Shaxsiy xususiyatlaringizni bilasizmi Savollarga "Ha" yoki «Yo’q» deb javob bering


Har bir "Ha” javobiga 10 ball, "Bilmayman”ga 5 ball, "Yo'q”ga 0 ball belgilang



Download 224 Kb.
bet8/8
Sana26.04.2022
Hajmi224 Kb.
#581733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shaxs xususiyatl aniqlash testi

Har bir "Ha” javobiga 10 ball, "Bilmayman”ga 5 ball, "Yo'q”ga 0 ball belgilang.
TEST NATIJALARI:
150-100 ball: Sizning javoblaringiz nima qanday ekanligi va qanday bo'lishi kerakligini biluvchi buyuk diktator siymosini yaratmoqda. Bunday xatti-harakatingizni siz osongina oqlaysiz. Siz boshqalarni ishontirolasiz va ishni o'z muddatida bajartirish uchun ular ustidan rahbarlik qilolasiz. Biroq, dam-badam qo'l ostingizdagilarning tovushida, nigohlarida \"dam olishga fursat bering”, degan nido ko'rasiz!
95-50 ball: Muvozanat va qat'iyat, oqillik va hisob-kitob, to'g'ri va oqilona maslahat berish — mana bular sizning bosh fazilatlaringizdir. Boshqalarning fikri va istagini hisobga olib, agar muhim bo'lsa boshqarasiz, agar kerak bo'lsa yon berasiz. Biroq kerakli vositalardan foydalanib doim ham maqsadga etishayotganingiz yoki yo'qligini faqat o'zingiz bilasiz.
45-0 ball: Sizning javoblaringiz "psixologik ilon”ga xos. Garchi zaruriyati bo'lmasa-da, har qanday jerkishni osongina hazm qilasiz, hech kim talab qilmayotgan bo'lsa-da, bor-budingizni qurbon qilishga tayyor bo'lasiz. Ko'pincha o'z ojizligingizni anglagach, siz... dadil xatti-harakatlarni amalga oshirasiz. Chorasizlikdan, o'zingizda etishmayotgan harakter qirralarini boshqalardan qidira boshlaysiz va o'zingiz uchun eng yaxshi hayot umidi va ma'nosini ana shundan topasiz.

Muammolaringizni o'zingiz hal qila olasizmi(psixologik test)



1. Shaxsiy muammolaringizni, yuz bergan ko’ngilsizliklarni boshqalarga aytasizmi? a) yo’q, bu menga yordam bermaydi — 3 ball; b) ha, faqat yaqin odamimga — 1 ball; v) har doim emas, odamlarning o’z tashvishlari bor — 2 ball. 2. Ko’ngilsizliklardan qattiq siqilasizmi? a) har doim — 4 ball; b) vaziyatga qarab — 0 ball; v) ko’nikishga harakat qilaman, chunki har qanday ko’ngilsizliklarning qachondir tugashiga ishonaman — 2 ball. 3. Nimadandir xafasiz yoki kimdir sizni qattiq ranjitdi. Shunday paytlarda nima bilan shug’ullanishingiz mumkin? a) anchadan beri ko’nglimga tugib yurgan orzumni amalga oshirishga harakat qilaman — 0 ball; b) do’stlarimning yoniga boraman — 2 ball; v) siqilsam-da uyda o’tiraman — 4 ball. 4. yaqin odamingiz sizni hafa qildi. Nima qilgan bo’lardingiz? a) alamimni ichimga yutib, hech kim bilan gaplashmayman-3 ball b) undan nima maqsadda hafa qilganini tushuntirib berishini talab qilaman-0 ball v) dardimni eshita oladigan odam bo’lsa aytaman-1 ball 5. Baxtli onlaringizda: a) baxtsizlik haqida umuman o’ylamayman-1ball b) baxtning abadiy emasligini o’ylayman-3 ball v) hayotimda ko’ngilsizliklar bo’lishi mumkinligi haqida o’ylayman-5 ball 6. Ruhshunoslarga munosabatingiz qanday? a) ularning mijozi bo’lishni istamasdim-4 ball b) ko’p odamlarga ularning ofydasi tegishi mumkin-2 ball v) inson o’ziga o’zi yordam berishi mumkin- 3 ball 7. Taqdir sizning-cha: a) har doim meni sinaydi- 5 ball b) menga adolatli emas- 2 ball v) menga omad doim kulib boqadi-1 ball 8. Sevgan insoningiz bilan urushib qoldingiz va bir oz o’zingizga kelganingizdan so’ng nima haqida o’ylaysiz? a) o’tgan yaxshi damlarimiz to’g’risida-1 ball b) meni ranjitgani uchun uni ham ranjitishni-2 ball v) menga nisbatan bunday nohaqlikni birinchi marta qilmayotgani to’g’risida-3 ball Natija 7-15 ball. Har qanday ko’ngilsizliklarni, hatto boshingizga tushgan katta baxtszliklarni ham yengishga yetadi. Chunki siz vaziyatni to’g’ri baholay olasiz. Sizda ko’pchilikda bo’lgani singari o’ziga achinish hissi yo’q. Har narsada muvozanatni ushlab tura olishingizga qoyil qolish mumkin. 16-26 ball. Ko’pincha taqdiringizdan noliganingiz noligan. Muammolaringiz va yuz bergan ko’ngilsizliklarda ko’pincha birovlarni ayblaysiz. Ich-ichingizdan kimdur sizga hamdardlik bildirishini, sizga yordam berishni hohlaysiz. Siz mayda asabbuzarliklardan ko’z yumib, o’zingizni qo’lga olishga harakat qilib ko’ring. 27-36 ball. Arzimagan ko’ngilsizliklardan ham tushkunlikka tushib, o’zingizni yo’qotib qo’yishingiz mumkin. Siz hali muammolaringizni o’zingiz hal qilishga tayyor emassiz. Ozgina sabr, chidam va o’z kuchingizga ishonch ahvolni tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin

Vaqtingizni to'g'ri o'tkazasizmi? (Psixologiktest)



Quyidagi savollarga «ha» yoki «yo’q» deb 
javob bering. 1. Sayr qilishni yoqtirasizmi? 2. Mehmon kutishni yaxshi ko’rasizmi? 3. Mexmondorchilikdan so’ng do’stlaringiz 
o’rniga xam pul to’laysizmi? 4. To’satdan tashrif buyurgan mexmonlar 
uchun uyingizda har doim yeguliklar 
topiladimi? 5. Yatqin do’stlaringiz bilan keragidan 
ko’proq spirtli ichimliklarni iste'mol 
qilishingiz mumkinmi? 6. Tansiq taomlarni xush ko’rasizmi? 7. Uyingizga tez-tez mexmon chaqirib 
turasizmi? 8. Har doim bir xil do’stlaringiz bilan 
uchrashasizmi? 9. Do’stlaringiz davrasida ashula aytishni 
yoqtirasizmi? 10. Do’stlar davrasida o’zingizni yaxshi xis 
qilasizmi? 11. Yomon kayfiyat sizni tezda tark etishi 
mumkinmi? 12. Kim bilandir xafalashib qolsangiz, tezda 
yarashib olasizmi? 13. O’tgan kunlar haqida ko’proq yaxshi 
narsalarni eslaysizmi ? 14. Ko’$pincha yuzingizning rangi tiniq 
ko’rinishda bo’ladimi? 15. O’zingizni yomon his qilayotgan 
bo’lsangiz ham buni ko’rsatmaslikka harakat 
qilasizmi? 16. Sog’lig’ingiz haqida tez-tez 
qayg’urasizmi? 17. Uyquga to’ymay uyg’onayotganingizni 
ko’p sezganmisiz? 18. Mehmonlarni kuzatib kech 
yotganingiz tufayli, ertasiga ishga borolmay 
qolgan paytlaringiz bo’lganmi? 19. Sog’lig’ingiz yomonlashgani tufayli vrach 
spirtli ichimliklarni ichishni, chekishni yoki 
boshqa bir cheklanishlarni (yog’li, achchiq, 
sho’r narsalarni yemaslikni) buyursa, bularga 
amal qilasizmi? 20. Hech qachon dyeta qilmayman deb, 
o’zingizga so’z berganmisiz? 21. Vazningiz normadan ortiqchami? 22 Eringiz (hotiningiz) bilan tez-tez dam 
olishga (kafe, kino...) borib turasizmi? 23. Komediyalarni yaxshi kurasizmi? 24 Ko’pincha kech yotasizmi? 25 ...buning natijasida ertalab turishga 
qiynalasizmi? 26. Xazlni yoqtirasizmi? 27. Uchrashuvga kech qolib kelasizmi? 28. Ishda ko’p hazillashasizmi? 29. Bugungi ishni dam olish uchun ertaga 
qoldira olasizmi? «Xa» javoblari uchun 1 ball, «yo’q» javoblari 
uchun esa 0 ball qo’yib, umumiy natijani 
hisoblang. 18-22 ball. Siz dam olishni va o’yin-kulgi qilishni juda 
yaxshi ko’rasiz. Bu holat davom etaversa, 
sog’ligingiz va ishxonadagi obro’yingizga 
putur yetishi mumkin. Bundan tashqari 
hamyoningizning yengillashib qolishi — 
haddan tashaqari ziyofatlaru kechalarga berilishingiz tufaylidir. Bu kabi 
«yurish»laringizni sal kamaytirsangiz 
bo’larmidi?! O’ylab ko’ring! 13-17 ball. Siz o’yin-kulgi, xursandchilik qilishning 
me'yorini bilaman, deb o’ylaysiz. Ba'zida 
shunday bo’ladi ham. Ko’pincha do’stlaringiz 
va yaqinlaringiz bilan uyushtiriladigan ziyofat 
va kechalardan qolmaslikka harakat qilasiz, 
lekin ba'zida oshirib yuborganingizni o’zingiz xam sezmay qolasiz. 8-2 ball. Siz uchun o'yin-kulgudan ko'ra oila va ish 
ustun turadi. Agar bu ikkisidan ko'nglingiz 
to'q bo'lsa, siz bemalol do'stlaringiz bilan 
o'yin-kulgu qilishingiz mumkin, deb 
o'ylaysiz. 3-7 ball Siz do'stlaringiz davrasida o'yin-kulgu 
qilishni ham, biror bir sabab yuzasidan 
xursandchilik qilishni ham yoqtirmaysiz. Siz 
avvaldan yaxshi rejalashtirilgan va osoyishta 
dam olish tarafdorisiz. 2-0 ball Siz yolg'iz dam olishni, umuman yolg'izlikni 
yaxshi ko'rasiz.. O'z qobiliyatingizga 
shunchalik o'ralashib qolgansizki, tashqi 
dunyoda nimalar bo'layotganligi sizni 
qiziqtirmaydi. Bu ketishda barcha 
yaqinlaringiz sizdan yuz o'girishlari mumkin.

Siz qanday suhbatdoshsiz... (psixologik test)



Savollarga faqat "Ha" yoki "Yo'q" deb javob bering.
1. Siz ko'p gapirishni yaxshi ko'rasizmi?
2. Notanish odam bilan suhbatlashish uchun har doim ham mavzu topa olasizmi?
3. Suhbatdoshingizni diqqat bilan eshitasizmi?
4. Maslahat berishni yaxshi ko'rasizmi?
5. Suhbat mavzusi sizni qiziqtirmayotgan bo'lsa, buni suhbatdoshingizga ayta olasizmi?
6. Suhbatdoshingiz sizni eshitmasa, achchig'ingiz chiqadimi?
7. U yoki bu savol bo'yicha har doim o'z fikringizga egamisiz?
8. Umuman notanish mavzu yuzasidan ham suhbatga qo'shila olasizmi?
9. Suhbatlashayotganda hammaning diqqat markazida turishni yoqtirasizmi?
10. Hech bo'malmasa uch fan bo'yicha mukammal bilimga egaman deb ayta olasizmi?
11. O'zingizni yaxshi suhbatdosh deb hisoblaysizmi?
Agar 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10.11 savollarga "ha" deb javob bergan bo'lsangiz, har bir javob uchun 1 balldan qo'ying.
1-3 ball. Siz og'zingizdan bir so'zni ham sug'urib bo'lmas darajada kamgap va to'xtatib bo'lmaydigan darajada sergapsiz. Gap shundaki, qanday bo'lishingizdan qat'iy nazar, siz bilan gaplashish juda qiyin. Bu haqda o'ylab ko'rish uchun esa sizda hali vaqt bor
4-9 ball. Gapga juda chechan bo'lmasangiz ham sizni dilkash suhbatdosh deb atash mumkin. Kayfiyatingiz yo'q bo'lishiga qaramay, suhbatdoshingizni eshita olasiz.
9-11 ball. Siz notanish odamlarni ham tezda suhbatga jalb qila olasiz. Do'stlaringiz esa siz bilan fikrlashishni ham yaxshi ko'rishadi. Bundan tashqari siz turli vaziyatlarda o'zingizni tuta bilasiz. Bu esa, hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.

Rashkchimisiz? (Psixologik test)



Оилавий зиддиятлар сабабини топиш қийин. Балки тушунмовчиликлар сабаби сиздадир. Таклиф қилинаётган тест рашкчи ёки рашкчи эмаслигингизга аниқлик киритади. 1. Унинг телефонда гаплашиши сизга қандай таъсир қилади? A. ким билан гаплашаётганини дарҳол сўрайман – 3 балл Б. суҳбат тугашини кутаман, кейин сўрайман – - 2 балл B. бунга аҳамият бермай, ишимни қилавераман -1 балл 2. Севги ҳақида қандай фикрдасиз? A. у бир умр давом этиши керак-3 балл Б. инсон бир неча марта севиши мумкин ва бир вақтнинг ўзида бир нечта одамни ёқтириши мумкин -1 балл B. севги бир умр давом этса зўр бўлардн, лекин бу хомхаёл -2 балл 3.У уйда тунамаган кечаларда нимани ҳис қиласиз? А. хафа бўламан -3 балл Б. бирор жойда дам олиб келишини ўзим таклиф қиламан -2балл B. у нима қилаётгани ҳақида ўйлайман - 1 балл 4. Унга келган хатни очасизми? A. йўқ - 1 балл Б. агар ҳисоб ёки бошқа хужжатлар бўлса -2 балл B. имкони бўлса, ҳамма вақт – 3 балл 5. Унинг ўтмиши ҳақида нима деб ўйлайсиз? А. Кўнглим нимагадир хира бўлади – 3 балл Б. бу соҳада чуқурлашишни истамайман, ўтмишда бўлган нарсанинг ахамият йўқ -2 балл В. бу хақда ўйламаганман -1 балл 6. Каравот сотиб ола туриб... A. кенгроғини танлайман -3 балл Б. унинг ихтиёрига қўяман – 2 балл B. нархлар кўтарилиб кетгани ҳақида ўйлайман -1 балл 7. У чуқур ҳаёл сураётганини сезиб қолдингиз? А. мени ўйлаётган бўлса, ёқади -2 балл Б. нимани ўйлаёттанини билсам эди, балки бошқа бировни эслаётгандир -3 балл В. менга барибир- 1 балл 8. Унинг ҳиёнатини исботлай олсангиз A. очиқ гапириб, охиригача ҳал қилишни таклиф қиламан -2 балл Б. худди шу усул билан қасос оламан -1 балл В. Муносабатларга дарз кетган бўлса-да. лекин унга бу воқеани унутишни ва оилага қайтишини таклиф қиламан -3 балл 9. Вақт ўтиши билан унинг сиздан узрқлашаётганини сездингиз А. Ўтиб кетади, деб ўйлайман -1 балл Б. айб мендами ёки бощқа сабаб борми, деб мулоҳаза юритаман -2 балл В унинг хулқ- атворини, телефондаги суҳбатларини, кўчада юришини кузатаман-3 балл 10. Меҳмондорчилик вақтида у бошқаларга хушомад қилади. Сизнинг муносабатингиз: A. эътибор бермайман – 1 балл B. бас қилишини талаб қиламан -3 балл В. буни фожеа деб билмайман, лекин келажакда 
унга кўпроқ эътибор бераман -2 балл 11 Бир неча кун уйда бўлмадингиз. А. унинг хиёнат қилишини хаёлимга ҳам келтирмайман -1 балл Б. тез-тез қўнғироқ қиламан, айниқса тунда -3 балл В. у хозир нима қиляпти, деб 
уйлайман. Аммо, агар хиёнат қилишни хоҳласа, қўлимдан хеч нарса келмайди, деб уйлайман -2 балл 12. Рашк саҳнаси сизга қандай таъсир қилади? А.вазиятни кулгили ва ўринсиз деб қабул қиламан- 1балл Б. бу менга ёқади, кўпроқ кулгимни келтиради -2 балл В. Вазият ташвишга солади, аммо унда мен ўзимни сувдаги балиқдек сезаман -3 балл Натижалар: 12 дан 20 баллгача. Сиз бундай нарсаларга мутлақо бефарқсиз ёкш умр йулдошингиз тўла ишончга сазовор. Шунинг учун сизни ҳеч нарса ташвишга солмайди. 21 дан 26 баллгача. Сиз рашкчи, лекин уришқоқ эмассиз. 28 дан 36 баллгача. Отелло ҳам сизга тенг келолмайди. Сиз табиатан ўта ҳукмрон шахссиз ва жуда кўп нарсани хоҳлайсиз.

QANDAY RANGNI YOQTIRASIZ? QANDAY RANGNI YOQTIRASIZ?



Xar bir inson qaysidir rangni xush ko’radi. Yoqtirgan rangingizga qarab fe'l- atvoringizdagi yaxshi yoki yomon jihatlarni bilib olishingiz mumkin. Oq rang — barcha ranglarning sintezi bo’lganligi uchun ideal rang hisoblanadi. Bu rang hech kimni o’zidan itarmaydi, u bir vaqtning o’zida ham yorug’lik, ham sovuq muzlik xissnni ifodalashi mumkin. Shuning uchun oq rangni turli fe'l-atvor egalari yoqtirishadi. Qora rang — bu rangni sevuvchilar har doim nimadandir xavotirlanib yuradigan, uncha- buncha narsaga qoniqavermaydigan fe'l- atvor egalaridir. Ular hayotda fadat ko’ngilsizlik bo’ladi, deb o’ylaydilar. Qora kiyimda yurishni yaxshi ko’radigan qizlar zesa o’zlariga ishonmaydilar va ko’pincha depressiyaga moyil bo’ladilar. Qora kiyimni yorqin ranglar bilan almashtirib kiyadiganlarning fe'l — atvori kiyimlariga qarab tez-tez o’zgarib turadi. Kulrang — yaxshi fikrlaydigan, mulohazali va shu bilan birga bir ishni boshlashdan oldin ko’p o’ylaydigan insonlarga xosdir. Bu rangni yaxshi ko’radiganlarning ko’pchiligida ishonchsizlik hissi xam mavjud. Qizil rang — o’zining kuchiga ishonuvchi, irodali, hech narsadan qo’rqmaydigan, egalik qilishga intiladigan va shu bilan birga jizzaki, tez jahli chiqadigan fe'l-atvorli insonlarga xosdir. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa ko’pincha o’ziga uncha ishonmaydigan, har doim ham yaxshi munosabatlar o’rnata olmaydigan, faqat yakkalikni yaxshi ko’radigan bo’ladilar. Olov rang — bu rangni xushlaydigan odamlarda oldindan ko’ra bilish xislati bor. Ularda sezish qobiliyati ham yaxshi rivojlangan, shu bilan birga ko’p xayol suradilar. Bundan tashqari ular ko’zbo’yamachilik ham qilib turishlari mumkin. Jigar rang — bu va shunga yaqin ranglarni sevuvchilar xayol surib osmonda uchib yurmasdan yerda mustahkam turadilar. Ular barcha narsaga o’z kuchlari va mehnatlari bilan erishadilar. Bu rangni yaxshi kuradigan insonlar oila va urf-odatlarni barcha narsadan ustun qo’yadilar. Aksincha bu rangni yoqtirmaydiganlar esa faqat o’zini o’ylaydigan, odamlar bilan chiqisha olmaydigan insonlardir. Sariq rang — orastalik, madaniyatlilik, insonlar bilan muomalada o’zini erkin his qiladigan insonlarning fe'l-atvoridan darak beradi. Bu rangni yoqtiradiganlar har narsaga qiziqadilar, odamlar bilan tez til topisha oladilar. Ular sharoitga tez ko’nikuvchan bo’lib, birovlarga yoqishni ham, boshqalarni o’zlariga jalb qilishni ham xohlaydilar. Sariq rangni yoqtirmaydiganlar kelajakka ishonmaydigan, yangi tanishlar orttirishni xush ko’rmaydigan insonlardir. Pushti rang — bu rangni yoqtiradigailar hayotga, kelajakka, barchaga g’amxo’rlik qilishga intiladilar. Ularning ko’ngillari nozik bo’lib, arzimagan narsalarga ham siqilishlari mumkin. Siyoh rang — his-hayajonlarini yashira olmaydigan, ta'sirchan, shu bilan birga ma'naviy darajasi yuqori bo’lgan insonlarga xosdir. Bu rangni har narsada uyg’unlik bo’lishini xohlaydiganlar xush ko’rishadi. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa iltimos qilishni xushlamaydilar. Ular hamma ishni o’zlari bajarishga harakat qiladilar. Ko’k rang — bu rangni ma'naviy yuksaklikka, go’zallikka intiladigan, hayotni yaxshi ko’radigan, shuningdek tez ranjiydigan, yangi 
sharoitga sekin ko’nikadigan insonlar yoqtirishadi. Ko’pincha ular o’zlariga ishonmaydilar, shuning uchun ularni qo’llab- quvvatlab turish lozim. Ko’k va unga yaqin ranglarni xush ko’rmaydiganlar esa yengiltaklikka moyil bo’ladilar. Yashil rang — tabiat, tiriklik, hayot va boxor ramzidir. Bu rangni yaxshi ko’radiganlar Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarni yaxshi ko’rishadi. Ular bilan buyruq ohangida gaplashishlarini, shu bilan birga - ularning ishlariga aralashganlarni yomon ko’radilar. Yashil rangni xush ko’radigan odamlar hayotda o’z o’rnini topishga intiluvchan bo’ladilar. Yashil va unga yaqin ranglarni yoqtirmaydiganlar hayotdagi barcha qiyinchiliklardan qo’rqib yashaydilar.

Download 224 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish