Tayanch so‘zlar: ilk davlatchilik,ssivilizatsiya, ilk sinfiy munosabatlar, ilk shahar madaniyati, ilk davlatlar tipologiyasi, shahar-davlatlar, hududiy davlatlar, Baqtriya, Jarqo‘ton, Sopolli madaniyati, andronova madaniyati, Marg‘iѐna, piktografiya, zardushtiylik, satrap.
Tadqiqot ob’ekti: Ilk davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi: shahar-davlatlar, hududiy davlatlar, Qadimgi Baqtriya podshohligi, boshqaruv tizimining shakllanishi, ilk davlatlarning moddiy madaniyati va madaniy aloqalari.
Ishning maqsadi: O‘zbekiston hududida ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlariini qamrab oluvchi yaxlit tadqiqot ishi yaratish.
Tadqiqot uslubi:. Arxeologik qazishmalar mikrostratigrafiya uslubida o‘tkazilib, topilmalar statistik va taqqoslash uslubi asosida tahlil qilindi, qazishmalar va madaniy qatlamlarning ѐshi S/14 analizlari va madaniyatlararo tarqalgan ashѐlar ѐrdamida aniqlandi. Ilk davlatlarning arxeologik belgilari ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |