonni xalqichalik xor bo’lmadi .
2020 yilda karantin boshlangan davrda bugungi kunda bugunki kunda I.A.Karimov hayot bo`lganlarida butun xalqni ko`ziga qanday yuz bilan qaragan bo`lar edi. I.A.Karimov birinchi prezident bo’lib I.A.Karimov nomini tarixda qoldirdi. Lekin xalqqa nima qoldirdi.
Muxtaram Prezident Shavkat Mirziyaev siz 5 yil moboynida xalq uchun bexisob qaror qonunlar ishlab chiqardingiz lekin qaror qonunlar xalq uchun emas kimlarningdir manfati uchun xizmat qildi. Ishsizlikdan muxtojlikdan qiynalgan xalq sizga ishongan edi. Minglab odamlar kredit oldi kimdir qora qozonini qaynatib turgan eshigida bitta sog’in sigiriniyam sotdi yana kimdir menga o’xshab erini bolasini Rossiyadan mardikorchilikdan ishlab topgan pulini sarfladi.Tadbirkor hunarmand ,savdo-sanoat palatasini guvohnomalarini sotib olishdi.
Prezident tashabbusi bilan o`tkazilgan Prezident sovruni uchun tashabbus xalqaro anjumandan xalq zarar ko`rdi. Fermer tadbirkorlarga soliq solindi, maydonni bezash uchun hunarmandlardan bezak sifatida foydalanishdi xolos.Bu tadbir anjumandan xech qanday maqsad bo’lmadi. Prezident kelishi uchun tayorgarlik. Xokimlar ishlayotganini ko’rsatish uchun xalqdan foydalandi xolos. Xalq yana aldandi Tadbirkor hunarmand bo`lganiga ming pushaymon bo’lib xisobini yettirib kreditni qayerdan to’lashni bilmay bola – chaqasini uyiga tashlab Rossiyaga ketib mardikorchilik qilib kredit to’layotgan yuzlab vatandoshlarimni uchratdim. Meni boshqalardan farqim yutig’im shundaki xaqiqiy hunarmandligim, kalamushlar chaynab chigal qilib tashlagan kalavani uchini qulimda ushlab turganim!
VII
Kasbi tumani Yoshlar itfoqi klasterda meni ishimni yaxshi yo’lga qo`yib olish uchun xatto dam olish kunlari xam ishlar edim.Yoshlar itfoqi klaster raisi menga bugun Respublikadan tekshirishga komissiya kelyapti ishchilaringizga barvaqt javob bering eshigizni ochmang deydi.
Respublika Yoshlar itfoqi raisi qaxromon Quronboev bilan uchrashuvimiz tasodif bo’ldi.Q.Quronboev bizga va’da qilgan jun titib toylab beradigan tenten kredetga beshta tikish mashinkasi sovg’aga , Tarbirkor hunarmand Mustafoeva Charosga Xitoy davlatiga bir oylik o’qishga yo’llanmani ijrosini tuman viloyat Yoshlar itfoqi raisilari zimmasiga yuklatgan edi.Tuman Yoshlar itfoqi raisi J.Yo’ldoshiev Q.Qurboboevni bizga bergan va’dasiga binoan Mustafaeva Charosdan ariza xujatlaridan nusxalar oldi men xorijga chiqish uchun viza tayorlab berdim oradan ikki uch oy o’tdi . J.Yo’ldoshevdan natijasi xaqida so’radim ,xujatlarni viloyatga jo’natganman dedi. Viloyat Yoshlar itifoqidan xam xech qanday natija bo’lmadi .
Oradan to’rt besh oy o’tdi oxir-oqibat tuman Yoshlar itifoqi raisi J.Yo’ldoshev aytidiki Respublika bo’yicha sizni qizingizga o`xshagan qancha yoshlar qancha tadbirkor borligini bilasizmi? Q.Quronboev shunchaki rasmiyatchilik uchun aytdi ketdida deydi!
Hurmatli Respublika Yoshlar itfoqi raisi Q.Quronboyev 2018yil iyul oyida kasbi tuman Yoshlar itifoqi klasterga tashrif buyurishingiz xaqida xabar berib ogoxlantirilganki ancha vaqtlardan beri ochilmay chang bosib ketgan xonalar ochilib tozalanib asbob-uskuna jixozlar bilan bezatilib yosh-yigit qizlar prokatlar bilan to’ldirib sizni kutib olishdi .
Men bilan uchrashuvingiz tasodif bo`lgan edi. Klaster raisi o’sha kuni menga ishchilaringiz bugun barvaqt javob bering uy eshigizni ochmang Respublikadan tekshirshga komissiya kelyapti degan edi. Ishchi Shogird qizlarim ketib bo`lishgan edi. Men endi ketmoqchi bo`lib turganimda bir to’da odam bilan bizni xonamizga kirib keldingiz
Men o`zimni imkoniyatim mablag’imga qarab ishlayotgan edim . Sizni va’dangizga ishonib Qaraqalpoqg’iston Avtonom Respublikasi cho’llaridan ,Turkmaniston chegarasigacha borib sizni va’dagizga ishonib to’qqiz tonnaga yaqin mayda chorva ,tuya jun yig’dim anchagacha vaqtim ,pulim ketdi.
Men sizni vadagizga xaqiqatdan xam ishondim Respublikadan kelgan rahbar bizni ishimizni ko`rib xursand bo`ldi deb o’yladim .Agarda sizni vadangiz rost bo`lganda ,ular xoxlaganda menga jun titib toylab beradigan tentenni o`zini garovga qo’yib berishlari mumkin edi
Q.Quronboev prezident sizga lavozim berib shaxsiy moshinagizdan tashqari xizmat mashinasi xam berib qo`yibdi oylik moshingiz xam anchagina bo`lsa kerak .Faqat oylik maoshga yashash sizni nafsingiz uchun kamlik qilayotgandir yosh hunarmand tadbirkorlarni,menga o`xshagan tadbirkorlarini aldab yolg’on vada berishingizdan siz nima manfat ko`rasiz.
Ayrim xokimlarga o`xshab o`zingizni ishlayotganigizni prezidentga ko’rsatish uchunmi? Bu sizni Vatanni ravnaqiga, kelajak avlodni vatanga mehr-muhabbat ruxida tarbiyalash uchun qo’shgan xissangizmi? Tuman viloyatlarda ishlayotgan yosh kadrlar raxbarlar sizga o`xshaganlardan ish o`rganayotgan ekanda?
Muxtaram prezident Sh.Mirziyoyev siz xam besh nafar ishsiz fuqaroni ish bilan band qilgan tadbirkorni boshimga ko`taraman deb shunchaki rasmiyatchilik uchun aytgan qo’ygan edingizmi ? Besh yildirki O`zbekiston davlatiga xukmronlik qilyapsiz. Besh yil maboynida xalq uchun qilgan birgina ishingiz Demokratiyani birinchi eshigini ham bir tabaqasinigina ochib berdingiz xolos!
Xalq sizni mana shu ishingiz uchun yana qayta prezidentlik lovozimiga saylashga ovoz berdi,xalq sizga ishondi.Xalq ishonuvchan,xalq sabr toqatli,mexr-oqibatli ,agar xalq qachondir qo`zg’alsa bu to’fondir.Men yoshligimdan tinib tinchimas qiziquvchan xarakatchan ayolman tadbirkor bo`lib hokimiyat rahbarini hunarmandlarni katta xalqni musofirlarini boshqa davlat odamlarini ichida bo’ldim bu davr men uchun eng og’ir sinov yillari bo`ldi. Maktab oliygoh bo`ldi. Ko`rgan kecherganlarimni Prezidentga yetkazish uchun video murojat tayorladim! bir ayol boshim bilan ayovsiz tuxmat beshavqat zarbalarini elkamda ko’tarishga bardoshim yetubdiyu lekin o`zimni video murojatimdagi ovozimni yuragimdagi nafratimni qayta eshitib ko`rishga bardoshim etmadi.
Yeb to’ymagan yalab to’ymayotgan nonxo’rak suvaraklarni deb internetga chiqib butun dunyoni og’zimga qaratib yurtimni sharmanda qilishni xoxlamadim.
Meni murojatim tufayli Prezidentga nisbatan xalqni ko`nglida ishonchsizlik paydo bolishi mumkinligini ishsizlikdan muxtojlikdan qiynalgan kreditni to’lay olmay kalavani uchini yo’qotgan musofirlar,oddiy xalq qo’zg’alishi mumkinligini o`yladim shu ,sababli eng avvalo Prezdent nomiga shikoyat xati va ochiq xat talabnoma yo’llashga qaror qildim.
Muhtaram Prezident Sh.Mirziyoyev men O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Qashqdaryo viloyat tuman yoshlar itifoqi raislaridan,hamda Qashqadaryo viloyat xokimligidan e’tiroz bildiryapman.
Men e’tiroz bildiryotgan rahbarlar xozirgi vaqtda o`z lavozimida ishlash yoki ishlamasligidan qat`iy nazar men ular bilan Prezident oldida yuzma-yuz bo’lmoqchiman.
Chunki men yana tadbirkor bo`lib o`z vatanimda ishlamoqchiman.Endi men ularga unvon olib berish uchun, yoki ularni manfati uchun prokat bo`lib xizmat qilish uchun emas .Ular men bilan ishlashni xoxlayman .
Muxtaram Prezident birinchi xalqaro anjumanni Qashqadaryo viloyatidan boshladingiz meni shikoyatim yuzasidan Qashqadaryoga kelasiz meni shikoyati xatimni bir meni emas minglab tadbirkor hunarmandlarni xalqni shikoyati deb bilasiz degan umiddaman .Ushbu shikoyat xatim bilan shaxsan o`zingiz shug’unlanib qonun doirasida ko’rib chiqishingizni so’rayman.
Yoriyeva Moxira Abdusomadovna

Tel: +998 90 288 18 74




Ilova: Shikoyat ariza 15 varaqdan iborat
Ochiq xat 3 varaqda
Download 49,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish