SHE’RIY SAN’TLAR
Bajardi: Mirzaboboyeva Umida
SHE’RIY SAN’AT TURLARI Talmeh (arabcha chaqmoq chaqilish) — she’rda o’tmishdagi mashhur zotlarga, mashhur qissa,mashhur bayt yoki mashhur maqolga ishora qilish, mashhur tarixiy yoki adabiy qahramonlar nomini keltirish usuli. Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina (Ogah Tazod -arabcha soz bolib, (antiteza (q)) qarshilantirish usulining klassik adabiyotda qollangan bir korinishi. Tazodda qarama-qarshi qoyilgan ikki tomonayni zamonda uzviy ravishda bir-biriga boglanib keladi.
Masalan:E Masihodam begim, bir dam birla bergil shifo,
Sheva birla kozlaring jonimni bemor ayladi.
(Sakkokiy.)Yoki:Aning obi hayotdek sozidin –Bordi, olgan kishi kabi, ozidan (Navoiy.)
Afsonaga kora, “obi hayot” olgan kishini tiriltiradi, ammo bu yerda musofirning“obi hayot kabi sozidan” Bahrom olgan kishi kabi ozidan ketgan.
Tanosib arabcha soz bolib, poetik usullardan biri. Ozaro munosabatdabolgan ikki tushuncha yoki narsaning bir-biriga boglangan holda kelishi.
Misol:Jonim badaning shifosi bolsin,Boshing qadaming fidosi bolsin. (Navoiy.)
Bu baytda jon bilan badan, bosh bilan qadam ozaro munosabatda bolib, bularninghar ikkalasi bir-biriga bog`lab berilgan.
Husni ta’lil – arabcha “chiroyli dalillash”. Adabiy asarlarda tasvirlanaytgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish san’ati.
Ko’rganda qomatingiz bo’lg’ay hijil sanovbar,
Tovus jilvasidan raftoringiz chiroyli (Furqat)
Ishtiqoq (so’zdan so’zni ajratmoq) — she’r baytlarida o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’ati.
Misol: Ganja Vatan , ko’ngli oning ganjxez, Xotiri ganjuru tili ganjrez (A.Navoiy)
Jonimdek o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
Mubolaga - narsa yoki hodisaga xos xususiyatni oshirib tasvirlash.Mubologa obrazni borttirishga va shu yol bilan asarning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Oh, ursa olamni buzar tovushi,
Toqson molning terisidan kovushi.
(Alpomishdan)Navoiyning:
Orazin yopqoch kozimdan tokilar har lahza yosh,
Oylakim paydo bolur yulduz, nihon bolgach quyosh.
Navoiy bu baytida yorning orazini ( yuzini) yopishini quyoshning botishiga, sohibjamol visolidan mahrum bolib, tokkan koz yoshlarini quyosh botganda, osmonda paydo boladigan yulduzlarga oxshatadi, shunday qilib, tokilgan koz yoshlarini yulduzlar singari hisobsiz demoqchi bo`ladi.
Tajnis (arabcha)-omonim (q) sozlarni qollash hamda qoshimchalarVositasi bilan yo sozlarni tarkiblarga ajratish bilan hamshakl qilish. Bu soz oyini deb ham yuritiladi. Toliq – tajnis barcha imkoniyatlardan foydalanilgan tajnis –“tajnisi tom” deyiladi. Tajnis tuyoq janrida keng qo`llaniladi.
Masalan:Chun pariyu hurdur oting, begim,
Sur’at ichra dev erur oting, begim.
Har xadanggikim, ulus ondin qochar,Notavon jonim sori oting begim.(Navoiy.)
Tarse’ – klassik poeziyadagi poetik usullsrdan biri bolib, unda misralardagibarcha sozlar ( birinchi misradagi sozlar bilan ikkinchi misradagi sozlar) birbirigaohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bolib keladi.
Misollar: Kirsun ( bu) savodi ( a’zam ) ichra,
Kezsun ( bu) bilodi ( motam ) ichra.( Navoiy. ”Layli va Majnun”dan)Ul ( bolmasa) ( bolmagay) kitobat,
Bul ( bo`lmasa) (qolmay) hikoyat.( Munis, ”Savodi ta’lim”dan) Tamsil – (misol keltirish)Birinchi misraga dalil sifatida, keyingi misralarda hayotiy misol keltirish.
Masalan:Ey ko’ngul, joni hayoli olida qil peshkash,
Har nima bo’lsa aziz, eltur kishi mehmon sori (Lutfiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |