3.Narkoman - bemor bilan muloqot .
Narkoman bemor tushkunlik kabi og'ir holatga o'zining o'ta irodasizligi
tufayligina tushib qoladi. Bemordagi qusur va kamchiliklarni ochiq-oydin
ko'rsatish davo jarayoniga zarar keltirishi mumkin. Muloqot chog'ida bemorning
kundan-kunga ahvoli yaxshilanib borayotganini, mushohadasi
tiniqlashayotganini, so'zlashganda talaffuzi aniqlashayotganini, nigohlari esa
oydinlashayotganini, gap orasida (urg'u bermasdan) aytib o'tish durust boladi.
Ruhiy muolaja, albatta, mehnat terapiyasi bilan uyg'uniikda olib borilsa,
samaraliroq boiadi.
Shuningdek alkogolizm, narkomaniya muammosini hal qilishda o'zaro
ishonch asosida muloqot o'rnatish muhimdir. Ko'pincha, bunday kasallar
o'zlarini, «mutloq sog'» deb hisoblaydilar va o'z «qobiqlariga» kirib qoladilar.
Bunday bemorlarga uning kimlargadir kerakligini, uni faqat o'zi uchun emas
«kimdir» uchun ham tuzalishi va yashashi lozimligiga ishontirish, ruhiy dalda
berish, kasallikni yengish uchun ishonch paydo qilish kerak. Bu o'rinda bemor
yaqinlarining yordami benihoya katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |