Shifokor va bemor fanidan «Shifokor va bemor» oquv qo’llanma


O 'limi tez orada muqarrar bo'lgan bemorlar bilan muloqot



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/60
Sana31.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#270978
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Bog'liq
шифокор ва бемор зокирходжаев ш

4. O 'limi tez orada muqarrar bo'lgan bemorlar bilan muloqot.
27-rasm. Og’ir va yotoq vaziyatdagi bemorlar bilan muolajalarni samarali
bolishiga umid bag’ishlash zarur.


87
Bu muloqot chog'ida shifokor va hamshirada kuchli ruhiy zo'riqish ro'y
beradi. Barcha chora-tadbirlar ko'rilgan, lekin bemor hayoti letal tugashi (o'limi)
muqarrar. Har bir bemor xox u hayotga qaytsin, xox buning aksi bo'lsin,
shifokor va hamshira fojiali holatlarda o'zini o'zi «eydi». Shifokor o'zini mana
shunday nozik hayotiy holatlarga tayyorlashi muhim.
Jigar sirrozi kasaliigida bemor ma'lum vaqtdan so'ng (ehtimol, yaqin
vaqtda) vafot etadi. Bemor endi taqdirga tan bergan. Uning vafoti juda yaqin
emas, lekin uzoq yillar ham yashamaydi. Bu holatda shifokor ma'lum me'yorda
bemor bilan ochiqroq suhbatlashishi mumkin. «Sizning ahvolingiz nisbatan
durust. Negaki, songgi olingan bioximik natijalar ancha yaxshi», - deb yupatish
mumkin (27-rasm). Bu yerda ham ma'lum holatda bemorning shaxsiy
xususiyatlariga e'tibor berish kerak bo'ladi. Masalan, irodasi mustahkam,hayot
zarbalarini matonat bilan kutib oladigan ba'zi bemorlarga (agar o'zi talab qilsa)
haqiqatni balki aytgan ma'qul (xususan, vasiyatnoma, meros taqsimoti kabi
yuridik hujjatiarni rasmiylashtirishi uchun). Yana bir muammo. Kasalga rak
tashxisini aytish kerakmi? Ayni paytda bir hayotiy voqeani keltiramiz. Bemor
(taniqli jurnalist) kundan-kun ozib, holsizlanib, to'sh suyagi ostida noxushlik
seza boshlaydi. O'tkazilgan davo ijobiy natija bermaydi. Shunda Respublikadagi
taniqli jarrohni maslahat uchun chaqiradilar. Bemor bu mutaxassisni bir necha
kun intizorlik bilan kutadi. Ko'rik kuni ham yetib keladi. O'sha «mashhur»
jarroh kasalni tezda ko'radi-yu, achchiq haqiqatni qo'rslik bilan (bemor
huzurida) aytadi: «Bu kasalda oshqozon raki. O'tkazib yuborilgan, davodan
foyda yo'q»,- deb xonadan chiqib ketadi.
Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan
necha kunlab kutilgan «ko'rik»ning natijasi... Bunday haqiqat metastazdan ham
dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga
aylanmaydimi?
Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga
kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga


88
rak tashxisini ko'rsatuvchi rentgen qog'ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon
organik o'zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko'rsatishi maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o'z
kasblariga nisbatan jiddiy bo'lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo'lsalargina
o'z vijdonlariga xilof ish tutmagan bo'ladilar.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish