Sherobod agrosanoat texnikumi


Aholining tabiiy harakati statistikasi



Download 1,47 Mb.
bet90/107
Sana23.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#843054
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
Bog'liq
Samad cтатистика

12.4. Aholining tabiiy harakati statistikasi
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug’ilishi, vafot etishi va migratsiyasi hisobiga o`zgarib turadi. Aholi sonini tug’ilishlar va vafot etishlar hisobiga o`zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug’ilishlar soni – T, vafot etganlar soni – VE, tabiiy o`sish soni – (T-VE). SHular qatoriga nikohdan o`tganlar soni – NO`t va nikohdan o`chganlar soni – NO`ch ko`rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug’ilishi, vafot etishi va tabiiy o`sish darajasi va o`zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog’liq. Bu ko`rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar xaqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa xam, lekin ular bunday tabiiy xarakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni xar xil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug’ilgan bo`lib, u mamlakatlarning o`rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug’ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug’ilish, vafot etish va tabiiy o`sish absolyut sonini mamlakatning o`rtacha yillik aholi soniga bo`lish kerak. Statistikada bunday ko`rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy xarakatini ifodalovchi nisbiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko`rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o`rtacha yillik soniga bo`lib aniqlanadi.
1. Tug’ilishning umumiy koeffitsienti ma’lum xududdagi aholining xar
1000 tasiga nechta tug’ilish to`g’ri kelishini ifodalaydi Tug’ilish umumiy Kt=T x 1000%/Ā;
«A» shahrining o`rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda 5,6 ming kishi tug’ilgan
Umumiy tug’ilish Kt=5,6/400 x 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug’ilganini ifodalaydi. Bu ko`rsatkichni ham vaqt bo`yicha, ham xududlar bo`yicha solishtirish mumkin.

  1. Vafot etishning umumiy koeffitsienti xar ming kishidan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.

Umumiy vafot etish Kt=VE/Ā x 1000%0
«A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
Umumiy vafot etish Kt=4,0/400x1000%=10%0
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi.

  1. Aholining tabiiy o`sish koeffitsienti xar 1000 kishiga to`g’ri kelgan tabiiy o`sish darajasini ko`rsatadi.

Tabiiy o`sish Kt=T-VE/Ā x 1000%
«A» shahri uchun tabiiy o`sish koeffitsienti
Tabiiy o`sish Kt=5,6-4,0/400 x 1000%=4%0 yoki
Tabiiy o`sish Kt=14-10=4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko`payish to`g’ri kelgan.
O`zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi:
bular ayniqsa aholi tug’ilishi, tabiiy takror paydo bo`lishi, migratsiya va urbonizastiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o`sish darajasi va aholi sonining mutloq o`sishi ancha pasaydi.
Keyingi o`n yil ichida (1991-2000 yy.) O`zbekiston aholisi 3,9 mln.
kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O`rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o`rtacha yillik absolyut o`sish – 390 ming kishini tashkil etdi.
Avvalgi o`n yillikda (1981-1990 yy.) O`zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o`rtacha o`sish tempi 2,5%ni tashkil etgan.
Undan avvalgi o`n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o`rtacha 3,8%ga ortgan.
Aholining o`sish tezligining kamayishi asosan migratsiya hisobiga va tug’ilishning kamayishi hisobiga amalga oshgan. Qishloqda tug’ilish 25,5%0ga tenglashib, respublika bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichga tenglashib qoldi va yana pasayish tendenstiyasiga ega.
«Ijtimoiy fikr» nomli markaz ma’lumotlariga qaraganda pasayish 2010 yilgacha davom etadi. 2001-2010 yillar davomida o`rtacha o`sish darajasi 1,4%ni tashkil etib, 2010 yilda aholi soni – 27,9 mln. kishini tashkil etadi. Tug’ilish Kt-17,6%gacha pasayadi, vafot etish Kt ortadi. 2010 yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi hisobiga tug’ilish biroz ortadi va 2025 yilda O`zbekiston aholisi – 34,7 mln. kishiga etadi.
4. Yashash koeffitsienti tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi:
Yashash Kt=T/VE x 100%0; yoki
Yashash Kt=Umumiy tug’ilish Kt/Umumiy vafot etish Kt
Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffitsienti =1,4 (tug’ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko`p)ga teng.
Nikohdan o`tish va nikohdan o`chish koeffitsientlari ham shularga o`shab aniqlanadi.
Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar – maxsus va yakka koeffitsientlar demografik jarayonlar sonini o`sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu ko`rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng ma’noda o`rganish imkoniyatini beradi.

  1. Tug’ilishning maxsus koeffitsienti yil davomida bola tug’ish yoshidagi xar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola ko`rganini ifodalaydi:

Maxsus tug’ilish Kt=T/A15-49 yosh x 1000%
Bunda, A15-49 yosh – 15-49 yoshdagi ayollarning o`rtacha yillik soni tug’ilishning umumiy va maxsus koeffitsientlari orasida quyidagicha bog’lanish mavjud:
Maxsus tug’ilish Kt=Umumiy tug’ilish Kt/d
Bunda d=A15-49/A – 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i.
«A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i
24,5% bo`lsa,
Maxsus tug’ilish Kt=14%/0,245=57,1%0

  1. Tug’ilish va vafot etishning yosh koeffitsientlari. Masalan, vafot etishning yosh koeffitsienti ma’lum yoshdagi kishilarning vafot etish darajasini ifodalaydi:

Vafot etish Kt=Xyoshda vafot etganlar soni/Āx x 1000%
Uchinchi guruh - andozaviy koeffitsientlar bo`lib, ular aholini takror paydo bo`lishini hududlar bo`yicha yoki bir hududdagi har xil vaqtlar orasidagi o`zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Ikkita «A» va «V» aholi punktlari bo`yicha 2004 yilda quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Yoshi, yil




A




V

Region

VE
koeffitsienti

Ax jamiga nisbatan%

VE koef. X

Ax, jamiga nisbatan %

Ax jamiga nisbatan %

0-30

2

60

2

30

42

30-60

6

30

5

30

41

60-yuqori

22

10

21

400

17

Jami

5,2

100

10,5

100

100

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda vafot etish, koeffitsienti yosh kategoriyalari bo`yicha kichik bo`lsa ham, «V» punktda «A» punktiga nisbatan yuqori. Bunday holat aholining yosh tarkibi xar xil bo`lganligi sababli sodir bo`lgan: «V» punktidagi aholi tarkibi ancha yosh. Tarkib omili ta’sirini yo`qotish maqsadida andozaviy ko`rsatkichlarni hisoblaymiz (masalan, region bo`yicha olingan aholi tarkibi asosida):


«A» uchun VEkt=2x42+6x41+22x17/100=7,04%0
«V» uchun VEKt=2x42+5x41+21x17/100=6,46%0
Bu ko`rsatkichlar asosida aytish mumkinki, «A» punktida vafot etish koeffitsienti yuqoriroq.
Shunday qilib, demografik jarayonlarni o`rganish jarayonida faqat umumiy ko`rsatkichlardan foydalanish etarli emas. Aholini takror paydo bo`lish jarayonini faqat o`zaro bir-biri bilan bog’langan ko`rsatkichlar tizimi to`liq aks ettirishi mumkin: umumiy, yakka, maxsus, andozaviy ko`rsatkichlar.
Sobiq SSSR davlatining parchalanishi va ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar natijasida aholining mexanik xarakati faollashib ketdi. Qochoqlar va majburiy ko`chishlar soni ortdi. Bular haqidagi ma’lumotlar davlatning migratsiya xizmati tomonidan to`planib, Davlat statistika qo`mitasiga beriladi. Qochoqlar va majburiy ko`chishlar sonining ortishi qabul qiluvchi tomon uchun qo`shimcha tashvishlar yaratadi: ishga joylash, uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy qo`llab quvvatlash, tibbiy yordam ko`rsatish va h.k.
Aholining tabiiy va mexanik xarakati sababli aholi sonining o`zgarishini o`rganish uchun aholining umumiy o`sish koeffitsienti aniqlanadi. Uni bir necha usul bilan aniqlash mumkin:
Umumiy o`sish Kt=tabiiy o`sish Kt+Mexanik o`sish Kt;
Umumiy o`sish Kt=(T-VE)+(K-Ch)/Ā x 1000%;
Umumiy o`sish Kt=A1-A0/Ā x 1000%
«A» shahrida 2004 yil boshida 398 ming kishi yil oxirida esa 402 ming kishi mavjud bo`lgan. Yil davomida 3,; ming kishi ko`chib kelib, 1,0 ming kishi ko`chib ketgan.
Mexanik o`sish Kt=3,;-1,0/400 x 1000%=6%0
Umumiy o`sish Kt=4%+6%=10,0%0
Shunday qilib, barcha omillar hisobiga aholining o`sishi 10%0ga, shu jumladan, mexanik o`sish 6% tashkil etgan.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish