Og’zaki va yozma shaklning mavjudligi- sheva va lahjadan farqli ravishda adabiy til og’zaki shakldan tashqari yozma shaklga ham egadir.
Ko’p vazifalilik- adabiy til istalgan faoliyat sohasining kommunikativ ehtiyojlarini qondirishga qodir.
Uslubiylik- adabiy til tarmoqlangan vazifaviy uslublarga ega bo’ladi.
O’zbek tili- davlat tili
Sobiq ittifoq parchalanmay turib O’zbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.
O’zbek tiliniing hayotimizdagi o’rni ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo’lida ulkan ishlar amalga oshiridli.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
“Davlat tili haqida” gi qonun o’zbek tili taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. O’zbekiston Fanlar akadimiyasinng Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlangan “O’zbek tilining izohli lug’ati” tilimizning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Mustaqilligimizning 17 yilligi bayrami arafasida nashr etish ishlari yakunlangan 5 jildli mazkur izohli lug’at o’zbek adabiy tilida iste’molda bo’lgan 80 mingdan ortiq so’z, so’z birikmasi, fan va texnika,, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, tarixiy va eskirgan atamalarni o’z ichiga olgan.
Shevalarni o`rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo`q bo`lib ketgan yoki ma’lum darajada o`zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo`lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o`rganish uchun juda ahamiyatlidir.
Shuningdek, o`zbek dialektologiyasi ham o`zbek tili tarixini o`rganish, uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimiy o`zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo`lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi zamon o`zbek shevalarining xususiyatlarini o`rganish bilan (shu sheva materiallari yordamida) aniqlashimiz, to`ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o`rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shevalarni o`rganish, o`zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik me’yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o`zbek orfografiyasi va orfoepiyasini stabillashtirish uchun ham katta yordam beradi.
Shevalarni o`rganish xalq tarixi, etnografiya uchun ham muhimdir. Masalan, shevalarni o`rganish orqali o`tmishdagi urug`-qabilalarning joylashish hududlarini aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim ko`rinishlarini yaratmoq mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |