Shikoyatariz a



Download 49,32 Kb.
bet3/4
Sana01.07.2022
Hajmi49,32 Kb.
#724609
1   2   3   4
Bog'liq
Yoriyeva M Arizasi

Klasterga qaytib bordim qizlarimni kayfiyati tushib ketgan . Ushandagi meni ahvolimni bir tasavur qilib ko’ring ,buni so’z bilan ifodalab bera olmayman.
Og’zimga kelgan shu bo`ldi . Shaxrisabizga vazir kelibdi to`satdan xamma raxbarlarni
chaqitiribdi xokimyatga xam xech kim yo’q ekan dedim .
Yig’ilgan mexmonlar ketishdi Qizlarimga xam ketishga ruxsat berdim . Hokimyatdan telefon qilishdi ,televideniya muxbirlari xokimyat hunarmandlari uyshmasidan vakillar kelayotganini aytishdi.U paytda ishchi qizlarimni uzoq qishloqlarda yashaydigan ketib bo’lishgan edi..Bori-yo’g’i bir o’ntacha yaqin atrofda yashaydigan qizlar qolishgan edi
Hokimyatdan hunarmandlar uyushmasidan vakillar muxbirlar televideniya bilan kelishdi. Oddiygina kichkinagina tadbir bo’lib kichkinagina lavxa olinib efirga uzatildi.Yoshlar ittifoqidan bironta hodim ham qatnashmadi.Bu kuni men xayotimdagi eng noxush yomon kun bo’ldi qizlarimni ko’nglini cho’ktirmaslik uchun ularga xech narsa sezdirmaslikka xarakat qildim.
Shundan uch kun o’tib 27 avgust kuni Tuman xokimligi bizni Shaxrisabz tumanida o’tkaziladigan xalqaro anjumandga qatnashishni tavsiya qilinganini eshitgan qizlarimni hursandchiligini men so’z bilan ifodalab bera olmayman .Ularni qanot bo’lsa hoziroq uchib Shaxrisabzga Oqsaroyga bo’lib qolishsa 27 avgust kuni tuman xokimi movuni Mansur Amirov boshchiligida qizlarimni bilan tayorgarlik ko`rib klaster byumlarimizni yana muzey uchun yiqqan qadimiy buyumlarini xam oldik.Yuk mashinalarni soni ham 2-3 ta bo’ldi Shahrisabz Oqsaroy xar-xil katta-kichik stanoklada qurilgan yarmi chala to’qilgan buyumlarimizni xam olib borgan edik.stanoklarimizni o’rnatib qizlarim gilamini to’qib boshladilar .
Anjuman qatnashchilari tomosha qilib aylanib yurgan xalq telivezorida ko`rsatayotgan gilamchi qizlar quyoncha olmaxonchali gilamlar to’qiyotgan qizlar deb o`rab olishdi gilamlarimizni to’qib yonida turib suratga tushishdi razmer berib gilam buyutma berishdi ,xatto chet davlatidan kelgan mexmonlar xam jonovor,gullarni tabiat manzaralarini qo`lda to’qilayotgani ko’rib qiziqib qo`llari bilan ushlab ko’rishib tayyor qilib beringlar biz olib ketaylik deyishdi . Afsuski bitmagan to`qilib bitganlari sotilib ketgan edi.
Bo`yi baland bir kishi kelib bizni atrofimizni aylanib qizlarim to’qiyotgan gilamlarga e’tibor qilib qarab chiqdida yo’qot bularni bu yer hayvonot bog’I emas bizga quyoncha olmaxoning kimga kerak bizga milliy buyumlar kerak yig’ishtir dedi bir emas 2-3 marta qaytib kelib bizni mexnatimizni hunarimizni bepisand qilib shunchalik qo`pol muomilada bo`ldiki qizlarimni ko’zlari bir nuqtaga qadalib so`ppaygancha turgan joylarida qotgancha qarab qolishdi.Bu odani ismi familyasini bilmayman Donni aka deyishadi tashkilotchi raxbar Qashqadaryo viloyati xokimi movuni madaniyat bo’limi boshlig’I bo’lsa kerak. Biz xoxlasak maydondan chiqib ketishimiz mumkin edi hunarmandi bor yog’imiz ular uchun xech qanday ahamiyatga ega emas ularga bizni asbob uskuna buyumlarimiz turishi kerak olib ketishimizga yo’l quyishmaydi.
Kechki payt hunarmandlar avtobusda Kitob tumaniga lagerga yotoqxonaga ketamiz ,ertasiga ertalab qaytib kelib buyumlarimizni yaratib bezab chiqamiz kechki payt buyumlarimizni yig’ishtirib bir joyga to`dalab yotoqxonaga ketganmiz usha joyda o’tlarni orasida suv quyadigan fantancha bo’lgan kechasi fantanchani ochib qo`yishgan bizni buyumlarimiz suv ichida qolib ketgan ertalab kelib biyumlarimizni yayratib quritdik ularni sotib xam bo`lmaydi ,sifati buzilib yaroqsiz ahvolga kelib qoldi.
Bunisiyam mayli bizni buyumlarimizni ichida eng sara toza qimmat baxo buyumlarmizni tashkilotchi raxbarlar prezident kirib keladigan yo’llarni katta saxna atrofini bezatish uchun bizdan so`ramaadan olib ketishgan.
27-avgust kuni Oqsaroyga kirib borgan bo’lsak 11sentyabr kuni tashkilot rahbarlari tepamizga kelib davay tez-tez buyumlarni yaratib chiq demaganligidan o’sha kuni qorasini kursatmaganligi biz xalqaro anjuman yakunlaganligini bildik.
Tashkilot rahbarlari olib ketgan buyumlarimizni qidirishga tushdik ayrimlarini topdik ayrimlarini topa olmadik.
Chekka bir qishloqda bir kishini uyiga ikki-uch marta borib yalinib –yolvorib bir dona loyda yasalgan xum , bir dona ipak pilladan qo`lda egirilib tayorlangan dasturxon , bir dona paxta tolasidan tayorlangan chakmonni tayorlaganiga 100 (yuz ) yildan oshgan , loy xumni tayorlaganiga 200 (ikki yuz ) yilga yaqinlashib qolgan bu buyumlar saqlagan egasini aytishicha otamni bobolaridan qolgan men chevarchilik bo’ldim bu xum 7-avlodni ko`rgan deb aytgan edi . Xum juda puxta ishlangan barmoq bilan chertsa jarangli ovoz chiqaradi 40-litr suvni yozda muzdek saqlagan faqatgina ozgina qattiq urilish natijasida yorilgan edi.
Mana shu uchta buyumni 200 dollorga sotib olgan edim.Xum bilan chakmon yo`qoldi.Biz xalqaro anjuman to’g’risida butunlay boshqacha tasavurda borgan edik. Buyumlarmiz talon –taroj bo’lib xarob bo`lishini mexnatimiz qadirsiz bo`lishini bilganimda xalqaro anjuman maydoniga borish degul xunarmand bo’lmagan bo`lar edim.
Men ko`rgan moddiy –ma’naviy zararimdan hunarim bizni xalqaro anjumanga olib borgan tuman xokimidan yoki xokim movunidan shikoyat qilaymi ?
Ularni axvoli xam biznikidan yaxshimas aynan shu tadbirda tuman xokimlari xokim movunlari ham xech kim emas edi buyruqni bajaruvchi xalos.
Xalqaro anjuman kunini tantanali ko`rkam qilib o’tkazish uchun tumanlardan ,Shaxrisabz tumaniga Oqsaroyga qatnagan yuk mashinalarni soni kim sanabdi deysiz . Mlayrdlab yig’ilgan,xisob raqamlaridan o’tkazilgan pullarchi, Hokimyatni omborxonasi yoki pul ishlab chiqaradigan apparati yo’q-ku fermerni tadbirkorni xalqni bola chaqasini rizqidan sarflandi! Tashkilotchi rahbarlar tadbirlarda qancha kun oylab yurmasin davlat ularga oylik maoshi to’lab quyibdi.Hunarmandchi ? ro’zg’oridan tirikchiligidan kechib bola chaqasini rizqidan qora mehnatidan xalqaro anjuman kuni nishonladigan Oqsaroyni Butun dunyoni lol qoldirib bezab chiqqan maydonda turib bergan xalqku hunarmandku.
Hunarmandga bir og’iz yaxshi so’z raxmat o`rniga , man –manlik qilib xalqaro anjuman kuni yakunida hunarmandni bir varaq tashakkurnomaga mexnatni arzitmadi ! Men tashkilotchi raxbarlardan judayam qattiq norozi bo’ldim e`tiroz bildirdim.Ular ayiblarini tan olishib aytdilarki..Bunday katta anjuman Qashqadaryoda birinchi martabo o`tkazilganni uchun shoshib qoldik uzr deyishdi!
Xa to`g’rida bunday bexisob yig`ilgan mablag` imkoniyat xar doim xam bo’lavermaydida .
IV
2018 yil oktiyabr oyida O”zbekiston Respublikasi Prezidenti sovruni uchun tadbirkorlarini fermerlar,hunarmandlar o`rtasida Tashabbus -2018 ko`rik tanlovi boshlandi.
Kasbi tuman bosqichida ishtirok etib Mustafoeva Charos birinchi o’rin g’olibi bo`ldi Mustafoeva Charosga berilgan nominatsiyani qo`limga olib e’tibor qilib qarasam
YTT Mustafoeva Charosni; Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori yo`nalishi faxirli
1-o’rin g’olibi deb yozilgan. Naminatsiyani olib hakamlarni oldiga kirdim Mustafaeva Charosga naminatsiya noto’ri berilgan.Mustafoeva Charos YTT tadbirkor hunarmand deb yozilishi kerak dedim. Kasbi tuman rahbarlaridan tuman hokim movuni B.Qurbonov, yoshlar itfoqi raisi J.Yo`ldoshov hunarman uyushmasi raisi yana viloyat xokimligidan hokim movuni iqtisodiyot bo’lim boshlig’i bo`lsa kerak. Men xali gapimni to’gatmasimdan viloyat xokimidan qatnashyotgan baland bo`ylik oq soch odam xech qanday farqi yo’q tadbirkor,hunarmand bitta narsa tamom deydi tuman raxbarlari xam bir-birlariga qarab qo`yshdida xech narsa deyisha olmadi.
2018yil noyabr oyi prezident sovruni uchun 2 viloyat bosqichi boshlandi Tuman savdo sa`noat palatasi raisi biz sizga rahbarlik qilib tashabbusda qatnashish uchun borishimiz kerak deydi.
1. YTT tadbirkor hurarmand Mustafoeva Charos savdo-sanoat palatasiga a’zolik to’lovini qilganiga ikki oydan oshdi xamki guvohnomani berishmagan edi to`lov qilingandan keyin a’zo bo’lgan tadbirkor hunarmandlarini ruxsatini viloyatga berganmiz guvoxnoma Respublikadan keladi deyishgan edi ,bugun xam yana shunday deyishdi.
Ertasi kuni savdo-sanoat palatasi rahbarligida biz bitta yuk moshina –bitta damas avtomobilida yuklarimizni olib 7 nafar qizlarimiz bilan Qarshi shaxriga mulla to`ychi kino teatr binosiga bordik. Xar doimgi tashkilotchi rahbarlar xuddi bizni kutib turishganday tashqaridan mulla to`ychi kino teatriga kirishidan o`ng tomonni bizga bezatishimizni ko`rsatib tushintirildi biz o`zimizga ko`rsatilgan joyni bezatib boshladik.
2. Kino teatr kirishidan chap tomonga yana bir hunarmand qo`lida ikkta sumka bilan kelib ancha vaqtgacha o`tirdi tashkilotchi rahbarlar kelib hunarmand yigitni juda yaqin kishisiday kutib olishdi .U yigitga bizga o`xshab bezatish uchun joy ko`rsatib qo’yishmadi.Rahbarlar O`tov tashkillashtirib o`tovni bezashga xam o`zlari bosh qosh bo`lishib tashabbus boshlaguncha o`tovga girdi kapalak bo’lishdi,meni qizlarim xam o`tovga yordamlashib ularga aralashib yurgan edi.Qizlarim aytidiki bu o`tov raxbarlarni o`zlariniki ekan bu hunarmand zargarga biz tushinishimizcha ertaga birinchi o’rin berilar ekan deyishdi aytishadiku shamol bo`lmasa daraxtni uchi qimirlamaydi. Men qizlarim viloyat tumanlarida o`tkazilgan hunaramandchilik tadbirlarida diyarli to’liq qatnashdi shu davr ichida qizlarimni ko’nglida tadbir tashkilotchilarga nisbatan qandaydir ishonchsizlik nafrat paydo bo’lib boshlagan edi.
3.Tashabusda qatnashayotgan barcha fermer tadbirkor hunarmandlar uchun kino teatrni ichki tomondan maxsus rasta tayorlanib joylashtirilgan edi. Bizni buyumlarimizni yarmini ichkariga joylashtirdik.
Bizni yonimizda Mirishkor tumani hunarmand rastasi bo’sh turgan edi tashabbus boshlanganiga ancha vaqt bo`lib qolganda Mirishkor tumanidan 70 yoshlardan oshgan hunarmand ayol qo`lida katta bir sumka bilan keldi mayda gilamchalarni yayratib chiqdi bu ayolni biz Shaxrisabzda maqom kuni anjumanida ko`rib tonishgan edik.Shuning uchun bu ayol bilan salomlashib nega kechikib keldigiz bizni kecha olib kelishgan edi dedim u ayol aytdiki kelmoqchi emas edim zo`rdan olib kelishdi.
Zulhumor ‘’hunarmand guvoxnoma’’ xam berdi o’rin olib beraman sovg’a xam olib beraman dedi shuning uchun keldim deb aytdi.Zulxumor degani 2018 yilda Hunarmand uyushmasiga rais bo`lib ishlayotgan ayol.Zulxumor o`rin olib beraman degan bo`lsa aniq olib beradi.Zulxumor Qashqadaryoda ayrim rahbarlar bilan juda yaqin bordi keldisi yaxshi Korrupsiyani rivojlanishiga o`z xissasini qo`shib kelayotgan ayol avvalroq qo`shmachilik bilan ham shug`ullanib turardi.
4.Tashabbus ham yakunlandi g`oliblar e`lon qilindi.O`tovdagi zargar hunarmand yigitga birinchi o`rin e`lon qilingandan Qizlarim yalt etib menga qarashdi ikkinchi o`rin Mirikor tumanidan Qo`lida bitta sumka bilan tashabbus yarmida kelgan 70 yoshdan oshgan ayolga berilgani e`lon qilindi.
Men o`shanda qizlarimni yuzlaridagi nafratlarini ko`zlaridagi yoshni ko`rib qilgan ishimdan ming bor pushoymon bo`ldim.Yana hakamlarni oldiga kirib bordim Mustafoyeva Charosni savdo-sanoat palatasiga a`zolik guvohnomasini bermay turishingizdan maqsadingiz shu edimi dedim ? Prezident sovrinim uchun 1-tuman bosqichiga Viloyat hokimligidan hakam bo`lib qatnashgan men naminatsiyani notog`ri beganimda hech qanday farqi yo`q,deb aytgan baland bo`yli oq sochli odam ko`zini olib qochdi.
Mustafoyeva Charosni hujjatlarida anglashmovchilik bo`libdi biz ham hayron bo`ldik bunday bo`lishi mumkin emas edi tuman bosqichida naminatsiyalarni notog`ri berishibdida bizda ayb yo`q uzr deyishdi.
Qizlarimdan uzr so`rashib sovg`a ulashib ketishdi qizlarim ularni bergan sovg`alarini qo`llariga ham ushlashmadi. Sovg`alarni mashinaga joylashib yuklarni ham mashinaga joylashtirib Viloyatdagi eng ko`zga ko`ringan hunarmand qizlar attang yaxshi ish bo`libdida deb o`zlaricha o`ylashdiki biz kalavani uchuni chigallashtirib tashaladik buni yechishga ongi yetishmaydi deb o`ylashdi.
5. Shu tashabbusdan keyin qizlarni birontasi klastrga ishga kelmadi.Charos men bilan bir haftagacha dasturxon atrofida o`tirmadi ham bir haftalar o`tdi Charos qizim klastrga borish kerak buyurtma qilingan gilamlarni egalari so`rashyapti to`qib bitkazish kerak telefon qilib qizlarni ham chaqirtirishim kerak deb gapimni tugatmasimdan bir narsa portladi. Gilamlaringingizni o`zingiz to`qing xo`pmi, anavi shoyi- shalpor ko`ylak jamalak do`ppilaringizni ham o`zingiz kiyib oling. Birovlarni qizlarini sariq sochi shimi bilan ishingiz bo`lmasin.Sariq sochli shimi torligidan sahnaga zo`rg`a chiqqan xotinga televizor bilan mukofotlashdi. Sizchi bizga shoyi-sholpor do`ppilarni kiydirib qo`ydingiz bizni darvozani oldiga bezak qilib foydalanishdiku.Endi bundan keyin siz ham bir o`zingiz qo`lingizga tuguncha ko`tarib shoshmay boravering ko`rdizku xech kim sizga o`xlab yuk mashinalar bilan borib darvozani oldiga yotib olmadiku dedi.
6. Men 3 nafar yetim bolani tarbiyalab voyaga yetkazdim,bolalarim ko`zimga tik qaramagam edi.Bolangizdan tanbex eshitish o`lim bilan barobar ekan.
Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev.Men sizni qaroringizga vadanggizga ishondim.O`zimni kuch-g`ayratimga shijoxatimga qo`limdagi hunarimga ishondim.
Qashqadaryo viloyati prokrorini vadasiga menga bermoqchi bo`lgan 50 million so`m kridetiga ishonib 25 nafar xotin-qizlar bilan ish boshlaganim yo`q edim.
O`g`lim 2014 yildan Rossiyaga ishlab hovli joy olmoqchi bo`lib yiqqan 7 ming dollar undan tashqari o`zimni tadbirkorligim uchun ishlatadigan ro`zg`or xarajatlari uchun ishlatmaydigan pullarim bor edi. Men o`zimga o`zimni mablag`imga ishonib ish boshlagan edim.
7. Meni 3 nafar bolalarim mustaqillikni bolalari, bolalik nimaligini o`yinchoq nimaligini bilmay katta odam bo`lishdi.Rossiyani tizza bo`yi qor- yomg`irida o`zi yemay ichmay qora mehnatda ishlab topgan puliga men nodon ona ayrim kalamushlarga nonxo`randalarga unvon sovrin olib berdim .
Meni shogirt ishchi qizlarim Viloyat tumanlarda o`tkazilgan hunarmandchilik tadbirlarida barchasiga faol ishtirok etib kelishayotgan edi.Tadbirlarda qatnashish uchun qizlarni olib borish xarajatlari menga og`irlik qilsa ham 7-8 nafar qizlarni boshqa xunarmandlarni ishlarini ko`rib ish o`rgansin ularda ko`proq qiziqish paydo bo`lsin degan maqsadda olib borganman .
Xalqaro anjumanlarda qatganimizda yo`l xarajatu oziq-ovqat xarajatlari tuman xokimligi o`z zimmasi olgan. Boshqa hamma tadbirlarda ellikdan ziyod tadbirlarga qatnashgan bo`lsak hammasini xarajatlarini o`zim qilganman.

V
Prezident sovrini uchun II –Viloyat bosqichiga qatnashish uchun yuk mashinasi qizlarni olib borish olib qaytish uchun mashinalarni yana ikki kunlik oziq-ovqat yotoq joylarini xarajatlarini o`zi ikki millionga yaqin pul bo`lgan yana undan tashqari tadbirga qatnashish uchun hunarmandni ishxonasi ishi to`xtaydi ishlanmagan kun uchun ham ishchiga ish xaqqi to`lash kerakmi ? Ish jarayonni ko`rsatib berishi uchun ish o`rgatib hunar o`rgatib shogirt tayyorlayotganimni ish bilan band qilayotganligimni ko`rsatib berishim kerak deb o`ylagan edim.Men Prezident qarorini talablari ,maqsad mohiyati meni shulardan iborat deb tushingan edim.
Shaxrisabzda ”Xalqaro anjuman “ kunida birinchi maratoba siz bilan yuzma –yuz ko`rishib uchrashganimizda sizni yuzingizdagi tabassumingizni men bizga bildirgan ishonchingiz deb qabul qildim ,maqtovingizdan g`ururlandim vadanggizga ishondim.
Prezident sovrini uchun tanlov yakunida qo`lida bitta tugun bilan kelgan 70 yoshdan oshgan hunarmand ayol g`olib bo`lganda ,shimini torligidan saxnaga zo`rg`a chiqib erkalanib sovrun olganini ko`rganimda , Charos aytgan shoyi sholpor kiygan qizlarni ko`ziga yosh ko`rganimda,men o`sha ishonch deb qabul qilgan tabassum soxtadek tuyuldi.

Download 49,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish