O`tilgan darsni takrorlash. 1.Chinakam shoirning fazilatlari nimalarda aks etadi? 2.Insoniy jasorat va badiiy joziba shoirning qaysi she’rlarida kishini hayratga soladi? 3.Shoir qaysi jurnalda bosh muharrir bo`lib ishlagan? 4.Omon Matjon boshqa ijodkorlardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? Ehtirosli shoira, jurnalist, mushohadanavis, faol jamoatchi, O`zbekiston Respublikasi xalq noibi, Respublika Prezidentlik Kengashining a’zosi, «Saodat» oynomasining bosh muharriri, Respublika xotin-qizlar Kengashining raisi Halima Xudoyberdiyeva 1947 yili Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida oddiy dehqon oilasida tavallud topgan.Otasi- Ummatqul Xudoyberdi o`g`li bog`bon edi.Onasi- Sharofat Xonnazar qizi bo`lajak shoira endi ikki yoshga to`lganida vafot etadi.So`ng unga xolasi-qishlog`ining faol ayollaridan bo`lgan Qarshigul Xonnazar qizi onalik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |