VII bob. Konsultasiya. Konsultasiya turlari va qoidalari.
1. Konsultasiya tushunchasi.
Konsultasiya -pasient muammolarini yechimini mutaxassis tomonidan
aniqlab berilishi, maslaxat berib, odamni to’gri yo’lga undamoq tushuniladi.
Tibbiy konsultasiya-davolash jarayonining eng muxim qismi. Insonlar yordam
uchun avvalo psixoanalitiklar, ijtimoiy yordam ko’rsatish xodimlariga emas,
balki umumiy amaliyot shifokorlariga murojaat qilganliklari sababli jamiyat
shifokorlardan yordam va ko’mak kelishini tushunib bormoqda. Shifokorning
bemor bilar o'zaro muloqoti davolash jarayonining asosidir.
Butun flkr, e'tiborni bemorga qaratish, samimiylik, uni diqqat bilan
tinglash, bemor bilan birga qayg'urish, jiddiylik o'zaro muloqot o'rnatishning
(kommunikatsiyaning) asosi bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |