Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Reja
1.
Individ va shaxs tushunchasi
2.
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi.
3.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit vatarbiyaning tutgan o’rni.
4.
Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga
xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit
inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq
qilmog‘i kerak.
O‘z mehnati tufayli inson psixikasi takomillashib xayvonlar psixikasidan
tobora uzoqlashmoqda, va bunga sabab bo‘layotgan omillar bu uning jamiyatda
bo‘lishligi, odamldar bilan birgalikdagi faoliyati, ular bilan turli munosabatlarga
kirishishi, uning dunyoqarashini shakllanishidir va shu bilan birga u jamiyatning faol
a’zosi shaxs bo‘lib shakllanishidir.
Shaxs tushunchasiga ta’rif berishimizdan avval biz, insonning shaxs bo’lib
yetishmaganlidan avvalgi jarayonni kuzatib undagi hali to‘liq yoki bo‘lmasa
mutlaqo hali Shakllanmagan tomonlarini, ya’ni sifat va xususiyatlarini nazarda
tutishimiz mumkin. Ya’ni hali shakllanmagan shaxs psixologiyada individ nomi
bilan
yuritiladi. “Individ” tushunchasida kishining nasl-nasabi ham
mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilggan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham,
mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning
vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham
individ deb hisoblash mumkin. Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda
ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda
inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va hatto juda ham umumiy
tarzdagi ta’rifi fazilatlarining bayon etilishi va izohlanishi taqozo qiladi. Bunday
fazilatlarsiz u faqat boshqalarga o‘xshamaydigan emas, balki ular kabi harakat
qilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob ham chekmaydigan, jamiyat a’zosi sifatida,
tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida ijtimoiy aloqalarga jalb ham etilmagan real
kishi emas, balki demografik ma’lumotnomalardagi jonsiz birlik holida qoladi xolos.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazitlat kashf etadi, Shaxs
bo‘lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy
munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi.
Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarining shu qadar
chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
Individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan
hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini
belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda
etiladi.
“Individ” va “Shaxs” tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi
haqidagi fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob
berilishini taqozo qiladi: Shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi
yoki aksincha individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud
bo‘lish fakti ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi
ham va bunisi ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga
yetgan individni hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor
odamlarga duch kelib, biologik jonzotga xos individual xususiyatlardan bo‘lak hech
qanday, yuqorida aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-tarixiy
xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi
balki tevarak-atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat
jarayoniga “torta olishgan” taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun zarur tabiiy shart-
sharoitlargagina ega bo‘ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini
o‘rganish bu vazifani amalga oshirishning g‘oyat darajada murakkabligidan dalolat
beradi. Qarshimizda hali shaxs sifatida kamolatga erishmagan individ bo‘ladi. Real
individni gavdalantirmaydigan shaxsning paydo bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi
muayyan istisnolar bilan tan olinishi ham mumkin. Har bir kishining shaxsi uning
individualligini vujudga keltiradigan hislatlar va fazilatlarning faqat unga xos
birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik – kishining o‘ziga xosligini, uning
boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.
Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun
darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda
namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini
o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jhatidan
betakrordir.
Shaxs
– alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o’zida mujassamlashtirgan
individ. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va
xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab
olinishidir. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi: 1) biologik
(nasl); 2) tabiiy muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy tajriba; 5) odamlar bilan
munosabat
1
.
Shaxsning
tuzilishi.
Birinchi
navbatda,
shaxsning
individualligini
ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda
ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki
shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‘lgan guruhlarda, ana Shu guruh uchun
yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda
o‘zini namoyon etishini ham qo‘shish shart.
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning faoliyatidir. Insonni
yashashining, ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanishining belgilovchi sharoiti bo‘lib,
har xil faoliyat turlarining majmui bo‘ladi. Faoliyatni o‘zlashtirish va uning
murakkablashuvi inson psixikasini rivojlanishining asosiy sharoiti bo‘ladi. Shuning
uchun tarbiyaviy masalalarni yechish inson faoliyatlarining bir biriga
buysunuvchanligi qonuniyatlariga, ularning dinamikasiga tayanishi kerak.
Tarbiyaviy ta’sirlarni tuzishda bola jalb etilgan har xil faoliyat turlarining xarakterini
va xususiyatlarini, ularning mohiyatini, hajmini va mazmunini inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |