14.2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari. Mehnat unumdorligi darajasi har xil usullar yordamida aniqlanadi. U yoki bu usulni qo`llash qo`yilgan aniq vazifaga va berilgan ma`lumotlarga bog’liq bo`ladi.
Amalda mehnat unumdorligi darajasini aniqlashning quyidagi usullari mavjud:
1) Bevosita natural usul. (MU=S/T) - mahsulot hajmi bevosita natural usulda ulchanadi va u xodimlar soni yoki ana shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtga bo`linadi. Natijada 1-xodimga yoki sarflangan vaqt birligiga kancha mahsulot to`g’ri kelishi aniqlanadi. Bu usul bir xil mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida keng qo`llaniladi.(ko`mir qazib chiqarish, gazlama to`kish va x.z).
Bu usulni qo`llash ma`lum chegaraga ega, chunki:
ishlab chiqarilgan mahsulot bir xil bo`lishi va uning umumiy hajmi bir xil natural ko`rsatkichda o`lchanishi kerak;
ishlab chiqarish ommaviy yoki seriyali bo`lishi va texnologik jarayoni
uzoq bo`lmasligi kerak.
SHu sharoitlardan ma`lum bo`ladiki, bu usulni asosan ish joyida yoki brigadada, tsexda yoki korxonadagina qo`llash mumkin. Bu usulning kamchiligi shundaki, unda mahsulotning sifati hisobga olinmaydi.
SHartli natural usul. MU = (S*K/T)- mahsulot hajmi shartli natural usulda ulchanadi va u xodimlar soni yoki ana shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtga bo`linadi. SHartli natural usuli yordami bilan qazilgan ko`mirning kaloriyasini, tayyorlangan sutning yog’lilik darajasi e`tiborga olinib mehnat unumdorligi darajasi aniqlanadi.
Mehnat usuli, (1=T/(X)- shu hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt kishi soatlari va kishi minutlarida o`lchanadi va u ishlab chiqarishni mahsulot hajmiga bo`linadi. Natijada bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflangani aniqlanadi. Bu usulni faqatgina bir korxona chegarasida qo`llash mumkin.
Qiymat usuli MU= (X*Rp/T)- mehnat unumdorligi darajasini aniqlashning eng keng tarqalgan va universal usulidir. Ma`lumki, hamma sanoat mahsulotlari va ko`rsatilgan xizmatlar uchun baho belgilanadi. Ana shu bahoni mahsulot hajmiga ko`paytirib, mahsulotning qiymat shaklidagi hajmi aniqlanadi va uni xodimlar soni yoki sarflangan vaqtga nisbatan olinadi. Natijada 1 xodimga yoki sarflangan vaqt birligiga qancha mahsulot to`g’ri kelishi aniqlanadi.