Mavzuning oʻrganilish darajasi.
Boshqa soʻz turkumlari kabi sifatlarning ham
soʻz turkumi sifatidagi xususiyatlari tilshunos olimlar tomonidan bir necha marta
oʻrganilgan va maʼlum xulosalarga kelingan. O.Madrahimov, N. Abdurahmonov,
Z.Maʼrufov, Gʻ. Abdurahmonov, M. Sodiqova, Sh. Rahmatullayeva kabi olimlar sifat
soʻz turkumi yuzasidan tadqiqotlar olib borishgan.
3
Ularning maʼnoviy guruhlari va
semantikasi, yaʼni maʼnolari kabi tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ham shu soʻz
turkumining xususiyatlari singari umumiy planda tadqiq qilingan. Agar oʻz va
oʻzlashganlik nuqtai nazaridan sifatlarning, shu jumladan, tashqi qiyofa ifodalovchi
sifatlar maʼno (semantikasi)lari ham oʻrganilsa, albatta, bu mavzuda yana ham aniqroq
xulosalarga kelish mumkin boʻladi. Xullas, sifat turkumiga oid soʻzlar umumiy planda
tadqiq etilgan holda ularning bir qismi boʻlgan tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar esa
qisman boʻlsa ham oʻrganilgan.
Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni aniqlashda quyidagi yoʻldan ham borildi:
sifatdan soʻng kishi, odam, inson, qiz, ayol, chol kabi baʼzi bir soʻzlarni keltirish kerak,
yaʼni sifat va undan soʻng soʻz keltirib, aniqlovchi aniqlanmish munosabatini yuzaga
keltirish lozim boʻladi. Mana shu holda sifatning alohida bir turi boʻlgan tashqi qiyofa
3
Madrahimov O. O‘zbek
tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doyr // OʻzSSR Failar akademiyasipiig axboroti, 1957. 1-son. -
B.58-63; Madrahimov O. Sifat va ot turkumlari masalasiga doir // O‘zbek tili va
adabiyo'ti masalalari. -1961, №3.-B.25-29.; Madrahimov O. Yangi sifatlar // Xorazm pedagogika institutining
ilmiy asarlari. -Xorazm, 1964.№ 1. -B. -21-28.Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamoy uzbek tilidagi baʼzi bir juft
va juft-takror soʻzlarning komponentlari masalalariga doir // Samarqand universitetining asarlari, Yangi seriya,
102-chiqarish. Samarqand, 1960.-B.37-44.; Abdurahmonov.N. R. Juft soʻzlarning fonetik xususiyati // Samarqand
universitetining asarlari, Yangi seriya, 115-chiqarish, Samarqand, 1961.-B.55-58.; Abdurahmonov N. R. Hozirgi
zamoy o`zbek tilida juft soʻzlar sostavi masalalari // Samarqand universitetining asarlari, Yangi seriya, 129-
chiqarish, “O‘zbek tilshunosligi masalalari”. Samarqand, 1963. -B.44-47,: Abdurahmonov N. Juft soʻzlarning
sintaktik funktsiyasi (Turkiy tillar materiallari asosida) // Samarqand universitetining asarlari. -1971. №227.-
B.66-69.
ifodalovchi sifatlarni tezroq topish mumkin boʻladi. Bunday usulni Sh.Rahmatullayev
ham qoʻllagan hamda aniqlanmishni qavs ichida bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |