ВМ - Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilish jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida na- moyon bo'ladi.
- His-tuyg'ular voqelikni aks ettirishning o'ziga xos shakllaridan biridir. Agar bilish jarayonlarida narsalar va voqelikdagi hodisalar aks etsa, his-tuyg'ularda esa subyektning o'ziga xos ehtiyojlari bilan qo'shilib, o'zi bilib olayotgan va o'zgartirayotgan narsalarga va voqelikka nisbatan uning munosabati aks etadi.
- Emotsiyalar tashqi ko'rinishga xosligi va muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o'tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos. Chunki empatik (hamdard- lik) his-tuyg'ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko'tarilishiga kafolat negizidir. Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shakldagi o'ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, affektlar (emotsio- nal buhronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress holat- lari)ni va his-tuyg'ularni hosil qiladi. Emotsiyalar. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma'noda emotsiyalar emotsional kechinmalarning o'ziga xos jihatga ega shakl- laridan biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotni insonning bevosita kechirishidan iborat. Masalan, shaxsning musiqani sevishi emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoq- masa, g'azabli emotsional kechinma hosil bo'lishi ijobiy yoki salbiy emotsiya deyiladi.
- Psixologik ma'lumotlarga asoslangan holda, ularga quyidagicha ta'rif berish mumkin: maqsadga erishish yo'lida uchraydigan qarama- qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo'r berish bilan uyg'unlash- gan, muayyan maqsadga yo'naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi.
- Odamlar tevarak atrofdagi narsalar va hodisalarni bilib oladilar hamda o'zlarining shaxsiy ehtiyojlarini va ular mansub bo'lgan ja- miyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida uni qayta o'zgartirishga qara- tilgan faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg'uni boshdan kechiradilar. Iroda har doim boshqa psixik jarayonlar bilan uzviy bog'liqdir. Iroda kishining o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishda qiyin- chiliklarni yengib o'tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ra- vishda tashkil qilishi va o'zini o'zi boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Iroda tabiat qonunlarini egallab olgan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lgan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |