Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko`rsatkichlari
Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko`rsatkichlar hisoblanadi:
mutlaq qo`shimcha o`sish (yoki kamayish);
o`sish (yoki kamayish) koeffitsienti yoki sur`ati; qo`shimcha o`sish (yoki kamayish) koeffitsienti yoki sur`ati (foizda); 1% qo`shimcha o`sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.
YUqorida qayd qilingan ko`rsatkichlarini batafsil ko`rib chiqamiz.
Mutlaq qo`shimcha o`sish yoki kamayish- har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang’ich yoki o`zidan oldingi davr darajasini ayirish yo`li bilan aniqlanadi.
i / i1 У i У i1 i / i2У i У0 (10.1)
O`sish yoki kamayish koeffitsienti yoki sur`ati (Ko`.k.) - har qaysi keyingi davr darajasi boshlang’ich yoki o`zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha martaba katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini ko`rsatadi.
K i / i3У i /У i1 ; Ti / i1 У i 100 /У i1 ; K i / i0 У i / У0 ; T i / i0 У i 100 / У0 (10.2)
3.Qo`shimcha o`sish (kamayish) sur`ati(D) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang’ich davr darajasi ayirilib, 100 ga ko`paytiriladi va boshlang’ich davr darajasiga bo`linadi.
i / i0 (У i У0 ) 100 (10.3)
У0
Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga ko`paytiriladi va o`zidan oldingi yil darajasiga bo`linadi.
13-mavzu: IQTISODIY INDEKSLAR
Reja:
1 Indeks so`zining luaviy ma`nosi va qo`llanishi
2 Indekslarning turlari va tasnifi
Indeks so`zining luaviy ma`nosi va qo`llanishi
Lotincha indeks (index) so`zi aynan tarjima qilinganda alomat, belgi degan ma`noni bildiradi. Bu so`zni ko`pincha «ko`rsatkich» mazmunida ham sharhlaydilar.
Statistikada indekslar deganda maxsus iqtisodiy ko`rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o`rganishda muhim qurol hisoblanadi. Statistik indekslar iqtisodiy hodisalarning rivojlanish darajasini ko`rsatadi, ya`ni ular o`rganilayotgan hodisalarning umumiy hajmini ifodalamaydi, balki ularni qiyosiy jihatdan
xarakterlaydi, o`zgarishini aniqlaydi.
Indekslar odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalanadi. SHunga asoslanib, indekslarni nisbiy miqdorlar deb ta`riflash darsliklar va ilmiy asarlarda keng tarqalgan. Ammo bunday ta`rif indekslar mohiyatini haddan tashqari soddalashtirish, ularning sotsial-iqtisodiy hodisalarni bilish quroli sifatida roli va o`rnini tor doirada chegaralashdan boshqa narsa emas.
Indekslarning nisbiy miqdorlarda ifodalanishi, ularning mohiyatini namoyon bo`lish shakllaridan biridir, xolos. Indekslar nafaqat nisbiy ko`rsatkich, balki shu bilan birga o`rtacha ko`rsatkichdir, chunki ular o`rtacha o`zgarishlarni ta`riflaydi. Bundan tashqari, mutlaq o`zgarishni ham ta`riflashi mumkin, chunki o`rtacha nisbiy o`zgarishda mutlaq o`zgarish ham o`z ifodasini topadi.
Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko`rsatkichdir, tabiatan u nisbiy, o`rtacha va mutlaq miqdorlarni o`zida birlashtiradi.
Indekslarni hisoblash natijasi odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalansada, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq qiladi. Nisbiy miqdorlarda asosiy urg’u va e`tibor taqqoslanayotgan ko`rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati, predmeti, moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so`z u yoki bu jarayonda kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi.
Indekslarda esa birinchi o`rinda solishtiriladigan ko`rsatkichlarni shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi.
Indeks deganda shunday murakkab ko`rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarini taqqoslama bir o`lchovli ko`rinishga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi.
Bu ta`rifda «hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli ko`rsatkichlari» degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki undan ortiq holatlar orasida ma`lum jarayon kechadi, indekslar esa o`sha jarayonda o`rganilayotgan hodisalar me`yorida sodir bo`lgan o`zgarishlarni ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar, mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan (rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak, indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi.
Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga asoslanadi. Hodisalar to`plami yoki murakkab hodisa ayrim elementlardan, qismlardan tarkib topadi, ularning o`zgarishlari har xil me`yorlarda kechadi. Indeks usuli ularni bir butunga aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o`rtacha o`zgarish me`yori sifatida shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish funktsiyasini bajaradi.
Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o`zgarishida boshqa omilhodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash imkonini beradi, demak, indekslar analitik funktsiyani ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |