Skanerlar. Skaner — kompyuterga matn, rasm, slayd, fotosurat ko‘rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Skanerlarning turli modellari mavjud. Eng ko‘p tarqalgani — stol usti, planshetli va rangli skanerlardir. Plotterlar — bu, kompyuterdan chiqarilayotgan ma’lumotlarni qog‘ozda rasm yoki grafik ko’rinishda tasvirlash imkonini beruvchi qurilmadir. Odatda uni grafik yasovchi (grafopostroitel) deb ham atashadi. Yuqoridagi qurilmalardan tashqari kompyuterga mahalliy tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi tarmoq adapteri, didjitayzer, ya’ni elektron planshet, djoystik, vidioglaz, raqamli fotoapparat va vidiokamera kabi qurilmalar ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |