2.Konsultasiya turlari.
Konsultasiya direktiv va nodirektiv bo’lishi mumkin bu xodisaning
xususiyatiga bogliq. Direktiv konsultasiya- bu shifokorning bemorga tayyor
qarorni taklif etishi, nodirektiv konsultasiya esa shifokorning bemorga mustaqil
to’g’ri yo’l tanlashga yordam berishidir.
Nodirektiv konsultasiya. Eng yaxshi natijaga shifokor kasalni tuyg’ularini
o’zinikiday xis qilib, ustun chiqishga intilmaslik, o’zini fikrini bildirib davolasa
erishadi. Ushbu talablarga nodirektiv konsultasiya javob beradi. Nodirektiv
konsultasiya jarayonida shifokor faqat o’z xoxishini bildirmay balki bemorga
o’zi qaror qa'bul qilishga yordam beradi. Ushbu xolda kasal faqat shifokorning
fikriga tayanib qolmay davolanishga tushunib va ma'suliyat bilan munosabatda
bo’ladi.
Direktiv konsultasiya Direktiv uslubi kasal qattiq xayajonda bo’lib o’zi
to’g’ri qaror qilaolmasa va xolatni to’g’ri baxolay olmasa qo’llaniladi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |