Assonans ( lotincha assonare – ohangdoshlik so`zidan) – gapda misra va
Assonans ( lotincha assonare – ohangdoshlik so`zidan) – gapda misra va
bandda bir xil unli tovushlarning qaytarilishi:
Ichkarida o`zga hol edi,
Zaynab uchun o`zga fol edi. (H. Olimjon.)
Faqat unlilar hamohang bo`lib kelgan to`liq bo`lmagan qofiya ham assonans
deb ataladi:
Seni unitolmas yuragim aslo!
Ey, O`rta Osiyo, O`rta Osiyo!
Grotesk ( fransuzcha grotesque – kulgili, g`ayribtabiiy so`zidan) – san’at va
Grotesk ( fransuzcha grotesque – kulgili, g`ayribtabiiy so`zidan) – san’at va
adabiyotda kishilarni va ular hayotidagi manzaralarni ataylab haddan tashqari
kuchaytirib yoki kichraytirib, kulgili tarzda buzib ko`rsatish, hayotdagi haqiqiy holatni fantaziya bilan qo`shib, bahimali ravishda bo`rttirib, kulgili qilib tasvirlashdan iborat usul.
A. Qahhorning “Maktub”, G`.G`ulomning “Duoi salom mushtoqona”, S.Ahmadning “Maktub xususinda” nomli fel’etonlari groteskka misol bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |