Baqtriyaning Ahamoniylar davri ѐdgorliklari, tipologiyasi va ularni rayonlashtirish. Baqtriya mil.av. VI-IV asrlarda Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan bo‘lsa-da, uning moddiy madaniyatida, me’morchilik, shaharsozlik sohalarida ahamoniylarning madaniy ta’siri sezilmaydi. O‘zgarishlar geografik bo‘linish va siѐsiy boshqaruv sohalarida amalga oshirilgan.
SHimoliy Baqtriyaning Ahamoniylar davri ѐdgorliklari va ularning joylashishi
Dehqonchilik
|
Voha
|
Qishloq
|
Uy -qo‘rg‘on
|
Qal’a
|
Maxsus
|
vohalari
|
markazi
|
|
|
|
ѐdgorlik
|
SHerobod
|
Jondav-
|
Dobilqo‘r-g‘on,
|
Kuchuktepa,
|
Talashqon I
|
Pishak,
|
|
lattepa
|
SHo‘rob
|
|
|
Pachmak
|
|
|
|
|
|
tepa
|
Boysun
|
Qiziltepa
|
Obishir
|
Qizilcha I-XI
|
Bandixon I
|
|
Surxon
|
Xaitobod
|
Bandixon-
|
|
|
|
|
|
soytepa
|
|
|
|
Kafirnigon
|
Qalai Mir
|
Boburtepa
|
|
|
|
Panj
|
Baytudasht
|
Baytudasht I
|
Baytudasht II-III
|
|
|
|
IV
|
|
|
|
|
Vaxsh
|
|
Tomoshotepa,
|
|
|
|
|
|
SHo‘raisoy,
|
|
|
|
|
|
Boldaytepa
|
|
|
|
Qizil-su
|
|
Makonimor
|
|
|
|
Dandamaev M.A., Lukonin V.G. Kulьtura i ekonomika drevnego Irana. - M., 1980. - S.110.
Trever K.V. Aleksandr Makedonskiy v Sogde // VI, 1947, №5. S. 37-42.
Rtveladze E.V. K voprosu o fiskalьnoy slujbe v drevney Sredney Azii // ONUz. 1999, № 9-10. - S.55.
Abaev V.I. Nadpisь Dariya o soorujenii dvorsa v Suze / Iranskie yazыki. - M., - L., 1945. - S.130.
www.arxeologiya.uz 43
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Qadimgi Baqtriya madaniyati davridagidek, har bir dehqonchilik o‘lkada bittadan shaharning joylashishi va shu shahar atrofida qishloqlarning jamlanish jaraѐnini kuzatilgan.
Qishloqlar ham topografik jihatdan ikki tipga ajraladi. SHaharga yaqin joylashgan qishloqlar tarqoq holda joylashgan uylar majmuasidan iborat bo‘lsa, shahardan uzoqda, alohida irrigatsion rayonda joylashgan qishloqlar arkli bo‘lib, shakllanib kelaѐtgan aristokratlar qarorgohini
eslatadi. Zardushtiylikning rivojlanganligini ko‘rsatuvchi, alohida qurilgan, Pachmaktepa kabi ibodatxonalarni ham ko‘rishimiz mumkin.
Baqtriyaning ahamoniylar davri ѐdgorliklarini, uning moddiy madaniyatini o‘rganish va boshqa hududlar bilan taqqoslash natijasida shunday xulosaga keldikki, Baqtriyaning Ahamoniylar imperiyasi tarkibida o‘z o‘rni bo‘lgan. Baqtriyaliklar Ahamoniylar harbiy qurollarining takomillashuviga katta hissa qo‘shgan. O‘rta Osiѐ qurollarining, har xil taqinchoqlarning va metaldan ishlangan idishlarning Eronga olib borilganligi Persepolь qoyalarida ifodalangan rasmlarda ko‘rinadi1. Undan tashqari metal qalqonli, otlari ham qalqon bilan himoya qilingan jangchilarning, yaьni shu tarzda qurollanish odatining Ahamoniylar davrida Eronga, undan old Osiѐga va Hindistonga tarqalganligi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan zikr etiladi2. Bu ma’lumotlar harbiy sohaning rivojlanganligini ko‘rsatadi.
YAratilaѐtgan ilmiy asarlarda Ahamoniylar davrida suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning har tomonlama rivojlanganligi xususida fikrlar mavjud. Bunga misol qilib Kafirnigon va Vaxsh darѐlaridan vohalar tomon qazilgan kanallarni, Sariqamish o‘zanida o‘rganilgan (Kunyauaz) kanallarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ahamoniy shohlar va satraplar dehqonchilikni har tomonlama rivojlantirish tarafdori bo‘lgan. Ksenofontning xabariga ko‘ra « ... shoh har yili imperiya hududidagi dehqonchilik dalalarini o‘zi aylanib chiqishga harakat qilgan, ko‘rmagan erlarni esa ishonchli odamlari orqali tekshirtirgan. YAxshi hosil etishtirgan dehqonlar shahan-shohdan har xil qimmatbaho sovg‘alar olishga muyassar bo‘lgan»3.
Sun’iy sug‘orishning yana bir turi - koriz qazish usuliga Ahamoniylar davrida asos solinganligini I.V. Pьyankov ishonchli manbalar asosida isbotlagan. U Polibiy xabarlari asosida, yaьni uning Salavkiylar shohi Antiox III ning Parfiya cho‘llaridan o‘tish davrida er osti kanallariga duch kelganligi, kanallarning forsiylar davrida qazilganligi va bu yangilik uchun parfiyaliklarning fors shohidan sovg‘alar olganligi xususida ma’lumotlar qoldirgan4.
Gerold Walser. Persepolis. - Tubingen, 1980. - P.32-34.
Gafurov B.G. K 2500 letiyu Iranskogo gosudarstva / Istoriya Iranskogo gosudarstva i kulьturы. - M.,
1971. - S.5-37.
Pьyankov I.V. Srednyaya Aziya v Axemenidskuyu epoxu / ITN, Glava V. - Dushanbe, 1998. - S.267.
Pьyankov I.V. Srednyaya Aziya v Axemenidskuyu epoxu... - S.267.
www.arxeologiya.uz 44
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Dehqonchilikda temir qurollar keng ishlatila boshladi. SHimoliy Baqtriyadagi Qizilcha VI qo‘rg‘onidan topilgan temir o‘roq, Qadimgi Xorazmdagi Ko‘zaliqir, Dingilje, So‘g‘d hududidagi Afrosiѐb kabi ѐdgorliklardan topilgan, temirdan yasalgan mehnat qurollari bunga misol bo‘ladi1.
Eronda toshtaroshlik, toshga ishlov berish bronza davridan boshlab eng rivojlangan hunarmandchilik turi hisoblangan. Ahamoniylar davrida toshtaroshlik san’at darajasiga ko‘tarilgan, bo‘lsada, O‘rta Osiѐga ta’sir etmaganligi Ahamoniylarning imperiya hududi bo‘ylab madaniy yurish qilmaganligidan dalolatdir. Baqtriyada toshtaroshlik ham o‘z an’analari bo‘yicha rivojlangan. Toshdan tegirmon tosh, o‘g‘ir, qayroq, munchoqlar yasalgan. Sirtida 13 ta piktografik belgi ifodalangan, Fozdan topilgan o‘g‘ir O‘zbekiston hududida ѐzuvning paydo bo‘lishi va toshtaroshlik san’ati xususida yangi ma’lumotlar beradi.
Ahamoniylar davrida hunarmandchilik Qadimgi Baqtriya madaniyati davrida qay yo‘sinda rivojlangan bo‘lsa, shu tarzda davom etgan. Hunarmandchilik sohalarining biror tarmog‘ida Ahamoniylarning ta’siri sezilmaydi. Baqtriya va Marg‘iѐnada Qadimgi Baqtriya madaniyati kulolchiligi o‘zining eng rivojlangan pallasiga kiradi. Kuchuk IV davri sopollarining 14 ta tipga va ko‘plab variantlarga bo‘linishi fikrimiz dalilidir2. Ahamoniylardan qolgan asosiy ѐdgorliklar Nadi Ali ѐki Svatdan3 Kuchuk IV davri kulolchiligi namunalarining topilishi Baqtriya-Marg‘iѐna kulolchilik an’analarining Ahamoniylar davrida uning eng rivojlangan shaharlarigacha ѐyilganligidan guvohlik beradi.
XULOSA
Mil.av. IV ming yillik so‘nggida insoniyat tarixida ilk marotaba Mesopatamiyada shakllangan ilk davlatchilik munosabatlari mil.av. III ming yillikda sharqqa - Eron, Hindiston tomon kengayadi. Mil.av. III ming yillik so‘nggida Janubiy Turkmanistonning Tejen, Murg‘ob vohalarida, II ming yillik boshlarida esa Janubiy O‘zbekiston va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida ham shahar-davlatlarning shakllanganligi aniqlandi.
Davlatchilikning shakllanishi uzoq davom etadigan tarixiy jaraѐn bo‘lib, uning kurtaklari patriarxal va qishloq jamoalari davridan boshlangan. Jamoalar ishlab chiqarish xo‘jaligidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, tartibni, tinchlikni saqlash, qo‘shni jamoalar bilan madaniy va iqtisodiy aloqalar qilish kabi munosabatlarni bajargan.
Ilk shahar va davlatlar bilan bir vaqtda shakllangan va rivojlangan, urarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini yaxlit, bir muammo sifatida
Terenojkin A.I. Sogd i CHach // KSIIMKA. 1950. - S.150-173.
SHaydullaev SH.B. Severnaya Baktriya v epoxu rannego jeleznogo veka ... S.93.
Antonini C.S. Swat and Central Asia // «East and west». Vol.19. - Rome, 1969. - R.110-115.
www.arxeologiya.uz 45
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
o‘rganish lozim. O‘rta Osiѐda ilk shahar va davlatlarning rivojlanishi quyidagicha kechgan:
Bronza davrida ilk dehqonchilik vohalari doirasida tarkib topgan shahar-davlatlar (Jarqo‘ton, Togolok, Keleli).
Ilk temir davrida hududiy davlat markazi vazifasini bajargan shaharlar. Qiziltepa, Jondavlattepa, Xaitobodtepa (Baqtriya). Bir hududiy davlat doirasida bitta shaharning bo‘lishi xarakterlidir.
Markazlashgan davlatlar davri shaharlari. Bu davrda shaharlar siѐsiy mavqei va geografik joylashishiga ko‘ra toifalarga ajralgan. Markazlashgan davlat ѐki imperiya poytaxti (Suza, Persopolь), satraplik markazi (Baqtr). Satrapliklar hududlaridagi shaharlar (Afrosiѐb, Qiziltepa, Xaitobodtepa, Ko‘ktepa).
O‘rta Osiѐda diniy qarashlar va dinlar jamoalar va ilk davlatlarning rivojlanishi bilan hamohang rivojlangan. Ilk davlatlarning shakllanishi bilan dinning ham markazlashuv jaraѐni kechgan. SHu bilan birga jamoalarning zoolatirik va ajdodlar ruhiga ibodat kabi diniy qarashlari ham saqlanib qolgan.
Ilk davlatlarning 21 ta arxeologik belgisi asosida 10 ta ijtimoiy belgisi aniqlandi. SHu belgilar asosida Jarqo‘ton shahar-davlatlar toifasiga kiritildi.
Sivilizatsiyaning asosiy ko‘rinishi bo‘lgan ѐzuv - piktografik belgilar Sopolli madaniyati davrida kashf etilgan. Bu belgilarning tarqalish geografiyasi ancha keng bo‘lib, O‘rta Osiѐning janubi, SHimoliy Afg‘oniston, Markaziy va SHimoliy Eron hududlariga xosdir.
Sopolli madaniyati muhrlari tipologik klassifikatsiya qilindi. Ular Sopolli madaniyati an’analari va madaniyatlararo tarqalgan muhrlarga ajratildi. Muhrlar Ko‘zali davrida haѐt tarzidan chiqib ketganligi aniqlandi.
Sopolli madaniyati aholisi Xarappa, qadimgi Eron, Andronovo madaniyatlari bilan bevosita, Suriya, Xett, Mesopatamiya bilan bilvosita madaniy aloqada bo‘lgan.
Sopolli madaniyati aholisi Murg‘ob, Dashtli, Markaziy va SHimoliy Eron aholisi bilan bir etnik guruhni tashkil etgan. Ular evropoid bo‘lib, qirra burun, soch - soqollari qora kishilar bo‘lgan. Mumkinki, qadimgi Eron til lahjalaridan birida gaplashgan. SHu til asosida Qadimgi Baqtriya va Avesta tili shakllangan.
Sopolli va unga turdosh bo‘lgan madaniyatlar kuchli davlatchilik siѐsatining shakllanmaganligi sababli inqirozga yuz tutgan. Iqtisodiy jihatdan bir-biriga qaram bo‘lmagan jamoa tinch yo‘l bilan yangi hududlarga, darѐ o‘zanlari bo‘ylab tarqab ketgan. Natijada, Baqtriya, Marg‘iѐna hududlarida kichik, umumiy maydoni 0,6 - 1,5 gektarlik ѐdgorliklar paydo bo‘lgan (Kuchuk I).
Kuchuk I davrida «nom» tipidagi hududiy davlatlar shakllangan. Bu
www.arxeologiya.uz 46
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
mitti davlatlarning markazi vazifasini Bandixon I, Qiziltepa singari arkli ѐdgorliklar bajargan. Hududlari esa bir ѐki bir necha kichik darѐ o‘zanlari va yaylovlarini o‘z ichiga olgan.
Sopolli va unga turdosh madaniyatlar sopol buyumlarining sifatliligi mutaxassislashgan kulolchilar jamoalarining faoliyat etganligini ko‘rsatadi. Kuchuktepa madaniyati davrida tarqab ketgan har bir jamoa kulolchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. SHu sababli bu davr kulolchiligi sifat jihatdan qo‘pol va shakllari oddiydir.
Sopolli madaniyati davrida zardushtiylik dini ko‘rinishlarining paydo bo‘lishini inobatga olib, so‘nggi bronza davrini ilk zardushtiylik urf odatlarining paydo bo‘lishi davri, Zardushtiylik dinining rivojlanishidagi keyingi bosqichni «Zaratushtra» davri deb ataldi. Bu mil.av. II ming yillikning so‘nggi choragidan Ahamoniylar bosqinigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi..
YAsht naskida eslanadigan Paradata, Atviya, Xyana, Kavi va Tur kabi yurtlarni shakllanib kelaѐtgan «nom» tipidagi hududiy davlatlar sifatida qabul qilishni taklif etamiz. Fikrimizcha, shu kabi hududiy davlatlar asosida Vandidotda eslangan Aryana-Vaydja, Gava Sugda, Moru, Baxdi kabi birlashmalar-davlatlar paydo bo‘lgan.
Kuchuk I davrida shakllangan «nom» tipidagi hududiy davlatlar kichik darѐ o‘zanlari bo‘ylarida yashagan aholini birlashtirgan bo‘lsa, Qadimgi Baqtriya madaniyati davrida voha davlatlar shakllangan (Surxon, SHerobod, Kafirnigon, Vaxsh). Voha davlatlar siѐsiy jihatdan birikib, Qadimgi Baqtriya podshohligining(kavining) paydo bo‘lishiga olib kelgan.
O‘rta Osiѐ xalqlari mil.av. VI-IV asrlarda Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan bo‘lsa-da, uning moddiy madaniyati namunalarida, me’morchilik, shaharsozlik sohalarida ularning madaniy ta’siri sezilmaydi. O‘zgarishlar geografik bo‘linish va siѐsiy boshqaruv sohalarida yuz bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |