Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o`rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o`rganish va ularning darajasini o`lchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashishi so`raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?, «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?», «Partada kim bilan yonma-yon o`tirishni istar eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o`lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb tanlashi lozim.Sotsiometrik usul bilan shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniqlanadi Ko`rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar ularning o`ziga xosligi psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g`oyalar olg`a suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.Biografiya (tarjimai hol) metodi inson psixikasidagi ayrim o`zgarishlarni to`liqroq o`rganish maqsadida qo`llaniladi. Bunda avtobiografik ma’lumotlar, xarakteristikalar, xatlar (boshqa shaxs bilan yozishmalar), esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalash, nazorat qilingan, idora etish, o`zining uslubini yaratish, kamolot cho`qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o`taydi.Biografik ma’lumotlarda shaxsning havasi-qiziqishi, qobiliyati, orzu – o`ylari, uning shaxs sifatida shakllanishidagi yetakchi faktorlar bayon qilingan bo`ladiki, bular uning shaxsiyati va individuallligini bilishga imkon beradi
3. Muloqotning o’smir Yoshi shakllanishidagi roli (Ta’lim, tarbiya, shaxs).O'smirlik davrida muloqot etakchi faoliyatga aylanadi. Shu bilan birga, o'smirlarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish muammosi mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda nisbatan kam o'rganilgan. Ko'pgina mutaxassislarning fikriga ko'ra, muloqot qobiliyatlari shaxsiy rivojlanish va ta'lim faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchunasosdir
O’smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai nazar, pozisiya, o’zligini anglash, baholash va hokazolar shakllanadigan davr hisoblanadi.. Ta’lim jarayonida ularda materiallarni tahlil va sintez qilish, muammoning mohiyatiga tushunish jadal sur’atlar bilan o’sadi. Tafakkurning rivojlanishi intellektni qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.O’smir aql-zakovatini kamol toptirish uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur usullarini o’rgatib borish zarur. Bunda mantiqiy xatolarni tuzatib borishni aslo yoddan chiqarmaslik kepak. O’smirda to’g’ri mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda ona tili va adabiyot o’qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt o’quvchilarga to’g’ri jumla tuzishni, ravon mulohaza yuritishni, fikrlashni, yozishni o’rgatib boradi O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.
O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. O‘smirlar do‘stlik,o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashyni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda o‘smirlar va ilk Yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlariga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchlirok ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o‘smir bolaning etilmaganligi va tajrnbasizlngi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur kiladi.O‘smir bolaga uning istaklarini tushunadngan va ularni amalga oshirishga yordam beradigai do‘st kerak. O‘smirning do‘stlari bilan muloqoti ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda alohida qiziqish bo‘ladi. Bu hol o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bo‘lish tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotning o‘rnini bosa olmaydi.
O‘smir uchun tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan Shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.
4.Bolada uch yosh inqirtozi(men konseptsiyasi, imkoniyat,faoliyat,yosh xususiyati)
Do'stlaringiz bilan baham: |