1.Tashxis - (arabcha shaxslantirish degani)- faqat insongagina xos bo'lgan jismoniy va ruhiy holatlarni jonsiz narsalarga va hayvonlarga ko'chirish.
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand! (Oybek)
Ochilur sahar sabodin dema g'uncha mushti har tun,
Ochibon qo'li oyosin qiladur sanga duo gul.
Noz-u, ado-u, g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina!?
Tarab tiflin tug'urdi dahr zoli
Ango bo'ldi magarkim doya navro'z. (bu baytda 3ta tashxis bor.)
2.Intoq-jonsiz narsalarni, qushlarni, hayvonlarni gapirtirish.
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir: Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Tazmin (arab. "bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo'ymoq")-o'zga shoir g'azalidan bir misra yoki bayt olinib, o‘sha vazn,o'sha qofiya, o'sha mavzuda she'r yozish. Mashrabning "Sensan sevarim" g'azali Lutfiyga tazmindir. Furqatning "Surmadin ko'zlar qaro" g'azali Fuzuliyga tazmindir.
Husni ta'lil (arab. "chiroyli dalillash") bir voqea- hodisaning sababini unga dahli bo'lmagan boshqa bir voqea - hodisa bilan izohlashdir.
Quyosh oydek yuzungning xijlatidi
Qochib, to'rtinchi ko'k uzra chiqibdur. (Lutfiy)
Nozuklik ichra belicha yo'q tori gesuyi,
O'z haddini bilib belidin o'lturur quyi. (Lutfiy)
Qutlug' oyog'ing yerga tegibdur, oning uchun,
El yerga qo'yub bosh, qilur barcha ibodat. (Lutfiy)
Labingdin chun suchuklik qand o'g'urlar,
Solurlar el ani suvg'a yalang'och. (Lutfiy)
Yuzlaringdan sharm etib, gulshanda, ey ruxsor gul
Ko'rinur har yil bahor ayyomida bir bor gul.
Tuz ishi yo'q gumbazi davvorning
Kim xati tuz kelmadi pargorning.(Bu aylanguvchi dunyoning hech to'g'ri ishi yo'q, chunki uning pargori chizgan chiziqining hech to'g'risi yo'q.)
Kuyib, o'rtanib sham suv bo'ldi pok.
Asar qildi so'zi gudozim mening. (Nodira)
yoki: «Nayza bo'lib tuzlig'idin sarbaland - Nayzaning sarbalandligi to'g'riligi tufaylidir. (Navoiy)
Tajnis (arab. "o'xshash", "shakldosh") - shakldosh so'zlarni qo'llash. Tajnisni "jinos" ham deyishadi. «Tajnis» ning ma'nosi "biror narsa bilan o'xshash bo'lmoq»dir, Jinos esa "hamjins"degan ma'noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo'lgan so'zlarni turli ma'nolarda qo‘llashni anglatadi. Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. U tuyuqdir. Raqiblarga qilur la'ling tabassum,
Qonimni g'ussadin toshurmog'ing ne?
Ko'ngul shishasida mehring mayidir,
Jafo bilan unga tosh urmog'ing ne?
Tajnis qofiyaga olinganda shuning o'zi qofiya vazifasıni o'taydi. Ya'ni ma'nosi har xil bo'lgani uchun bu yerda tajnisli so'zlarning takrorlanishi qofiya o'rnida qabul qilinadi.
Bo'yung sarv-u sanubartek, beling qil
Vafo qilg'on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy «Muhabbatnoma»)
Dastlabki «qil» -ingichka, nozik ma'nosida, keyingisida "qilmoq" fe'lini anglatadi.
Ey bag'ritosh, ko'nglum evin aylama xarob,
Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda. (Lutfiy)
Bu yerda tosh dastlab "bag'i" bilan bog'lanib mehrsizlikni ifodalasa, keyingisida "ichkari" va «tashqari» ma'nosida kelmoqda.
Yuz ochg'il, ko'z seni to'yguncha ko'rsin,
Necha bo'lg'ay bu ko'zim muntazir, och. (Lutfiy)
Birinchi misradagi «och»-"ko'rsatmoq"ma'nosida, keyingisida esa "tashna"o'rnida kelyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |