Aholi soni statistikasi Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. YUqorida aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo`lib, aholi ro`yhati hisoblanadi va u aholi sonini ma’lum kun yoki ma’lum momentga (kritik momentga) nisbatan ifodalaydi. Ro`yhatlar orasida ma’lum aholi punktining aholisi soni avvalgi aholi ro`yxati ma’lumotlari va aholining joriy hisobi, ularning tabiiy va mexanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo`li bilan balans sxemasi bo`yicha aniqlanadi: yil oxiridagi aholi soni=yil boshidagi aholi soni+yil davomida tug’ilganlar soni+kelganlar soni-o`lganlar soni-yil davomida ko`chib kelganlar soni.
A1=A0+T+Kel-O’-Ket; Aholi sonini hisobga olish aholi yashaydigan punktlar bo`yicha amalga oshiriladi va u doim o`zgarib turadi. Aholi xaqidagi ma’lumot tenglashtirilgan vaqt – kritik moment deb ataladi.
Bunda doimiy va vaqtincha yashaydigan aholi sonini bir-biridan ajratish lozim.
Doimiy yashaydigan aholiga - hisob o`tkazilgan davrda qaerda bo`lishidan qat’iy nazar shu aholi punktida ro`yhatdan o`tgan va yashaydigan shaxslar kiradi.
Bu ko`rsatkichlarni to`liq hisobga olish uchun vaqtincha yo`q bo`lganlar va vaqtincha yashayotganlar kabi ko`rsatkichlar bilan to`ldiriladi.
Vaqtincha yashayotganlarga doimiy yashash joyi boshqa punktda bo`lib, hisobga olinayotgan vaqtda shu punktga kelgan shaxslar (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) tushuniladi.
Vaqtincha yo`q bo`lganlar doimiy shu punktda yashab, lekin hisob vaqtida vaqtincha (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) boshqa hududga ketgan shaxslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo`l qo`yiladi. Masalan, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari amalda o`quv joylaridagi doimiy aholi soniga qo`shiladi.
Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib turishi sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining o`rtacha yillik soni, odatda aholini yil boshidagi va yil oxiridagi sonini hisobga olgan holda o`rtacha arifmetik formula bo`yicha
aniqlanadi: A A0 A1 2
Aholining soni bir necha teng oraliqdagi muddatlar masalan, choraklar bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda o`rtacha xronologik formula bo`yicha
1 / 2 A1 A2 A3 ...AП aniqlanadi: A ;
П1
Mamlakat aholisi uning hududi bo`yicha joylanishi nuqtai nazardan shahar aholisi va qishloq aholisiga bo`linadi. SHahar aholisiga shaharlarda va shahar ko`rinishidagi posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq joylarida yashovchi barcha shaxslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo`lgan mehnat xarakteriga qarab: qishloq xo`jaligida va unda bo`lmagan aholiga ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan belgilanadi.
O`zbekiston aholisi soni 2004 yil 1 aprelda 25 670 ming kishini tashkil etdi. Ularning 60 foizdan ortig’i qishloq aholisi tarkibiga 40 foizga yaqini esa shahar aholisi tarkibiga kiritilgan.
Aholi umumiy soni bo`yicha O`zbekiston MDH davlatlari ichida Rossiya va Ukrainadan so`ng uchinchi o`rinda turadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 54,4 kishini (2004 y.) tashkil etdi. O`zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasining 40 foiz aholisi yashaydi.
O`zbekistonning o`ziga xos demografik xususiyati shundaki, bu erda aholining o`sish sur’atlari yuqori. Keyingi yillarda aholi tabiiy o`sishining bir qadar pasayishiga qaramasdan, respublikamizda bu ko`rsatkich MDH davlatlari orasida eng yuqori ko`rsatkichlardan biri bo`lib qolmoqda.
SHunday qilib: DA=MA-VYa+VY
MA=DA+VYa-VY
DA – doimiy aholi soni
MA – mavjud aholi soni
VY – vaqtincha yo`q bo`lgan aholi soni
VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni
Masalan, «A» shahri bo`yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
yil boshida mavjud aholi soni - 315
shulardan vaqtincha yashayotgan shaxslar soni – 11
vaqtincha yo`q bo`lgan shaxslar soni – 19
yil oxirida shaharda doimiy yashovchilar soni – 307
shulardan vaqtincha yashayotganlar soni – 12
yil oxirida vaqtincha yo`q bo`lganlar soni – 18
U holda: 1) DA yil boshida=315-15+19=323 ming kishi
DA yil oxirida=307-12+18=313 ming kishi
DA soni o`zgarishi = - 10 ming ishi
MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi
MA yil oxirida=307+12-18=301 ming kishi
MA soni o`zgarishi = - 14 ming kishi
Bunda aholining yil boshi va oxiridagi ikki xil sonini hisoblashdan maqsad, har xil ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkchilarni aniqlash hisoblanadi: ularga uy-joy, bog’cha-yasli, o`quv yurtlari binolari va kasalxonalarni qurishda har bir aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan, shaxar transportini to`xtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida mavjud aholi sonidan kelib chiqishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit aholining hududlar bo`yicha tarqalishini va ayrim hudud yoki administrativ birliklar bo`yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini aniqlash uchun shu xududda yashovchi aholi sonini hudud kengligiga (km2) bo`lib aniqlanadi. Masalan, O`zbekiston bo`yicha bu ko`rsatkich 2004 yilda o`rtacha 54,4 kishi (25,6 ming kishi/447,300 km2)ga teng bo`lgan. Lekin bu ko`rsatkich mamlakatning ayrim xududlari bo`yicha bir-biridan keskin farq qiladi.