birinchidan, bog‘cha Yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha Yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.
6. Irodaviy harakatlarning rivojlanishi (Bog’cha yoshidagi bola irodaviy sohasi rivojlanishining ijtimoiy -psixologik xususiyatlari) Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida ular nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahamiyatga ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og‘zaki suratda turli xil vazifalami topshiradilar. Bolalar ayni chog‘dagi o‘yinlari yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo‘yib, kattalaming topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlami o‘stirib borish mumkin. Lekin og‘zaki topshiriqlarni bog‘cha yoshidagi hamma bolalar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og‘zaki berilgan topshiriqlami xotiralarida uzoq vaqt saqlab turolmaydilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo‘yib, uning o‘miga o‘zlari xohlagan ish bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat ulami tashvishlantirmaydi. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshidagi bolalar irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yoshda bolalar topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z orqali tushuntirib berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog“liqdir. Bolajumlalaming mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablami qo‘yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalami hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlami tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o‘matish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi. Bog‘cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at boyligining o‘sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud.
2.Ilk yosh davrida nutq va tafakkur rivojlanishi Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi.Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha bo‘lgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi Yoshning oxiridan bir yarim Yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.3 Yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qo‘llaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so‘rabgina qolmay, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 1,5 -3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim.
3.Talabalarning psixologik xususiyatlariTalabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotda va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.Oliy о‘quv yurtidagi ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular hox rasmiy, hox norasmiy bо‘lishidan qat’iy nazar) muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Talabalik davrinig asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’atlar bilan rо‘yobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatlarni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga (ma’sul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va kо‘rsatgichlari о‘rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘lari, mehnatda faolllik kо‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bо‘lish imkoniyati, unga intilish tuyg‘usi, irodaviy zо‘r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini о‘tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug‘ullanish va hakozolardan iborat.Talaba oliy о‘quv yurtida turli fanlarni о‘rganish natijasida unda kasbiy yо‘nalganlik shakllanadi, ya’ni о‘z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qо‘llash uchun shaxsiy intilish paydo bо‘ladi. Shaxsning kasbiy yо‘nalganligini takomillashtirish istagi, о‘z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish istagini о‘z ichiga oladi. Kasbiy yо‘nalganlik - kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni va qabul qilishni о‘z ichiga oladi.Kasbiy yо‘nalganlik mazmunidagi ijobiy о‘zgarishlar bо‘lg‘usi kasb bilan bog‘liq bо‘lib, motivlar mustahkamlanishida kо‘rinadi: ish buyicha о‘z majburiyatlarini yaxshi bajarishga intilish, bilimdon mutaxassis sifatida о‘zini kо‘rsatish, murakkab о‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga intilish kuchayadi, ishda muvaffaqiyatga erishish istagi kuchayad.О‘quv-tarbiya ishlari jarayonida talabalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan vaziyatlarga о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о‘kuv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.Mazkur yosh davrida о‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajribada о‘zlashtirilgan bilimlarnitartibga solish asosida his tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, о‘zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba xukm va xulosa chiqarar. О‘z hatti – harakatida qat’iy turib, ularni himoya qiladi, hayotning turli sohalari bо‘yicha har xil darajadagi kо‘nikma va malakalarga nazariy bilimlar ijtimoiy – psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tadbiq etish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |