Sherobod agrosanoat texnikumi


O’ZBEKISTON RESPUBILKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Download 1,47 Mb.
bet43/107
Sana23.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#843054
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
Samad cтатистика

O’ZBEKISTON RESPUBILKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI


SHEROBOD AGROSANOAT TEXNIKUMI

STATISTIKA FANIDAN


MA’RUZALAR MATNI

Maxsus fan o’qituvchisi: Normurodov Samad


2021-yil



1-mavzu: STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI
Reja:
1.Statistika to`g’risida umumiy tushuncha.
2.Statistika fanining predmeti va usuli.
3.Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


Tayanch iboralar:
Statistika, statistik tadqiqot, statistik to`plam, statistik ma`lumot, statistik ko`rsatkichlar.


Statistika to`g’risida umumiy tushuncha.
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo`lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish ob`ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma`lumotlarga ehtiyojlar paydo bo`lgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo`layotgan o`zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo`lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tug’ilish, o`lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o`rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko`chib yurishi bilan bog’liq bo`lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. Qishloq xo`jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo`jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.
«Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan.
Hozirgi kunda statistika deyilganda:

  • o`z ob`ekti va usuliga ega bo`lgan mustaqil fanni;

  • amaliy faoliyatdagi mustaqil tarmoqlarni, ya`ni Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, viloyatlarda iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari, tumanda iqtisodiyot va statistika blimlarini;

  • ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ta`riflaydigan umumiy ko`rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi.

Statistika ko`p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi hisobi (ro`yxati) o`tkazilgan. Rossiya (Moskva)da ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro`yxati o`tkazilgan.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Bu davrda endigina feodalizm o`rnini kapitalizm tuzumi egallayotgan edi. Kapitalistik tuzumning barqaror bo`lishi ko`pgina fanlarning, shu jumladan statistikaning ham rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. XVII asrda Angliyada «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo`lganlar. U.Pettini o`z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma`lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo`lib bel’giyalik olim A.Ketle (17961874) hisoblangan. O`sha davrda Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi marta «statistika» so`zini qo`llagan. Angliyada esa A.Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish