Qattiq disk - Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va malumotlarni doimiy saqlash uchun qo’llaniladi. Ular operatcion sistema programmalari, tahrirlagichlar, programmalash sistemalari amaliy programmalar, malumotlar va hokazolar. Qattiq disklarning hajmi turlicha bo’ladi: IBM PC XT da-20 Mbayt, IBM PC ATda 40Mbayt, 80386SX, 80386DX, 80486SX mikroprotcessorli kompyuterlarda - 110-120 Mbaytgacha, 80486DX da 120-540, 640, 850 Mbaytgacha.
Quyidagi keng tarqalgan monitor turlari tafsilotlarini keltiramiz: - Quyidagi keng tarqalgan monitor turlari tafsilotlarini keltiramiz:
- 1)MDA - oq-qora, matnli - 80x20,2 ta rang, grafikli - 640-200, 2 ta rang
- 2)CGA - rangli, matnli 80x25, 16ta rang, 320x200, 4ta rang, grafikli - 640x200, 2ta rang
- 3)Hercules - oq-qora, matnli - 80x25 2ta rang, grafikli - 720x348 2 ta rang
- 4)EGA - rangli, matnli - 80x25; 16ta rang, 80x43; 16ta rang, grafikli - 640x350; 16 ta rang
- 5)VGA - rangli, matnli - 80x25, 16ta rang, grafikli - 640x480, 16ta rang
- 6)SVGA - rangli, matnli - 80x25, 16ta rang, grafikli - 800x600, 16 ta rang
- 7)Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA monitorlari bilan, NOTEBOOK lar esa suyuq kristalli monitorlar bilan ta`minlangan.
Printerlar - Printer - ma`lumotlarni qog’ozga chiqaruvchi qurilma.
- Barcha printerlar matnli ma`lumotni, ko’pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog’ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor.
- Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali, siyohli va lazerli.
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi. Uning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali qog’ozga uriladi va natijada qog’ozda belgi yoki tasvir paydo bo’ladi. - Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi. Uning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali qog’ozga uriladi va natijada qog’ozda belgi yoki tasvir paydo bo’ladi.
- Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha.
- Siyohli printer sifati lazerli printerga yaqin va narxi ham arzon.
- Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko’pchilik undan foydalanayapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha.
- Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta`minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko’chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter komandasi yordamida elektrlanadi. Bo’yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo’ladi.
- Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko’proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi.
- Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |