Shayboniylar davrida tasviriy san’AT. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kamoliddin Behzod - Buyuk miniatyurachi musavvir



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi0,49 Mb.
#895512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SHAYBONIYLAR DAVRIDA TASVIRIY SAN’AT.

3.Kamoliddin Behzod - Buyuk miniatyurachi musavvir 


15 
O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi o‘zining qadimiy tarixiga 
ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni 
boyitdi. 
Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori - 
Kamoliddin Behzod - Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblarning 
yetakchisi va ustozi bol'gan. 
Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning 
maʼlumotlariga koʻra, Kamoliddinn Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak 
Naqqoshoʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan 
oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom 
ettirib, unirivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez 
shakllangan ekan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi 
ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk 
sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz 
Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad kabi xattotlar ijod bilan band 
boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy 
Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, 
qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol 
topgan. 
Kamoliddind Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga 
chaqirilgan. 1487- yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga 
rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga 
aylangan. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behzod" yoki "Behzod akademiyasi" deb 
ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod 
bilan band boʻdgn, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qilgan, 
maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator 
zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrai 
kushoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi. 1507—10 
yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu 
davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil 


16 
Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda 
Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga 
taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat 
axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va 
boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh 
Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda 
Behzod Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan 
hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining 
oxirida ona shaxri - Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri 
Koʻhi Muxtorning (hozirgi Afg'oniston hududida) xushmanzara joyida joylashgan. 
Oʻrta Sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab 
bergan Behzod ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod 
oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi 
murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular 
oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va 
taʼsirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan. 
Portretlarida inson maʼnaviy qiyofasi, ruhi, his-tuygʻulari, xulq-atvorini aks 
ettirishga ahamiyat bergan. 
Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti 
kutubxonasida) rasmlari, Attorning "Mantiq-ut-tayr" asari qoʻlyozmasiga (1483, 
Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar, Navoiyning 
"Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi 
Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz 
sahobalaribilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy 
Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar Behzodga 
nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi 
Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, 
naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan) —12 rasmdan 6 tasida Behzodning imzosi 
bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar", 
"Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar 


17 
Behzod tomonidan yaratilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari 
qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins universitetida) xattot 
Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8tasi (15-asr 90-yillari) Behzod 
asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda 
Samarqanddagi Bibixonim masjidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham 
mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining xattot Sulton 
Muhammad Nur koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat 
kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan. Nizomiyning "Hamsa" asari nusxasiga 
(1442, Londondagi Britaniya muzeyida) 1493—1535 yillar davomida ishlangan 19 
miniatyuradan 3 tasi Behzod ijodi mahsuli. "Layli va Majnun qabilalari jangi", 
"Suvoriylar jangi" va "Bahrom Goʻrning ajdar bilan olishuvi". Bularda "Savarraxu 
alabd Behzod" degan yozuv bor. Nizomiyning"Hamsa" asari nusxasidagi (1494, 
Londondagi Britaniya muzeyida) 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan. 
Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoni qoʻlyozmasiga (1495, Sankt 
Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasida) Behzod "Layli va 
Majnun maktabda", "Doʻstlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqsalar" nomli 
rasmlarni chizgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostonining 
Sulton Muhammad Hiraviy koʻchirgan qoʻlyozmasi (Sankt Peterburg)da Behzodga 
nisbat berilgan "Madrasadagi bahs", "Layli va Majnun maktabda", "Layli va Majnun 
sahroda", "Majnun Laylining iti bilan" va "Majnunning elchisi Layli huzurida" 
nomli miniatyuralar bor; Saʼdiyning "Guliston" asari qoʻlyozmasining 
(1486,Garvarddagi Fogg sanʼat muzeyida, sobiq Rotshild majmuasidan) xattot 
Sultonali Mashhadiy koʻchirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan. Amir Xusrav 
Dexlaviyning "Hamsa" asari qoʻlyozmasidagi (1495, Dublindagi Chester Bitti 
kutubxonasida) 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud. 
"Sulton Husayn bogʻda" qoʻshaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi, 
muraqqada). "Chol va yigit" rasmi (Nyu Yorkdagi Kevorkyan majmuasida). 
"Tuyalar olishuvi" rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida), Sulton Husayn portreti 
(Shvesiyadagi F. Martin majmuasida), Muhammad Shayboniyxon portreti (Timken 
Burnet majmuasida), Abdurahmon Jomiy portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida), 


18 
"Sulton Husayn va Alisher Navoiy" qoʻshaloq rasm (Sankt Peterburgda). Bulardan 
tashqari, Behzod asarlari al-Xavarnaq qasrining qurilishi (Nizomiyning "Hamsa" 
asariga Behzod ishlagan miniatyura) kutubxonalari, qoʻlyozma fondlari, muzeylari 
va shaxsiy majmualarda ham mavjud. Ustod sanʼatkor sifatida Behzod Hirot va 
Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod 
anʼanalarini butun Oʻrta Sharqqa yoydilar. Behzod anʼanalari keyingi davr 
rassomlari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltinbilan 
bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriyvositalarda yaxlit 
ifoda etishni o‘rgandi. 
Bizgacha yetib kelib, hozirda Parijdagi milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV-
asrga mansub Rashid-ad-Dinning"Maqolalar to‘plami" ga ishlangan miniatyura 
(mo‘j’az san’at) portretlari O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at asarlari 
hisoblanadi. 
XIV-asrga kelib Samarqandda Amir Temurning "Bog‘i Shamol", "Bog‘i Dilkusho" 
saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o‘z 
kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o‘z davrining miniatyurachi rassomi Axmad 
Bog‘i-Shamol tomonidan tasvirlangan. 
O‘rta Osiyo miniatyura san’atini gullab rivojlanishi XV-asrda boshlanadi. XV-asrni 
ikkinchi yarmida Hirot Husayn Bayqaro saltanatida buyuk o‘zbek shoiri Alisher 
Navoiy rahnamoligida taraqqiy etgan madaniyat o‘chog‘iga aylanadi. 
Hirot adabiyot va san’at namoyondalari ichida Kamoliddin Behzod yorqin yulduz 
bo‘lib yarqiradi. 
Ulug‘ miniatyurachi musavvir o‘z zamondoshlari: Sulton Husayn Boyqaro, 
Shayboniyxon, shoirlar Jomiy, Xatefiy kabilarni ajoyib portretlarini chizib bizlarga 
meros qilib qoldirgan. 
Portretlar chuqur ruhiy holatlari bilan ajralib turadi. Sulton Husayn Boyqaro portreti 
tashqi qiyofasi xarakterihaqida Bobur o‘z xotiralarida shunday ta’riflaydi: u ma’noli 
qarab turgan, mahobatli gavdasi kelishgan bamisoli sher, belidan pasti ingichka. U 
sergap, xushchaqchaq Xurosonda 40 yil davomida davlatpanoh bo‘lgan, Behzod 
o‘zbek xoni Shayboniyxon portretini 1507- yili Xirot olingandan keyin yaratdi. U 


19 
ulug‘sarkarda davlat arbobi, ilmli olim, adabiyot va san’atni nihoyatda 
ulug‘laydigan shaxs edi. 
Xon kalta yengil oddiy xirot halatboshida salla, chordana qurib o‘tiribdi. Og‘ir 
vaznli, to‘g‘ri nigohli qo‘li tizzasida yuz qiyofasida matonatli katta qalb egasi 
siymosida tasvirlangan . 
Behzod portretlari yaxlit ranglar bilan tasvirlangan. Chiziqlarni aniq va plastik 
tuzilish xususiyatlari Shaybonixonni barvasta qudrati yelka gavda qiyofasini 
ifodalab beradi. 
Shayboniyxonni portretida inter’erdagi siyohdon kitob, qamchin, katta o‘ng 
barmog‘idagi uzuk kabi buyumlar tomoshabinga ulug‘ sarkarda qiyofasini ochib 
berishda boyitadi . 
Kamoliddin Behzod o‘z asarlarida o‘sha davrda portret miniatyura san’atini 
cho‘qqisiga erishdi. Xusayn Boyqaro qarorgohida miniatyura san’atida boshqa 
rassomlar ham ijod qilgan. Tarixchi Xondamir 1498- yil o‘zining "Xulosat Al’-
Akbar " risolasida rassom Qosim Alini asrimiz nozik asar mualliflarining sardori, 
deb baholagan edi. 
U san’at sir asrorining Xusayn Boyqaro kutubxonasida uning raxnamoligida 
egallagan edi. 
Shayboniyxon saroyida Behzodning qobiliyatli shogirdlaridan biri Mahmud 
Muzahhib (Muzahhib oltin bilan bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi 
fazilatlarini tasviriy vositalarda yaxlit ifoda etishni o‘rgandi. 
Uning dastlabki hammaga ma’lum Alisher Navoiyning portreti (XVI-asr) misol 
bo‘lishi mumkin . 
Mo‘ysafid yoshlardagi shoir, hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan. 
Quvg‘inlikda, amirlik, davlatni boshqarish ishlarida sochlari oqarib irodasi sayqal 
topgan edi. 
"Men keksaysam ham tanam tetik, mening so‘zlarim xanuz qilich kabi o‘tkir" - 
degan edi Alisher Navoiy. 
Mahmud Muzahhibni miniatyura asarida ulug‘ Alisher qiyofasida, soch, soqollari 
oqargan, biroz gavdasi engashgan, tugalmas hayotiy kuch, o‘tkir nigoh, 


20 
labdagiyengil tabassum, shoirning xalqparvar, "gumanist", mutafakkir inson 
ekanidan dalolat beradi. 
Kompozisiya jihatidan bu portret miniatyura san’atida o‘ziga xos xususiyatga ega, 
uning nozik qiyofasi hayotiyligi, ko‘z-qoshlari harakatlarida ifoda etilgan. 
XVII-asrda bir xil O‘rta Osiyo rassomlari o‘z vatanidan uzoqda miniatyura san’atida 
an’analarni davom ettirdilar . 
Rassom Davlat Muxammad Hindistonda Boburiylar saroyida sulton va ularni 
oilalarini, saroy amirlarini, shoirlarning portletlarini yaratdi. 
Shu davrda Hindistonda Muhammad-Murod Samarqandiy Bobur saroyida ijod qilib, 
portret ustasi nomini oldi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xalqlarini o‘tmishda 
qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy ob'yektiv sharoitlar 
sababli realistik tasvir san’ati o‘z shaklini topmay qolgan edi. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish