Kishi psixik faoliyatida birinchi signallar tizimi signallarining nisbatan ustunligi uning badiiy tipga, signallar signalining nisbatan ustunligi fikrlovchi tipga, signallar vakolatining tengligi odamlarning o’rta tipga mansubligini belgilaydi. Badiiy tip uchun bevosita ta’surot, jonli tasavvur, emotsiya ta’sirida paydo bo’ladigan obrazlar yorqinligi xosdir. Fikrlovchi tip uchun mavxumlik, mantiqiy tuzilmalar, nazariy muloxazalar ustunligi xosdir. Xarakter va uning xillari. - Xarakter – zarb qilish, belgi, tamg’a ma’nolarini anglatadi. Shaxsning individualligi psixik jarayonning o’tish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zexni o’tkirligi va h.k.) va temperament xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Xarakter - shaxsning va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlar bo’lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
- Kishining xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar birinchi navbatda irodaga-(dadillik, qo’rqoqlik) va xissiyotga (xushchaqchaqlik, qovog’I soliqlik, tushkunlik va h.k.) talluqli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |