Sherzod Kazakbayev:
1-savol
Usmoniylar imperiyasida XVIII asrda yashagan Usmon bin Abdul Mannon "bu jarayonni" xalq tilda shunday tushuntiradi: " Agar siz kabob yemoqchi bo'lsangiz, go'shtni shampur(six) ga o'tkazib uni olov atrofida aylantirishiz mantiqan to'g'ri. Olovni kabob atrofida aylantirmaysizku?"
Hurmatli bilimdonlar Abdul Mannon qaysi jarayonni oddiy qilib tushuntirmoqchi bo'lgan?
Javob : Yerni Quyosh atrofida aylanishini.
Qabul : Kopernik geliostsenrizmi
2-savol
Bu yerni "bunday" laqab olishiga tadqiqotchilar 3 xil versiyani asos qilib ko'rsatishadi. Birinchi versiyaga ko'ra aybdor ko'mir. Ikkinchi versiyaga ko'ra esa aybdor bu yerga xos ob-havodur. Uchinchi versiyaga ko'ra bu yerni tabiiy mudofaa chizig'i bo'lmish ulkan oq qoyalar. Bu qoyalarni juda uzoqdan ham ko'rish mumkin va ular baland aysberglarga o'xshaydi. Savol bu yerni laqabini ayting
Ps: Bu savol bilan jamoammiz turnirni boshlaydi.
Javob : Tumanli Albion
3-savol
Ushbu qurilma 1920-yillarning boshida AQShda ixtiro qilingan. U birinchi marta kokteyl mikserlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullangan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va tezda aholining katta qismi orasida mashhurlikka erishgan. 30-40-yillarda isitish darajasi va tezligini tartibga soluvchi modellar paydo bo'ldi.
Nima uchun 1960-yillarda ushbu qurilmalarning sotuvi ko'tarildi?
Javob: Qurilma -fen. Chunki erkaklar ham uzun soch qoʻya boshlashdi: tabiiyki, fenga ehtiyoj yanada oshgan.
4-savol
2007-yilda Xitoy bankining xodimi ULARNI sotib olish uchun omborxonadan katta miqdordagi pulni o'g'irlab ketgan. Unga omad kulib boqdi va u bu pulni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bir muncha vaqt o'tgach, u yana xuddi shunday qilmoqchi bo'ldi - lekin uning omadi chopmadi va tez orada hibsga olindi.
ULARNI ikki so'z bilan ayting?
Javob: Lotereya chiptalari
5-savol
Bu sport 1900-yilda Olimpiya o’yinlariga aylandi va shundan beri asta-sekin qayta tiklana boshladi. 2002-04 yillarda uning Angliyada mashhurligi bir necha bor oshdi va buning uchun, albatta, “Uzuklar hukmdori” trilogiyasiga minnatdorchilik bildirish kerak. Bundan oldin esa, 1991-yilda, butun dunyo kinoteatrlarida rejissyor Kevin Reynolds tomonidan boshqariladigan blokbaster namoyish etilganda ham xuddi shunday mashhurlik o‘sishi kuzatilgan edi.
Biz qaysi sport turi haqida gapiryabmiz?
Javob: Robin Gud (kamondan o’q otish haqida)
Sherzod Kazakbayev:
6-savol
Bir kompozitor oʻzgacha uslubdagi yozuvlar toʻplamini eʼlon qiladi. Ushbu toʻplam yoʻtal ovozi, oyoqlarni tovushi, qushlar ovozi va bolalar yigʻisidan iborat edi.
Kompozitor ushbu toʻplamni U vaqtda toʻplagan edi.
Savol: U ni yozib bering.
Javob : Bir daqiqalik sukut.
Izoh: Kompozitor ushbu tovushlarni bir daqiqalik sukut vaqtida yozib olgan.
7-savol
Barchamiz eskolatorda harakatlangan bo‘lsak kerak. Har qalay ko‘p joylarda ommalashdi. Savol javobini topish uchun eskolatorga chiqqan bo‘lish ham shart emas.
Metro eskalatoridagi qo‘l ushlash lentalari va zinalar o‘rtasidagi tezliklar bir-biridan farq qiladi, ya’ni har xil.
Savol: Bundan ko’zlangan sabab qanday?
Javob: yo‘lovchilar eskolatorga chiqqanda uhlab qolmasliklari uchun.
8-savol
Maymunlar sayyorasi filmidagi inqilob nima sababdan amalga oshmay qolganini sababi, ular “Uni” yordamga chaqirishmagan...
Savol: mantiqan Uni topishga harakat qilib ko‘ring
Javob:
King Kong
Do'stlaringiz bilan baham: |